8.4. Xalqaro turizmda globalashuv jarayonlari
Hozirgi zamon jahon bozori rivojlanishi tendensiyasi ichida, xususan turistik
sohada globallashuv jarayonlari e’tiborni tortadi. TMKlar bir milliy kapitalidan va
separat harakatdan siyosiy hamkorlikka, qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga
o‘tdi. Bu tendensiya korporatsiyalarning global ittifoqlari paydo bo‘lishida qo‘zga
tashlanadi.
TMKlarning soni tez ko‘payishi bir qator omillar ta’siri ostida sodir
bo‘lmoqda. Ularning ichida jahon bozorida raqobatning kuchayishi omili hal
qiluvchi ta’sir o‘tkazmoqda. U faqat ko‘proq rivojlangan mamlakatlar
kompaniyalari o‘rtasidagina emas, balki jahon «qashshoq» bozorlarini tobora
ko‘proq egallab olayotgan yangi industrial mamlakatlardan chiqqan firmalar
ularning xavfli raqiblariga aylanishayapti. Bular mehmonxonalar xo‘jaligida
Syangan (Gonkkong), «Shangri-La», «Regal Xoutlez», «Mandarin Oriyentl»larga
tegishli otellar zanjiridir.
Global ittifoqlashuv mohiyati shundan iboratki, inson, moliyaviy va ilmiy-
texnik resurslar yutuqqa erishish uchun turli firmalar bilan birlashtiriladi. Hamkorlik
yordamida maqsadga erishishning samaraliroq yo‘llari belgilab olinadi. Ular
birgalikda har bir ishtiroki tomonning yutuqlaridan foydalanishadi. Umumiy
dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq harajatlarni taqsimlaydilar va qaltisliklarga
bahamjihat qo‘l uradilar.
Global ittifoq tuzish mehmonnovozlik va turizm industriyasining turli
sektorlarida amaliyotga kiritilayapti. Buning yorqin misoli qilib, turistik
mahsulotlarni bronlashtirish global kompyuter tizimining birlashtirilishini ko‘rsatish
mumkin. Ular tufayli avia kompaniyalarning tashqi aloqa tizimlari otellar,
turagentliklar, avtomobillar ijarasi (prokati) va boshqalar kompyuter tarmog‘i
majmualari bilan ulangan. Bular turistik xizmatlar paketlarini bronlashtirish yoki
ularning alohida elementlari – avia uchishlar, otellarga joylashtirish, teatrlarga
biletlar sotish, sug‘urta polislariga buyurtmalar berish imkonini beradi.
243
Turistik mahsulotlarni bronlashtirish kompyuter tizimining eng mashhur va
yiriklaridan biri SEYBR, «Amadeus» va «Uorldspen» bilan bir qatorda «Galileo
Interneyshnl» hisoblanadi. Uning vizit kartochkalari bilan egiluvchanlik va
zahiralashtirishga keng imkon beradigan qudratli axborot bazasi yaratilgan. «Galileo
Interneyshnl» hozirgi zamon ko‘rinishida 1993 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib
kelayapti. U ikki bronlashtirish elektron tizimi – «Galileo» va «Kovya-Apollo»ni
qo‘shib olgan. Birlashgan tarmoqlar ta’sischisi sifatida Shimoliy Amerikalik va
Yevropalik aviatashuvchilar chiqishdi. Ishtirokning teng ulushi asosida ular 1,5
mlrd. dollar miqdorida yangi kompaniyaning ustav fondini tashkil qildilar. U 120
ming terminallarga ega bo‘lib, 500 aviakompaniya, 31 ming otellar, 44
avtomobillarni ijara (prokat)ga berish firmalarini qamrab olgandi. Undagi
abonentlarining umumiy soni 42 mingga yetadi.
Qo‘shilish, ma’lumotlar yagona bazasini yaratish va Denver (AQSH,
Kolarado sht) shahrida shtab-kvartirasiga ega bo‘lishiga qaramay «Galileo
Interneyshnl», «Kovya-Apollo» va «Galileo»ni ikki mustaqil tizim sifatida saqlab
qolish va rivojlantirishni mo‘ljallayapti. Agar birinchisi AQSH, Meksika va kamroq
darajada Yaponiyaga xizmat ko‘rsatishda davom etsa, ikkinchisi «Jemin» tarmog‘i
mavjud Kanadadan boshqa hamma mamlakatlarga ishlaydi.
Hozirgi vaqtda, global ittifoqlardan tashqari, strategik alyanslar ham
tuzilmoqda. Birinchisiga mulkiy munosabatlarni o‘zgartirish xos. Ikkinchisi esa
tomonlarning kelishuviga asoslangan va mulkchilik munosabatlariga teginilmaydi.
Shuning uchun strategik alyanslar keng yoyilmoqda.
Strategik alyanslar turli ko‘rinishlarda (konsorsiumlar, strategik harakterdagi
qo‘shma korxonalar va h.k) bo‘lishi mumkin. An’anaviy firmalararo
shartnomalardan farqli ravishda ularning hammasi alyans ishtirokchisining global
strategik faoliyat doirasida kompaniya uchun uzoq muddatli raqobatbardosh
ustunlikka erishishga qaratilgan.
Mehmonxonalar xo‘jaligida strategik alyanslar xizmatlarni birgalikda amalga
oshirish uchun bir necha kompaniyalar o‘rtasida tuziladi. Mol sotish, kelishilgan
marketing faoliyati, yirik moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirish yagona
tarmoqlari yaratiladi. Bunday birlashuvlar asosiy motivlari shundan iboratki,
mehmonxona kompaniyalari oraqali bozorda o‘zining savdo markasi harakatini
amalga oshirish hisoblanadi. Alyans doirasida bir firma mahsuloti ikkinchisiga
bozorga chiqishga imkoniyat yaratadi va moliyaviy qaltislikni bo‘lib olish yo‘li
bilan noqulay iqtisodiy kon’yunktura chog‘ida ikkalasi ham bankrotlikdan qutulib
qolishadi.
Strategik alyansga misol bo‘lib 1996 yil oxirida «Karlson Xospiteliti Uorld-
uayd» (AQSH) va «For Siznz» (Toronto) guruhlari o‘rtsaida tuzilgan sherikchilik
bitimlari xizmat qiladi. Uning maqsadi-so‘nggi xalqaro otellar zanjiri «Ridjent»ga
tegishli otellarni kengaytirish. Alyanslar o‘z samaradorligini ko‘rsatib, XXI asrda
mehmonxonalar o‘sishining bosh strategiyasiga aylanadi. Mehmonnovvozlik
industriyasida tadqiqot o‘tkazgan Nyu-York universiteti mutaxassislari shunday
xulosaga keldilar.
Globallashuv jarayonlari ko‘proq havo transportida ko‘zda tutilmoqda.
Jahonning yetakchi aviakompaniyalar o‘rtasida mustahkam sherikchilik aloqalari
244
yo‘lga qo‘yilmoqda. Ular yirikroq yuktashuvchilar aksiyalarini sotib olishdan ko‘ra
o‘z raqobatchilari bilan strategik alyanslar tuzishni ma’qul ko‘rishmoqda.
O‘zaro kelishuvga erishib, aviakompaniya tezda yo‘nalish tarmoqlarini
kengaytirishi, o‘zining bozor ulushini ko‘paytirishi, boshqa yuk tashuvchilarning
bozorga kirishini cheklab qo‘yishi mumkin. Bunday hamkorlik alyansning hamma
ishtirokchilariga umumiy natijalar beradi - havo orqali yuk tashish hajmini va
foydani ko‘paytiradi.
Aviakompaniyalar o‘rtasidagi bitimlar faoliyatning har xil sohalariga
taaluqlidir. Ilgari ular aeroportlarda asosan yuk ortish, tushirish ishlarini boshqarish,
joriy moliyalashtirish va investitsiyalash (birgalikda yonilg‘i, samolyotlar sotib
olish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, ustaxonalaridan foydalanish va h.k.)ga,
shuningdek birlashgan tijoriy vakolatxonalar ochishga tarqalardi. Misol uchun
«Djapan Eyrlaynz», (Yaponiya), «Lyuftganza» (Germaniya) va «Er Frans»
(Fransiya) aviakompaniyalari Nyu-Yorkdagi J.Kennedi nomidagi aeroportda
birgalikda terminal qurish haqida bitim tuzdilar.
Bugungi kunda havo tarnsportida xalqaro strategik alyanslar taraqqiyotning
yangi bosqichini boshdan kechirmoqdalar. Aviatashishlar bozori ustidan nazorat
o‘rnatishga intilib, alyans a’zolari tez-tez uchadigan yo‘lovchilar uchun maxsus
rag‘batlantirish dasturi doirasida o‘zaro o‘z identifikatsion kodlari bilan
almashinishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Bu tarzdagi tajribalar
aviaxizmatlar bozorida chuqur o‘zgarishlarga olib keldi.
Mahsus «Ef-Ef-Pi» dasturi mijozlarni ma’lum aviakompaniyalarga birkitib
qo‘yadi va yo‘lovchilarni boshqa yuk tashuvchilarga oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
Keyingi vaqtlarda ular qudratli marketing quroliga aylandi. Samarali qo‘llanilishi
global strategik alyansda integratsiyalash hollarida imkoniyatlarni yanada
kengaytirayapti.
Yaqinda «Yunayted Eyrlaynz», «Lyuftganza», «Eyr Kanada» va SAS
aviakompaniyalari doimiy yo‘lovchilarga munosabatda birgalikda strategik dastur
ishlab chiqdilar.
Rag‘batlantiruvchi dasturlarni birlashtirgan holda alyans a’zolari o‘zlarining
mijozlar bazasini kengaytirmoqda va bozordagi o‘rinlarini mustahkamlashmoqda.
Bu strategiya havo transportini umum liberallashtirish sharoitida aviatashishlarni
monopollashtirishga olib keladi. U bozorga yangi o‘yinchilar chiqishi va raqobatni
cheklash uchun to‘siq yaratadi.
Mayda va yangi tashkil etilgan avia kompaniyalar alyanslarni ko‘p sonli
doimiy yo‘lovchilar kontingentiga egalik qilishda, antimonopolik qonunchilikni
buzishda ayblaydilar. Monopoliya harakatlari ustidan nazorat qilish va raqobat
muhitini himoya qilish mahsus organlari alyanslarning shakllanishi va strategik
rivojlanishi ustidan diqqat bilan ko‘zatib turadilar.
Ammmo ular hozircha belgilangan huquqiy meyoorlarni amalda buzulishi
hollarini
ko‘rib
chiqmaydilar.
Tez-tez
uchuvchi
yo‘lovchilar
uchun
rag‘batlantiruvchi dasturlarni birlashishidan tashqari, alyans a’zolari o‘rtasidagi
identifikasion
kodlar
almashinish
yo‘nalishi
bo‘yicha
hamkorlik
mustahkamlanmoqda. Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) qoidalari
bo‘yicha avikompaniya o‘zining identifikatsion kodlarini boshqalarga foydalanish
245
uchun taqdim etishga haqli yoki bir necha tashuvchilar o‘sha bitta koddan
foydalanishlari mumkin. Bu degani yo‘lovchilar biletda ko‘rsatilgan
avikompaniyalar samolyotlarida emas, balki boshqasida uchadilar. Is’temolchilar
huquqlarini himoya qilish uchun kod almashinuvlarini tartibga solish taklif
etilmoqda. Mazkur masalani hozir muhokama qilish jarayoni kechmoqda.
Aviakompaniyalar hozircha hech bo‘lmaganda bu tartib haqida yo‘lovchilarni
xabardor qilishlari zarur.
Idensifikatsion kodlarning almashinishida «ha» va «qarshi» degan dallilar
qanaqa
bo‘lmasin,
bitimlar
soni
o‘sib
bormoqda.
1997yil
ispan
«Iberiya»aviakompaniyasi, Shvesariyaning «Svisseyr» va Avstriyaning «Ostrian
Eyrlaynz» kompaniyalari bilan «Delta Eyrlaynz» kodini almashish haqida kelishib
oldi. «British Midlend», «Galf Eyr»bilan, «Djapan Eyrlaynz», Avstriyaning
«Kuantas Eyrlaynz» bilan xuddi shunday kelishib oldilar. O‘sha yili «Delta
Eyrlaynz» va «Kantinentl Eyrlaynz», «Er Frans» bilan kod almashinish bo‘yicha
ko‘p rejali bitim imzoladilar. Identifikatsion kod almashinishlar bo‘yicha
tuzilayotgan bitimlar ko‘pincha xalqaro strategik alyanslarga aylanish bilan
yakunlanadi.
Hozirgi kunda dunyoda 363 tadan ortiq avikompaniyalar alyansi mavjud.
Ularning soni toboro ko‘payib bormoqda. Ko‘pchilik yangi alyanslar birgalikdagi
marketing va texnik taraqqiyot egiluvchan tashkil etilgan faoliyati bilan ajralib
turadi.
Tashuvchilar o‘rtasidagi sherikchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda
kutilayotgan siyosat to‘siqlarga duch kelyapti.AQSH alyanslarga ikki tomonlama
«ochiq osmon» haqida bitim imzolashi sharti bilan antitrest imuniteti taqdim etyapti.
Bu bitimlar amerakalik tashuvchilarga Yevropa va Osiyo aviabozorlariga kirib
borish imkonini beradi. Ayrim mamlakatlar (Shveysariya, Yaponiya va boshqalar)
Amerika tamoni bosimiga qarshi turishga urinishyapti. Eski qit’ada alyanslar tuzish
Yevropa komissiyasining ikki tamonlama bitimlar masalasi bo‘yicha tutgan o‘rni
tufayli mushkullashyapti. YEI yagona hududiy tuzilma sifatida qaralib, ular bir
mamlakat bilan alohida bitim imzolash tajribasidan voz kechib, qat’iy
markazlashgan muzokaralar jarayoniga kelishni ta’minlaydi.
Paydo bo‘layotgan to‘siqlarga qaramay aviakompaniyalar birlashishda davom
etayapti. Tez- tez o‘sha bitta tashuvchining o‘zi bir necha alyanslarga turli
markazlar bilan kirayapti. Avikompaniya kompaniyalar bilan bazaviy bitimga ega
bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga boshqa tashuvchilar bilan to‘la huquqli marketing
va tijorat a’zosi bo‘la oladi. Misol uchun «Lyuftganza», «Yunayted Eyrlaynz» bilan
global strategik alyansda bo‘lishdan tashqari «Finneyr» bilan marketing alyansi,
«Djapan Eyrlaynz» va «Korean Eyrlaynz» bilan fraxt alyans tuzgan. Shuningdek
identifikatsion kodlar almashinishi bo‘yicha «Adria Eyrveyz», «Varig Brazilian
Eyrlaynz», «Lyukseyr» va «Ostrian Eyrlaynz» aviakompaniyalari bilan bitimlar
imzolagan. Tashuvchilar jahon alyansi tuzishi bilan ilgari erishilgan kelishuvlar
istiqbollari taboro noaniqlik bo‘lib qolmoqda.
Havo transportida «Uanuorld»va «Star alyans» yirik birlashmalar hisoblanadi.
Ularning har biri yiliga 180 mln dan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadilar.
246
Jahonning yetakchi besh avikompaniyalari «Ameriken Eyrlaynz», «British
Eyrlaynz», «Kanadion Eyrlaynz», «Kitay Pasifik Eyrveyz» va «Kuantas Eyrlaynz»
yangi global alyans «Uanuorld» tashkil qilinmoqchi ekanligini e’lon qildilar Uning
a’zolari qiymati o‘nlab million funt sterling bo‘lgan qo‘shma dasturni amalga
oshirishga kirishdilar. Alyans doirasida butunjahon «Uanuorld» tarif tarmog‘i
mavjud. U orqali indentifikatsion kodlar almashinuvi amalga oshiriladi. Shningdek
yaqinda joriy etilgan biletlarni bronlashtirishning yagona tizimi bo‘yicha doimiy
yo‘lovchilar uchun uchish millarini o‘zaro hisob-kitob qiladi. Alyansga a’zo
bo‘lishning zarur sharti mazkur tashuvchilar birlashmasi tamonidan ko‘zda tutilgan
xizmatlar va imtiyozlar to‘liq paketini taqdim etish.
Shuning
uchun
ham
«Uanuorld»ga
kirishga
qaror
qilingan
ispan
«Iberiya
»,
fin
«FinnEyr»aviakompaniyalari izchil yo‘lga qo‘yilgan telekommunikatsiya ishlarini
bajarishi, alyans talablariga muvofiq xodimlarni qayta tayorlashlari lozim edi. Ikki
yangi a’zo qo‘shilishi bilan «Uanuorld» yo‘nalishi tarmoqlari 800 dan ortiq
boriladigan manzillarni qamrab oldi.
Boshqa bir xalqaro avia tashish birlashmasi «Star Alyans»1997 yili
«Lyuftganza» tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bugun unga Germaniya, AQSH,
Kanada, Yaponiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Braziliya va boshqa mamlakatlar
aviakompaniyalari kiradi. «Star Alyans» a’zolari safini kengaytirish davom
etmoqda. Ularga ahamiyati jihatdan ikkinchi bo‘lgan Britaniyaning «British
Midlend», Meksikaning eski tashuvchilaridan bo‘lgan «Meksikana Eyrlaynz»
avivakompaniyalari qo‘shildilar. London aeroporti «Xitrou»da joylashgan «British
Midlend»ning alyansga qo‘shilishi ikki raqobatchi global avikompaniyalar uchun
dunyodgi yagona tugunni vujudga keltirdi. «Star Alyans»ning umumiy yo‘nalish
tarmog‘i jahonning 130 mamlakatida joylashgan 815 manzilni bog‘laydi.
Alyansning aviakompaniyalari samolyotlarning o‘rtacha har 9 daqiqada
parvoz qilishadi va umumiy olganda har kuni 9600 ga yaqin reys bajarilishini
ta’minlaydi.
«Uanuorld» va «Star Alyans»dan tashqari, xuddi shunday boshqa tashuvchi
birlashmalar «Kvoliflayer Grup» va «Vands» ham faoliyat yuritadi. Yaqinda Nyu-
Yorkda yangi alyans «Skay Tim» tashkil etilgani e’lon qilindi. Uning yadrosi bo‘lib
bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan «Delta Eyrlaynz» va
«Erfrans» hisoblanishadi. Yaratuvchilar so‘zlariga qaraganda, alyans ko‘p jihatdan
avvalgi rasmiylashtirlgan birlashmalardan farqli ravishda birinchi navbatda
yo‘lovchilar manfatiga qaratilgan. Alyansning AQSH, Yevropa mamlakatlari, Lotin
Amerikasi va Osiyoda ommaviy axborot vositalarida avj oldirilgan reklama
kompaniyasi «Biz siz haqingizda g‘amxo‘rlik qilamiz» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
«Skay Tim»ga «Aeroflot – Rossiya aviayo‘nalishlari»va «O‘zbekiston havo
yo‘llari» qo‘shilishi rejalashtirmoqda. Tashuvchilarda alyansning to‘la huquqi a’zo
bo‘lishi uchun barqaror ish sharoitida barcha imkoniyatlar yetarli. Hozirda esa
Rossiya va MDH aviakompaniyalari alyanslarni tuzish haqida muzokaralar olib
bormoqda. Globallashuv jarayonlariga qo‘shilar va vatanmiz vositachilik
firmalarining halqaro turizmiga kirishida ehtimol bo‘lgan salbiy holatlarga yo‘l
qo‘ymaslik uchun intilar ekan, respublika turizm bozorida normal
sivilizatsiyalashgan munosabatlar o‘rnatib olg‘a qadam tashlayapti.
247
Do'stlaringiz bilan baham: |