157
olib, salb yurishlari kabi shaklga aylanib ketdilar. Ayniqsa, ziyorat qilish harakati XV
asr oxiri va XVI asr boshlariga kelib eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Ziyoratchilik
doirasining o‘sishi bilan birga uning turli oqimlari ham kuchaya bordi. Shu bilan
birgalikda ziyoratchilar tarkibi ham xilma-xil bo‘lib, unda diniy etiqodga amal
qiluvchi kishilar bilan bir qatorda, turli xil kasbkor, mansabdor, kishilar ham ishtirok
etaboshlaganlar. Ziyoratchi-hojilar o‘rtasida oqsuyaklar, ritsarlar (olijanob odamlar),
sayohatchilar, harbiylar, ijodkorlar, hukumat idorasi xodimlari, savdogarlar,
qolaversa oddiy kishilar qatnashganlar.
XIX asrga kelib diniy turizm uyushgan holdagi shaklga ega bo‘la boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyorat qilib keluvchilar soni tobora ko‘paya borib, birgina
Fransiyada 1861 yilda 300-400 ming kishiga yetgan. 1870 yil oxirlarida uyushgan
holdagi ziyoratchilik oqimi Yevropaning Avstriya, Germaniya kabi bir necha
mamlakatlarida ham keng rivojlana bordi.
Hozirgi kunga kelib, yer kurrasining turli xil mintaqalarida, ko‘p asrlar
oldingi singari, diniy qadamjolarga borib sig‘inadigan sayyohlar soni tobora ko‘payib
bermoqda. Har yili butun yer yuzasi bo‘yicha 200 mln. dan ortiq kishilar turli xil
diniy haj safarlariga borib ziyorat qilib kelishadilar. Shulardan 150 mln. dan ortiq
xristianlar, 20-30 mln. atrofida induistlar, 40 mln.dan ko‘proq musulmonlar,
buddistlar, sintoistlar va boshqalar ishtirok etadilar.
Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy mahsadi aziz avliyo joylarga
qadam ranjida qilishi, sig‘inish chog‘ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko‘ngillarning
poklanishi, og‘ir kasalliklardan xolos bo‘lmoqligi, qilib quygan gunoh ishlarini
ollohdan so‘rab kechirishlarini, safar chog‘ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda
bo‘lishni orzu-umid qilishadilar. Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o‘z orzu
umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatini bajo
keltirishni o‘z ko‘ngillaridan o‘tkazadilar.
Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik
markazlari mavjud bo‘lib, ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida joylashgan:
Xristian Yevropasi;
xristianlik va boshqa ko‘psonli dinlar bilan mustahkam o‘rin egallovchi
Shimoliy Amerika;
Xristianlik va an’anviy dinlar bilan Lotin Amerikasi;
Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika;
Islom hukmron va alohida xristianlik va an’anaviy dinlar mavjud G‘arbiy
va
Sharqiy Afrika;
Buddizm, islom, xristianlik va hinduzimni egallagan Janubiy-Sharqiy
Osiyo;
Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo;
Islom hukmron O‘rta Osiyo;
Islom va
xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan G‘arbiy Osiyo;
Iudizm va buddizm tarqalgan, shuningdek xristianlik, jaynizm, sikxizm va
islam mavjud Janubiy Osiyo.
Har bir makrohudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan
mashhur. Ular e’tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul qiladilar va ko‘pincha diniy
158
ixtisoslashtirishning ma’muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari
bilan qo‘shilib ketadilar. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy
ahamiyatga ega diniy sig‘inish ob’ektlari mavjud.
Yer sharida eng qadimiy va yirik diniy markazlardan biri Yaqin Sharqda
joylashgan Iordaniya davlatining Iyerusalim (Quddus) shahri bo‘lib hisoblanadi.
Iordan daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ushbu hudud 1967 yil iyun oyida
Isroil tomonidan bosib olingan. U hanuzga qadar Iordaniyaga qaytarib berilmasdan
kelmoqda.
Ma’lumki, Iyerusalim shahri uchta, ya’ni xristian, islom va iudaizm
dinlarining kelib chiqishi va asoslanishi markazi bo‘lib hisoblanadi. U dunyodagi
ibodat qilish markazlari o‘rtasida alohida o‘rinni egallaydi. Shaharning o‘tmish tarixi
uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu yerda ilk bor iudaizm diniga e’tiqod qiluvchi
monoteist (bir xudolik, ya’ni xudoni bitta deb biluvchi) din tarafdorlari, undan keyin
xristian va islom dini kelib chiqqanligidan dalolat beradilar.
Iyerusalim xristian diniga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas shahar bo‘lib
hisoblanadi. Shaharda eng yirik ziyorat qiluvchi joy bu-
Voskreseniya (Qayta
Do'stlaringiz bilan baham: