O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Web  –  saytda  umumiy  axborot.  Axborot  madaniy  an’analar  va  urf-odatlar 
muhim  rol  uynaydigan  yoki  alohida  xususiyatlar  kasb  etgan  regionlar  uchun 
ahamiyatlidir. Chunki potensial turistlarni ko‘pincha ana shular o‘zlariga jalb etadi. 
Kim  ilgari  turistik  region  haqida  bazaviy  ma’lumotlar  olmagan  bo‘lsa,  qayerga 
borish  kerak,  iqlim  va  region  geografiyasi  qanday,  aholisi  nima  bilan  band, 
zamonaviy  voqealari,  tarixi,  madaniyati,  odatlari,  telekommunikatsion  xizmat, 
jamoat transporti, do‘konlar ishlash vaqti kabi ma’lumotlarga zarurat bo‘ladi. 
Odatda  yordamchi  axborotlar  saytga  yuklangan  keng  va  batafsil  matnlardan 
iborat. Bundan qochish  kerak  –  Web  sayt  tashrif buyuruvchiga  matnni o‘qish  yoki 
uni    o‘tqazib  yuborish  imkonini  berishi  lozim.  Muvaffaqiyatli  saytlar  ko‘p  sonli 
savollar  bo‘yicha  batafsil  axborotlarni  taklif  qiladi  va  bunda  samarali  indekslar 
tizimiga  ega.  Ular  tashrif  buyuruvchiga  faqat  ularni  qiziqtiruvchi  ma’lumotlarni 
tanlashga ko‘maklashadi. Material mazmuni oddiy va tushunarli tarzda berialadi. 


                      
271 
Eng  yaxshi  saytlar  «Axborot  almashish  taxtasi»  ga  ega.  Bir  foydalanuvchi 
turistik  muammolar  bo‘yicha  savollar  berishi,  boshqasi  ularga  javob  berishi 
mumkin.  Savollar  va  javoblarni  sayt  kirgan  har  qanday  tashrif  buyuruvchi  o‘qishi 
mumkin.  Bu  tashvishlangan  sayohatchilar  katta  davrasi  uchun  ajoyib  axborot 
uzatish  usullidir.  Unda  boshqa  vaqtda  ishlatilmagan  mavzular  qo‘shilgan.  Onlayn 
rejimida  bahsli  forumlar  ham  taklif  etilishi  mumkin.  Unda  ishtirok  etishni 
xohlovchilar ruyxatdan o‘tishlari kerak. 
Sayohatning interfaol rejasi quyidagi mavzular bo‘yicha axborotlar so‘rashga 
imkon  beradi:  turistik  regionga  qanday  yetib  borish  kerak,  qayerda  joylashish 
mumkin,  turistik  markazda  nima  bilan  shug‘ullanish  mumkin,  qanaqa  diqqatga 
sazovar  joylar  bor.  Voqealar,  ekskursiyalar,  transport  masalasi  qanday.  So‘ngra 
tashrif buyuruvchiga ular so‘ragan xizmatlarni yetkazib beruvchilar ruyxati taqdim 
etiladi. Web – sayt yetkazib beruvchi haqida uning ismi, manzili, telefon raqami va 
faksi,  fotosurati,  xizmatlar  narxi  va  ularning  qisqacha  tafsiloti  bayon  qilingan 
batafsil    ma’lumotlarni  taqdim  etadi.  U  shuningdek  elektron  pochtasi  va  zarur 
rekvizitlarini  xabar  qilgan  holda  yetkazib  beruvchiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqish 
imkonini  beradi.  Mahorat  bilan  tuzilgan  broshyura  tufayli  foydalanuvchi  maxsus 
papkada kompyuter xotirasida kerakli sahifani saqlaydi. Bu unga keyinchalik ularni 
ko‘rib  chiqish  yoki  qayta  ko‘chirib  olish  imkonini  beradi.  Sayohatning  interfaol 
rejasi  esa  bir  qator  mezonlar  asosida  foydalanuvchi  tanlagan  marshrutni  tuzish, 
harakterlash  imkonini  yaratadi.  Bularning  barchasi  saytdan  olingan  axborotlardan 
qoniqish  darajasida  va  marshrutni  ishlab  chiqish  jarayonlarida  foydalanuvchini 
diqqat – e’tibor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini talab qiladi. 
Ayrim  saytlar  onlayn  rejimida  mehmonxonalarni  bronlashtirish  tizimini 
qo‘shadi.  Quyidagi  mezonlar  bo‘yicha  qidiruv  tizimi  bilan  joylashtirish 
ma’lumotlari  interfaol  bazasiga  ega:  joylashgan  yer,  nomer  tipi,  bir  kecha  tunash 
bahosi, bir kishiga narxi. Ma’lumotlar bazasi takliflarning yakuniy ruyxatini taqdim 
etadi. Ulardan har biri foydalanuvchi so‘ragan sharoitga yaqinroq darajasi bo‘yicha 
narxga  ega.  Xizmatlarni  yetkazib  beruvchi  haqida  ma’lumotlar  bronlashtirish 
formasini  o‘rganishdan  joylashishni  bronlashgacha  jarayonlar  oddiy  va  yengil 
bo‘lishi  lozim.  Uy  sahifasidan  onlayn  rejimida  bronlashgacha  bo‘lgan  yo‘lni  bsib 
o‘tish uchun, masalan, Syurix Kengashi saytida sichqonchani 4 marta bosish talab 
qilinadi xolos. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish