273
sharoiti, transport, odatlar, valyuta va magazinlarning ishlash vaqti haqidagi
ma’lumotlardan tashqari, sayt Ispaniya haqida yangiliklardan xabar beradi. Bu
ma’lumotlar butun dunyodagi gazetalardan yig‘ilgan. Shuningdek 12 ispan axborot
agentliklariga bevosita chiqish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u ispan tili
kurslari haqida keng axborotlar taklif qiladi.
“TourSpain” har bir sahifasi elektron pochta manzilga ega. Unga tayanilgan
holda so‘rov uchun qo‘shimcha axborotlar beriladi. Saytda Ispaniya turizmi
bo‘yicha xorijiy bo‘limlar soveti va mahalliy bo‘limlar ruyxati bor. Ya’ni
foydalanuvchiga maxsus axborot yoki qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, u Ispaniya
turizmi bo‘yicha Kengash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaning uch variantidan
foydalanishi mumkin.
“TourSpain” Internetda 1998 yil 1 yanvarda paydo bo‘ldi. Uni yaratishdan
bosh maqsad – jahon auditoriyasiga mamlakat bo‘ylab kam harajatlar bilan katta
hajmdagi maxsus turistik axborotlarni yetkazishdir.
Saytni ishlab chiqish va yaratish bevosita bozorni tadqiq qilish bilan
birgalikda olib boriladi. U umumiy turistik statistikani, shuningdek asosiy Yevropa
davlatlari va yirik xususiy turistik kompaniyalarning Web –saytlarini o‘rganishni
o‘z ichiga oldi. Tadqiqotlar uch yil davomida olib borildi. Shundan keyin
“TourSpain” yaratildi. Uni ishlab chiqishga 150 mingga yaqin AQSH dollari
sarflandi.
Saytni saqlash va yangilash uchun doimiy harakatda bo‘lgan tadqiqot dasturi
tuzilgan. Ispaniya turizmi bo‘yicha Kengash har kuni 100 ga yaqin so‘rovlar oladi.
Ulardan ayrimlari Ispaniyada turizmga tegishli, boshqalari Web –saytni
takomillashtirish bo‘yicha takliflardan iborat. O‘rtacha har bir tashrif buyuruvchi
saytda 20 minut o‘tkazadi. Tadqiqotlar o‘z natijalari va foydalanuvchilardan
takliflar asosida axborot texnologiyalari bo‘limi sayt mazmunini o‘zgartiradi.
Rasmiy milliy turistik ma’muriyat nashri e’lon qilgan maxsus konkursda yutib
chiqqan ispan kompaniyasi uni yaratilishidan hozirgi kungacha tarkibini o‘zgartirib
keladi.
Turizm bo‘yicha Ispaniya Kengashi hukumat tashkiloti hisoblanadi va milliy
byudjetdan moliyalashtiriladi. Moliyalashtirishni yengillashtirish maqsadida
Kengash saytida tijoriy reklamalarni joylashtiradi. Sayt mazmunida milliy turistik
ma’muriyatning rasmiy nashri e’lon qilgan maxsus konkursdagi yutuqning uncha
katta bo‘lmagan umum milliy ulushigina ketadi.
Turizm bo‘yicha Ispaniya Kengashi saytdan foydalanish bo‘yicha
ma’lumotlarni sistematik tahlili dasturini yaratdi. Axborot manbai bo‘lib unga
tushayotgan so‘rovlar va takliflar xizmat qiladi. Ular har kuni qayta ishlanadi. Ular
marketing tadqiqotlari qismini tashkil qiladi va turizmning olg‘a siljishida
foydalaniladi.
Statistik ma’lumotlarni yig‘ish uchun Web –Trends” dastur mahsuloti
qo‘llaniladi. Statistik ma’lumotlar har oyda tahlil etilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: