O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

       
 
      _______________________________________________________ 
 
 
         O‘zini saqlash ehtiyoji ( xavfsizlik, himoyalanganligi) 
 
        ________________________________________________________________ 
 
   
                            Fiziologik ehtiyoj  (ochlik, ishtiyoq) 
 
Manba:
 A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
past,  eng  oddiy,  ibtidoiy  ehtiyojidan  yuqori,  murakkabroq  tashkil  etilgan.  Turistik 
boshlanish har bir beshtadan ajratilgan piramidalar qatlamida ishtirok etadi. 
 
Asosiy  piramidlar  boyiroq,  bazaviy  ehtiyojni  tashkil  qiladi.  Ular  biogen 
tabiatga  ega  va  ichki  fizilogik  zo‘riqish  oqibati  hisoblanadi.  Bu  iyerarxik 
zinapoyaning pastki pog‘onasi dam olishga ehtiyojda joylashgan. Ishdan so‘ng inson 
sarflangan energiyasini tiklash va ko‘paytirishga zarurat sezadi. Ammo uning qayta 


                      
84 
ishlab  chiqarish  jarayoni  jamiyat  taraqqiyotning  turli  etaplarida  bir  xil  emas  va 
mehnat faoliyatining harakteriga bog‘liqdir. 
Ishlab  chiqarishda  ilmiy-texnika  inqilobi  (revolyutsiyasi)  va  avtomatlashtirish 
og‘ir  jismoniy  operatsiyalarni  keskin  qisqartirish  bilan  bir  vaqtda  intellektual  va 
hissiy  zo‘riqishning  kuchayishiga  olib  keldi.  Murakkab  mashinalarni  ishlatish 
kishidan juda katta diqqat-e’tiborni talab qiladi, qo‘shimcha ruhiy energiya sarflashga 
majbur etadi. Bugungi kunda mehnat jarayoni shunchalik zo‘riqish hosil qilganki, u 
ko‘nikma sindromiga olib keladi. Shveysariyada o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 
40  %  odamlar  o‘z  ishlarini  haddan  tashqari  tig‘izligidan  va  ruhiy  zo‘riqishdan 
shikoyat  qilishadi:  65  %  so‘raluvchilar  esa  ish  bilan  bog‘liq  ruhiy  zo‘riqish 
vaziyatlari  soni  yildan  –  yilga  ko‘payotganini  aytishdi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  bu 
tashvishlantiruvchi  ma’lumotlar  Shveysariyada  –  hayot  an’anaviy  tarzda  tinch  va 
xotirjam sanalgan mamlakatga xosdir. 
Inson  ma’naviy  kuch-quvvatini  holdan  toydirishdan  tashqari,  ilmiy-texnik 
progresslar  boshqa  salbiy  oqibatlarni  ham  keltirib  chiqarmoqda.  Xavf-xatarlar 
mutlaqo  kutilmagan  tomondan  kelib  chiqdi.  Mehnat  sharoitini  yaxshilash    va  ish 
unumdorligini  oshirishga  mo‘ljallangan  ishlab  chiqarishni  mexanizatsiyalash  va 
avtomatlashtirish  jarayonlari  kutilmaganda  inson  salomatligiga  tahdid  sola  boshladi. 
Ular  ishchilarning  harakat  faolligini  cheklab  qo‘ydi.  Natijada  kam  seziladigan 
gipodinamiyadan  azob  chekuvchi  odamlar  soni  ko‘paydi.  Bu  XX  asrda  keng 
tarqalgan  va  xavfli  kasallikdir.  Muskullar  zo‘riqishi  kamaydi.  Ammo  bir  vaqtning 
o‘zida  to‘planish  va  zo‘riqishga  chalingan  asab  charchoqligi  o‘sdi.  Albatta 
charchoqni  yozish  qiyin  kechadi  va  kishi  organizmining  funksional  tayyorgarligiga 
jiddiy putur yetkazadi. 
Mehnat  harakteri  o‘zgarishi  bilan  dam  olish  muammosi  ham  yangicha 
ko‘rinishda  namoyon  bo‘layotir.  Endilikda  ishchanlik  qobiliyatining  o‘sishi  hayotiy 
kuchni  tezkor  tiklashni  talab  qiladi.  Charchoqni  yozishning  ma’lum  usullaridan  eng 
yaxshisi mehnat holati va harakterini almashtirish hisoblanadi. Charchoqni yozish va 
zo‘riqishni  bartaraf  etishda  unga  aqliy  faoliyat  va  qiziqishni  qo‘shish  dam  olish 
samaradorligini oshirib, kuchni tiklash jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblanadi. Agar 
kishi  vaqtincha  doimiy  yashash  joyini  tark  etsa  maksimal  natijaga  erishadi.  Ayrim 
turistik  ma’muriyatlar  bu  holatni  hisobga  olishib,  milliy  turistik  mahsulotlari 
reklamasini kundalik tashvishlarga qarshi qo‘yadilar. 
A.  Maslou  fikricha,  fiziologik  ehtiyojni  me’yorda  qondirish  kishida  o‘zini 
saqlashga  ehtiyojni  faollashtiradi.  Turizm  sohasida  bular  ko‘p  jihatdan  turistik 
safarlar  geografiyasini  belgilaydi.  Safarlarga  talab  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  barqaror 
hududlarda juda yuqori. 
A.Maslou  piramidalarning  uchinchi  pog‘onasidan  boshlab  endi  bazaviy 
(tug‘ma) ehtiyojni emas, balki ikkilamchi yoki o‘zlashtirilgan ehtiyojni qarab chiqadi. 
Ularning ruyxati ijtimoiy, ba’zan daxldor ehtiyojlar deb atalgan ehtiyojlarni ochadi. 
Ularning  ikkinchi  nomi  mazkur  guruh  ehtiyojlari  mohiyatini  aniq  ifodalaydi.  Ular 
ma’lum guruh odamlarga taaluqli intilishlarda, ijtimoiy o‘zaro harakatda, biri-biriga 
bog‘liq holda qo‘llab-quvvatlanishda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga 
a’zo bo‘lish, do‘stona munosabatlar o‘rnatish va h.k.lar yo‘li bilan qondiriladi. 


                      
85 
Bayramlarda  va  muloqatlarda,  qarashlar  va  tushinishlar,  suhbat  va  fikr 
almashishga intilish odamlarga xos hislatlardir. 
Turizm  ana  shu  ehtiyojlarni  qondirishga  imkon  beradi.  Boshqa  tur  madaniy 
aloqalar 
qatorida 

do‘stona 
munosabatlarni,                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            
xalqlar  o‘rtasida  hamkorlikni  rivojlantirish  va  o‘zaro  ishonchli  mustahkamlashga 
muhim hissa qo‘shadi. 
Milliy  turistik  ma’muriyatlar  mamlakatni  turistik  manzilgoh  sifatida 
jozibadorligini yaratishda insonning ijtimoiy ehtiyojiga tayanadi. 
Piramidalarning yuqori pog‘onasiga qarab chiqib borar ekan, D.Maslou ularda 
qondirish  oson  bo‘lmagan  ehtiyoj  guruhlariga  duch  keladi.  Haqiqatdan,  ijtimoiy 
ehtiyoj  mohiyatan  insonning  yashash  shakli    bo‘lib  ko‘zga  tashlanadi:  jamiyatda 
yashab  turib,  undan  ozod  bo‘lish  mumkin  emas.  Ehtiyojga  hurmat  bilan  qarash-
shaxsiy  yutuqlarda,  muomilada,  o‘zligini  anglashda,  atrofdagilarning  tan  olishi  bu 
boshqa  gap.  Afsuski  hurmat  qozonishga  hamma  vaqt  hech  muvaffaq 
bo‘linavermaydi. 
Bu  guruhlar  ehtiyojini  qondirish  kishining  jamiyatdagi  o‘rniga  bog‘liq. 
Odamlar  o‘zlari  mansub  ijtimoiy  barqarorlikka  xos  guruhlarda,  xulq-atvori  va 
qiziqishlari,  qadriyatlar  to‘g‘risida  tushunchalariga  muvofiq  harakatlanishadi.  Ular 
yuqoriroq  jamoatchilik  maqomi  sari  intiladilar. Turizm  esa  mulkiy  bahosi  va  nufuzi 
indikatori sifatida ma’lum qatlamga daxldor o‘ziga xos ramz ko‘rinishda bu xohish-
istakni hech bo‘lmaganda dam olishda ruyobga chiqaradi. 
Individlar  (kishilar)  sarf-harajatlar  bilan  hayron  qoldirib,  nufuzli  safarlarni 
sotib  olishadi,  ularning  bunga  imkoniyatlari  bor.  XIX  asrda  burjuaziya  har  qanday 
yo‘l bilan o‘zini ko‘rsatishga uringanida xuddi shunday bo‘lgandi. Bu hodisa bizning 
davrimizda  ham  kuzatilayapti.  «O‘zini  ko‘z-ko‘z  qiluvchi»lar  mablag‘larini  katta 
haridlarga  sarflashayapti  yoki  butun  jahonga  mashhur  kurortlar  (Fransiyadagi  Lazur 
qirg‘oqlari  va  boshq.)  da  shahar  chekkasidan  qarorgohlar  qurish  uchun  joy  sotib 
olishmoqda.  Qishki  sport  turlari  yirik  markazlarini  egallab  olishayapti.  Dam  olish 
sohasi  individlarga  keng  erkin  tanlash  imkonini  berayapti  va  ularga  ishlab 
chiqarishda topishga erishaolmagan omadsizliklarini to‘g‘dirayapti. 
Grafik  piramida  cho‘qqisi  o‘z  ifodasida  ehtiyojni  qanoatlantiradi.  Uning 
qondirilishi shaxsni har tomonlama to‘laqonli shakllanishiga yordam beradi. Turizm 
bu  guruh  ehtiyojlarini  qondirishda  cheksiz  imkoniyatlar  yaratadi.  U  hayotiy 
dunyoqarash  ufqlarini  kengaytiradi.  Boshqa  madaniyat  odamlari  bilan  muloqat 
chegaralarini ochadi.  Ko‘pgina turistik korxonalar va  muassasalar o‘z  faoliyatlarida 
ehtiyojni qondirish va o‘zlikni anglashga e’tiborni qaratishadi. 
Sayyohlarning  jahon  sivilizatsiyasi  durdonalari  bilan  tanishishi,  o‘zi  uchun 
boshqa  millatlar  qadriyatlari  va  an’analarini  kashf  etish,  tabiiy  atrof  –  muhit 
go‘zalligidan bahra olish inson qalbi va salohiyatini boyitadi. Safar chog‘ida olingan 
taasurotlar  va  bilimni  odamlar  o‘zining  xilma-xil  faoliyatida  qo‘llaydi.  Individ 
hamisha  ongli  ravishda  bo‘lmasada,  turizmda  shaxs  sifatida  o‘zini  ochish, 
qiziqishlarini qondirish usullarini topadi. 
Iyerarxiyaning  besh  bosqichi  alohida-alohida  emas.  Ular  o‘rtasida  ma’lum 
o‘zaro bog‘liq bosqichlar mavjud. Birlamchi bosqichlarni amalga oshirishda nisbatan 
kuchliroq  va  istiqbol  zaruratlari  ehtiyojlari  yuqoriroq  darajada  namoyon  bo‘ladi. 


                      
86 
Negaki shaxs rivojlanishi bilan uning potensial imkoniyatlari kengayadi, chunki xulq-
atvor motivatsiyasi jarayonglari ehtiyoj orqali tuganmasdir. 
A.Maslou  motivatsiya  nazariyasi  ko‘pgina  g‘arb  tadqiqotchilari  ishlarida 
rivojlantiriladi.  Ulardan  ayrimlari  uni  dam  olish  sohasiga  moslashtirishga  intildilar. 
Angliyalik rekreolog P.Pirs, A.Maslou piramidasiga o‘xshashlik bo‘yicha rekreatsion 
ehtiyojning besh darajasini ajratadi (rasm 5). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish