Aviatashish. Yo‘lovchi tashishni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarda
umumiy chiqim harajatlarning to‘rt kategoriyasini o‘z ichiga oladi:
131
Birinchi guruhda – doimiy chiqimga – ma’muriy boshqaruv harajatlari,
marketing va bronlashtirish harajatlari kiradi. Bular tashishga bevosita aloqador
emas, lekin ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab turish uchun zarur.
Ikkinchi guruh harajatlar aniq aloqa yo‘lini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq
holda paydo bo‘ladi. Bu harajatlar shartli doimiydir. Ularga samolyot amortizatsiyasi,
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, aeroportga xizmat ko‘rsatishlar kiradi.
Uchinchi guruh harajatlar ham shartli doimiy, uchishlar bajarilishi bilan
bog‘liq. Ularning kattaligi aloqa yo‘llariga bog‘liq ravishda almashinadi va yo‘nalish
nuqtai nazaridan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bu chiqimlarni
doimiy deb qarash mumkin. Chunki ularning hajmini hal etish qarori bir yo‘la butun
uchishga qabul qilinadi. Harajatlar tarkibiga kema ekipaji mehnatiga haq to‘lash
qo‘shiladi, havo transportida eng yirik harajatlar statiyasi – yoqilg‘idir. Bu jahondagi
ko‘pchilik avia kompaniyalarda barcha chiqimlarning uch qismini va boshqa
harajatlarni tashkil qiladi.
To‘rtinchi guruh harajatlar – o‘zgaruvchan chiqim – yo‘lovchilarga xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha harajatlarini birlashtiradi. Bular ovqatlanish, qayd qilish
(registratsiya), bagajlarni yuklash harajatlaridir. Ularning kattaligi nisbatan katta
emas, umumiy chiqimning bor – yo‘g‘i 7 – 9 % ni tashkil qiladi. Bunday tarkibda
doimiy chiqim salmog‘i ochiq-oydin ko‘rinib turgani sababli havo orqali tushuvchilar
har bir uchishda avialaynerlar sig‘imi chegarasi darajasida o‘z xizmatlarini taklif
qilishga intiladi.
Bozorga chiqarishni kengaytirish uchun aviakompaniyalar narx nufuzini
tushirishga urinadilar. Ular mijozlarning turli guruhlari uchun turli narxlar
belgilaydilar. Narx turli xilligi (diversifikatsiyasi) haridor daromadiga, iste’mol hajmi
va xizmat kategoriyasiga bog‘liq holda uch asosiy shakl ko‘rinishini oladi.
Havo transportida tariflar tizimi amal qiladi. Tariflar to‘liq (bazaviy) va
imtiyozli (maxsus) bo‘ladi. Bazaviy tariflar tashish barcha klasslari uchun
belgilanadi: Birinchisiga (biletga F harfi belgisi qo‘yiladi), biznes – (S) va iqtisodiy
(u) bilan belgilanadi. Ular shinamlik darajasini farqlaydi. Birinchi klass – eng
qimmat, iqtisodiy – eng arzon. Bazaviy tariflar yil davomida uchishning «borish va
qaytib kelishi»ni nazarda tutadi. Iqtisodiy klass uchun bazaviy tarif mamlakatda
bo‘lish muddatga bog‘liq holda almashishi mumkin. Iqtisodiy klassga yillik to‘liq
tarif ko‘p hollarda biznes – klass bileti bahosiga tenglashib qoladi. Ayrim
aviakompaniyalar bazaviy tarifni yilning mavsumlariga bog‘liq holda ko‘rib
chiqadilar: yoz va qishda uchish qimmat turadi.
Bazaviy tariflar bo‘yicha harid qilingan bilet zarur bo‘lganida hech qanday
cheklovsiz almashtirilishi va qaytarib olinishi shart. Orqaga qayta uchish sanasini
biletda o‘zgartirish, yoki biletni hatto uchish amalga oshgandan keyin ham qaytarib
berish mumkin. Har qanday holatda ham bilet qiymati to‘liq qaytariladi.
Bazavaiy tariflardan turli chegirmalar hisobi yurtiladi. Bu biletlar narxini
kamaytiradi. Maxsus tariflardan foydalangan yo‘lovchi iqtisodiy afzallik oladi,
ba’zan sezilarli, lekin bunda ayrim cheklanishlarga duch keladi.
PEKS (REX) va APEKS (AREX) maxsus avia tariflari ayniqsa alohida
mashhurlik kasb etdi. Ular normal bahoga qaraganda sezilarli chegirmalarni ko‘zda
tutadi. Ularning joriy etilishi bilan bir vaqtda aviakompaniya arzon biletlarni sotib
132
olish va qaytarib berish tartibini qat’iylashtirdi, shuningdek ularning amal qilish
muddatini qisqartirdi.
APEKS imtiyozli tarifi bo‘yicha sotiladigan o‘rin qayta bronlashtirilmaydi.
Bo‘sh o‘rin mavjudligida kerakli reysga bilet 24 soat ichida sotib olinishi zarur.
Biletlarni sotish uchishdan ancha oldin (7 kunda 28 gacha, yo‘nalishga bog‘liq holda)
to‘xtatiladi. Uchish sanasi (borish va qaytish) sotish paytida qayd etiladi. Bunda
aviakompaniya xorijda bo‘lishning minimal va maksimal muddatlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, u bilet qaytarib berilganda jarima sanksiyasini ko‘zda tutadi.
PEKS va APEKS qatorida maxsus tariflarga turagantliklar bilan guruhlar,
ekskursion, konfidensial va boshqalar ham qo‘llaniladi. Chegirma va imtiyozlar
alohida aholi guruhlari uchun mavjud: bolalar, yoshlar, talabalar, pensionerlar,
ularning talablari narx bo‘yicha egiluvchan. Bolalar uchun chegirma ikki yoshgacha
90 % (alohida joy berish huquqisiz va yukini bepul olib borish huquqi bilan), 2
yoshdan 12 yoshgacha 50 % gacha (o‘z o‘rni huquqi va yukini bepul olib ketish
huquqi bilan), 12 yoshdan 26 yoshgacha, talablar va pensionerlar uchun 25 %.
Ma’lum imtiyozlardan ko‘p bolali oilalar va nogironlar foydalanishdi. Masalan,
«Pulkovo» avikorxonasi ko‘p bolali onalar uchta va undan ortiq bolasi bo‘lsa, 50 %
hajmda chegirma beradi. Xudi shunday chegirma 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron
bolalarni kuzatib beruvchi shaxslarga ham belgilangan. Yana bir chegirmalar tizimi
tez-tez uchuvchi to‘lovchilarga mo‘ljallangan. Maxsus rag‘batlantiruvchi «Ef-ef – Pi»
(FFP) dasturlari AQShda 80-yillar boshida paydo bo‘ldi. Bu vaqtga kelib
aviakompaniyalar ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmati ulushi bir qismi tez-tez
uchuvchi ishbilarmon odamlar hissasiga to‘g‘ri kelishini angladilar.
«Ameriken Eyrlaynz» birinchilar qatorida o‘zining doimiy mijozlari uchun
bonus tizimini joriy etdilar. Uning bilan deyarli bir vaqtda «Yunaytsd Eyrlaynz»,
«MayLidj Plas Program» rag‘batlantiruvchi dasturi haqida e’lon qildi. Bu dasturi
darhol muvaffaqiyat bilan foydalanila boshladi va boshqa avikompaniyalar
tomonidan ham qo‘llanila boshladi.
«Eso-Ef-Pi» tizimi mohiyati shundaki, yo‘lovchi u yoki bu aviakompaniya
samolyotlarda uchish chog‘ida ochkolar to‘playdi (yo‘nalish va xizmat ko‘rsatish
klassiga muvofiq) va ularning summasi bo‘yicha yuqori klass xizmatgami, yoki bepul
biletgami chegirma huquqiga ega bo‘ladi. Bugungi kunda yetakchi amerika
aviakompaniyalari 10 % gacha yo‘lovchilarni bepul tashiydi («Delta Eyrlayn» 4%,
«Yunayted Eyrlayn» 6 %). Ular 2,3 mln. amerika dollaridan («Kontinentli
Etsrlaynz») 7,1 mln. dollargacha («Yunayted Eyrlayiz») hajmida bonus taqdim
etishmoqda. Katta harajatlarga qaramay, «Ef-Ef-Pi» tashuvchilarga qulay. Bu maxsus
dasturlar eng maqbul tarzdagi falsafasiga javob beradi: iste’molchilarni
rag‘batlantirish firma o‘rnatilgan uzoq muddatli aloqalarda katta daromad keltiradi va
har safar yangi haridorlarga tovar (xizmat)lar sotishga qaraganda, uncha qimmatga
tushmaydi.
G‘arbda hamma joylarda tarqalgan rag‘batlantirish dasturlari Rossiyada
hozircha kam ma’lum mamlakat aviakompaniyalari o‘rtasida xususiy «Ef-Ef-Pi»
allaqachon «Trans - aero» ga ega. Soddalashtirilgan, lekin to‘liq ishlayotgan «Oltin
tumor» - («Zolotoy kulon») «Vunukovo havo yo‘llari» aviakompaniyasida
133
qo‘llanilmoqda. «Ef-Ef-Pi» «Krass Eyr» kompaniyasiga kirishish imkoniyatlari
qidiralayapti.
Narx tushirilishi tashuvchilarga ham, mijozlarga ham qulay. Avikompaniyalar
uning yordamida samolyotni qo‘shimcha yuklashga va o‘z daromadlarini oshirishlari
mumkin. Bir vaqtning o‘zida iste’molchilarning katta soni havo transporti xizmatidan
foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Biroq ayrim mamlakatlarda narx tushirilishi
raqobatiga to‘siq va monopol hukmronlikni kuchayishi deb qaralmoqda. Uning
alohida namoyon bo‘lishi monopoliyaga qarshi qonunchilik ostiga tushadi.
Avia xizmatlar taklifida tub o‘zgarishlar havo transportida charter aloqalar
tarqalishi bilan ro‘y berdi. Charter bu transport vositalari egalari (Fraxtovshik) bilan
ijaraga yollovchi (Fraxtovitel) o‘rtasida tuzilgan shartnoma. U hatto transport
vositasiga yoki uning ma’lum reys yoki muddat qisimiga tuzilishi mumkin.
Aviacharter tashish samolyotlarni ijaraga olgan holda muntazam bo‘lmagan jadvalda
bajariladi.
Charter aloqasi 1950-yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ochildi va
ko‘psonli ta’tilchilarni shimoldan janubga quyoshli turistik markazlar Florida, Karib
havzasi va O‘rta yer dengizi tomon otlanishlariga imkon yaratdi. Hozirgi paytda
rejalashtirilmagan havo orqali tashish barcha xalqaro yo‘lovchi tashishning 17 % ni
tashkil qiladi.
Aviakompaniyalarning Charter tashish hajmi amalda tashilgan yo‘lovchilar
soni, safar uzoqligi – yo‘lovchi – kilometr bilan emas, uchishlar soni bilan
o‘lchanadi. Rejalashtirilmagan reyslar yuklanish zarur hajmi (masalan, 90 % dan kam
bo‘lmagan) ta’minlangan, daromad kafolatlangan holdagina e’lon qilinadi. Uchish
mashina parkidan tejamli foydalanish va parvozlar qiymatini sezilarli kamaytirish
imkonini bergan hollarda qoldirilishi yoki qo‘shilishi mumkin. Shu bilan birga bu
charter dasturini muntazam reyslarga taqqoslanganda ishonchli emasligini bildiradi.
Charter takliflar parvozlar sonida aks etadi. Munzam reyslardan katta
egiluvchanligi bilan farq qiladi. U bozor ehtiyojlariga oson moslashadi. Turistik
talablar tebranishiga tez e’tibor qaratadi. Charter reyslar mavsum avjida tashkil
qilinadi. Bu vaqtda muntazam aviakompaniya turistik oqimlarni uddalay olmay
qolgan bo‘ladi. Ya’ni joylarda turistlarni tashish uchun havo qatnovi bo‘lmasligi yoki
tashish qo‘nib o‘tishlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Buyukbritaniya masalan, dunyodagi eng yirik «Britaniya» charter
aviakompaniyasi, tuoperator «Tomson» ga qarashli, o‘sishi rejalashtirilmagan havo
tashishlari turistlar o‘rtasida juda mashhurligini ko‘rsatadi. 1991 yilda «Britaniya»
iqtisodiy pasayish davrida 6 mln. yo‘lovchiga va 100 dam olish markazlariga xizmat
ko‘rsatdi. Uning bilan yirik ko‘p maqsadli katta mashina parkiga ega bo‘lgan
muntazam aviakompaniyalargina raqobatlasha olardi.
Charter parvozlarning barcha afzalliklarini muntazam aloqalarga qo‘shimcha
deb qarash lozim.
Bozorda avia kompaniyalar xulqi vaqtinchalik ufqlarga bog‘liqdir. Qisqa va
uzoq muddatli davrlar avikorxonalar ishi uchun har xil sharoit yaratadi. Taklif
qilingan vaqt bo‘lagi uzunligi har qanday o‘zgartirishlarga sezgir, ishlab chiqarish
chiqimi kattaligida aks etadi. Urushdan keyingi 50 yil davomida havo transportida
taklif izchil kengaytirilib bordi. Yoqilg‘i narxini keskin oshishi ham, ko‘pgina mayda
134
aviakompaniyalarning daromadi juda kamligi ham bunga to‘sqinlik qilaolmaydi.
Tejamliroq va unumdorroq mashinalar paydo bo‘ldi, prinsipial boshqa yo‘nalishlar
tizimlariga o‘tish amalga oshirildi, bular aviakompaniyalarga ishlab chiqarish
masshtabidan sezilarli tejamga ega bo‘lishga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |