O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Joylashtirish.  Mehmonxona  xo‘jaligi  joylashtirish  vositalarining  favqulodda 
xilma-xilligi  bilan  harakterlanadi.  Ular  nafaqat  maishiy  qulayligi  va  xizmatlar 


                      
136 
to‘plami  bilan,  balki  joylashgan  o‘rni  va  mulkchilik  tipi  bilan  ham  farqlanadi. 
Yuqorida so‘z yuritilganidek albatta harajatlar tarkibi bilan ham ajralib turadi. Bozor 
sharoitida o‘zgarishlarga taklif bilan chiqish ana shunga bog‘liq. 
Otellar  va  motellar  aksariyat  qismi  mijozlarni  vaqtincha  yashashi  uchun 
belgilangan  nomerlar  soniga  qarab  ularni  taklif  qilishi  mumkin.  Ular  daromadni 
maksimallashtirish  uchun  nomer  fondini  to‘liq  yuklanishi  uchun  intiladilar.  Shu 
nuqtai  nazardan  bozorda  joylashtirish  korxonalari  va  aviakompaniyalar  xulqlarida 
juda ko‘p umumiyliklar bor. Ammo havo transportidan farqli ravishda mehmonxona 
xo‘jaligida  takliflar  hajmini  ikki  holatga  ko‘ra  o‘lchash  juda  murakkab:  Birinchisi 
statistik  hisoblardan,  ikkinchisi  esa  joylashtirish  sektorida  narx  siyosati  
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Otellar  va  ularga  o‘xshash  joylashtirish  vositalari  ish  natijalari  mavjud 
o‘rinlardan  foydalanishga  bog‘liq.  Amalda  mehmonxona  korxonalari  kam  hollarda 
uzoq  muddat  davomida  to‘liq  yuklangan  bo‘ladi.  Talab  kamligidan  nomerlar  bo‘sh 
qoladi,  joriy  remont  tufayli  oborotdan  chiqib  ketadi,  xo‘jalik  ehtiyojlariga  ajratib 
beriladi.  Ular  shuningdek  jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  bepul  foydalanish  uchun 
berilishi  mumkin.  Bularning  barchasini  e’tiborga  olgan  holda,  mutaxassislar 
mehmonxona korxonalari faoliyatining ekspluatatsiya asosiy ko‘rsatkichlari natijalari 
sifatida  yuklanish  darajasini  kiritdilar.  Bu  statistik  hisobotda  aks  etadi  va 
mehmonxona biznesi rivojlantirishda katta amaliy ahamiyatga ega.  
Shuning  bilan  birga  yuklanish  koeffitsiyentidan  foydalanish  olingan 
ma’lumotlarni o‘lchashda muammo tug‘diradi. Gap shundaki, yuklanish turli usullar 
bilan  mo‘ljallangan  bo‘lishi  mumkin,  bu  mehmonxona  xizmatlari  takliflarini 
baholashda  chalkashliklar  keltirib  chiqaradi.  Odatda  u  sotilgan  nomerlarni  sotish 
uchun taklif etilgan nomerlar soniga nisbatan belgilaydi. 
Yuklanish  baholashda  farq  qilishdan  tashqari,  yana  bir  holat  mavjudki, 
mehmonxona sektorida takliflar hajmini o‘lchashni qiyinlashtiradi. Nomerlar hamma 
mijozlarga bozor narxidan past holda, bu joylashtirish vositasiga hatto  zarar keltirsa 
ham  taqdim  etilishi  mumkin.  Bunday  narx  siyosati  turi  mehmonxona  xo‘jaligiga 
umumiy  ovqatlanish  xizmatlari  va  uning  boshqa  bo‘limlari  tarkiblarida  harajatlarni 
qoplash va nomavsumda naqd pul harakatini saqlab turish imkonini beradi. 
Xullas, otellar egalari o‘zlarida barcha mavjud nomerlarda koyka  – o‘rinlarni 
to‘liq  band  bo‘lishi  va  nomer  fondi  qiymatida  aks  etgan  maksimal  yuklanishdan 
manfaatdordirlar.  Ishlab  chiqarish  imkoniyati  darajasida  ishlashga  intilish 
mehmonxona  korxonalari  chiqimlari  strukturasidan  kelib  chiqadi,  bunda  doimiy 
chiqim yuqori bo‘ladi. Ularning ulushi o‘rtacha 60 % ni tashkil qiladi. 
Mehmondorchilik  korxonalarida  harajatlar  haqida  axborotlar  va  ularning 
munosabatlari  hisobotlardan  olingan  va  jahon  bo‘yicha  o‘rtachalashtirilgan. 
Chiqimlar tarkibi kattaligi joylashtirish vositalari tiplari mintaqalar bo‘yicha sezilarli 
farq  qilayapti.  U  mehmonxona  korxonalari  umumiy  chiqimlar  hajmining  45  %  ga 
yetadi. 
Ishlab  chiqarish  chiqimlarini  qisqartirish  uchun  barcha  joylashtirish  vositalari 
o‘sha bitta masalani hal qiladi. U ham bo‘lsa servis darajasini pasaytirmasdan qanday
 
 qilib,  mehnatni  tejash.  Agar  qolgan  mamlakatlar  va  mintaqalarda  masalan, 
Janubiy  Osiyo,  Afrika,  Markaziy  Amerikada  bu  muammo  unchalik  o‘tkir 


                      
137 
bo‘lmasada, iqtisodiy rivojlangan G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika kabi ishchi 
kuchi  qimmat  mamlakatlarida  birinchi  rejada  turibdi.  Bu  yerda  mehnat  mijozlarga 
xizmat  ko‘rsatishni  mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish  yo‘li  bilan  kapitalga 
almashtiriladi. 
Keyingi  20  yilda  mehmonxona  xo‘jaligida  professionalizm  va  mehnat 
unumdorligini  hech  narsa  ommaviy  kompyuterlashni  oshirgani  yo‘q.  Kompyuterlar 
rejalashtirish,  koordinatsiyalash,  baholash  va  joylashtirish  korxonalarida  nazorat 
jarayonlarini  tubdan  o‘zgartirib  yubordi.  Rahbarni  o‘z  ichki  hissiyotiga  ishonib 
bozorni  tahlil  etishi,  xayolida  kelajakda  qilinadigan  ishlarni  rejalashtirishi,  tasodifiy 
ma’lumotlarga tayanib taraqqiyotning istiqbollarini ishlab chiqishi hollari o‘tmishda 
qolib  ketdi.  Bugungi  kunda  bularning  o‘rniga  ishlab  chiqarishni  boshqarishning 
avtomatlashgan  tizimi  keldi.  Mehmonxona  ishlarida  bular  o‘rinlarni  bronlashtirish, 
nomer    fondini  boshqarish,  mijozlar  bilan  hisob-kitoblarni  aniq  va  tez  bajarishni 
osonlashtirdi,  daromadlar,  naqd  pul  harakati,  mehnatga  haq  to‘lash,  bandlik  va 
boshqalar  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  imkonini  berdi.  Kompyuterlar  eng  yangi 
dasturlar yordamida murakkab operatsilarni bajarish imkonini beradi, qaysikim buni 
ilgari faqat odam bajarardi (masalan endi kompyuter ko‘z ochib yumguncha optimal 
ishlab chiqarish masalasini hal qiladi). 
Kompyuterlar  asta-sekin  ishlab  chiqarish  jarayonlaridan  insonni  siqib 
chiqarayapti.  Bu  mehnatni  kapital  bilan  almashinishi  va  doimiy  harajatlar  ulushi 
o‘sishini  bildiradi.  Mehmonxona  korxonalari  chiqimlari  tarkibi  yanada og‘irlashadi, 
undan  kelib  chiqadigan  otellar  xulqi  xususiyatlari  va  bozordagi  boshqa  joylashtirish 
vositalari  esa  yorqin  aksini  topadi.  Ular  avvalgidan  kuchli,  nomer  fondi  to‘liq 
yuklanishi  darajasida  mehmonxona  xizmatlari  takliflaridan  manfaatdor,  bu  narx 
siyosatida o‘z aksini topadi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish