125
imkoniyatidan ko‘proq tovar (xizmat) ishlab chiqarishga sabab bo‘ladi va moliyaviy
zarar keltiradi.
Ko‘pgina yirik transport kompaniyalari va xalqaro mehmonxonalar zanjiri
o‘zlarining uncha yuqori bo‘lmagan normada barqaror daromadga ega bo‘lish
mo‘ljalllarini bir necha marta bayon qildilar. Misol uchun, ularni qo‘yilgan kapitalga
10 % lik norma to‘liq qanoatlantirar ekan. Biroq bu firmalar ham xonavayron
bo‘lmaslik uchun bozor qonunlariga buysinishlari kerak.
1980 yillarda Buyukbratiniyada denatsionalizatsiya to‘lqinida hatto klassik
«qoniqarli» ham o‘z maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Agar ilgari
«Britaniya temir yo‘llari» kompaniyasi daromadning 1 % lik erishuv tamoilini e’lon
qilgan bo‘lsa, endi u yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash evaziga
Yevropada ko‘proq daromad olayotgan transport kompaniyasiga aylandi. Endilikda
uning faoliyati daromadni maksimumga yetkazishga buysindirilgan.
Daromaddan maksimallashtirish haqida boshlang‘ich holat shunda o‘z
tasdig‘ini topadiki, agar korxona egasi yoki boshqaruvchisi ongli ravishda hech
narsani maksimallashtirmaydi va umuman real xo‘jalik qarorlari qabul qilishda
notijoriy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Turizmda uning o‘zi uchun xos bo‘lgan
harakterdagi kichik biznes shakllarida shunday shaxslar uchraydiki, ular individual
yoki oilaviy xususiy tadbirkorlik bilan ko‘ngilxushlik uchungina shug‘ulanadilar.
Ular o‘z ishlarini unchalik kuch-g‘ayratisiz olib boradilar, uni kengaytirilishini ham,
diversifikatsiya qilishini ham o‘ylamaydilar, buning ustiga bozordagi ulushini
ko‘paytirishga qaratilgan agressiv marketing siyosati yuritiladilar.
Misol uchun, er va xotin mehmon qabul qilishni yaxshi ko‘rgani uchun uncha
katta bo‘lmagan otel yoki restoranga egalik qilishadi. Fransiyada qishloq joylarda
xotin-qizlar turizmni rivojlantirishning faol tarafdorlari hisoblanadi. Turistlarni
firmalarda qabul qilish va xizmat ko‘rsatish ularning hayotini butunlay o‘zgartirib
yubordi. Turizm daromad manbai sifatida ularga mustaqillik berdi, eng muhimi u ular
uchun «dunyoga darcha» ochdi. Ilgari xotin-qizlarning yagona sayr-tomoshasi dam
olish kunlari bozorga borish edi. Endi ular Fransiyaning boshqa burchaklari, xorijdan
dam olishga keladigan odamlar bilan muloqat qilishi imkoniga ega bo‘ladilar. Ular
uchun turistik biznes o‘ziga xos xobbiga aylandi. Ammo biroq bu tadbirkorlik xulqi
iqtisodiy nazariyasi qonunchiligini rad etmaydi.
Aytaylik, bir necha badiiy iste’dodga ega odamlar o‘zlarini ruyobga
chiqarishni izlab, individual xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildilar
va turistlar uchun suvenirlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Turgan gap, ularning
har biri o‘z ishini turlicha tashkil qilishga o‘rinadi. Omadlisi eng yaxshi usulni
tanlaydi va gullab yashnab ketadi. Boshqalari katta harajatlarga duch kelishadi.
Xonavayron bo‘lish tahdidi ostida ular omadliroq daromad keltiruvchi suvenirlar
ishlab chiqarishning optimal usullariga o‘tadilar.
Iqtisodchilar ko‘p ta’kidlashadi, raqobat ishlb chiqaruvchilarni daromadni
maksimallashtirish uchun harakat qilishga majbur etadi. Vaholanki ongli ravishda
ularning hech biri hech narsani maksimallashtirishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: