55
Barcha turistlarning ma’lum vaqt ichida mamlkatda bo‘lish davomiyligi, ya’ni
tunashlar umumiy soni, mamlakatga turistik kelishuvlarda bir turistning o‘rtacha
bo‘lish davomiyligi kabi hisoblab chiqiladi.
Tunashlarni hisobga olish bunday qaraganda oddiy va oson ishday tuyuladi.
Lekin bunda eng tarjribali mutaxassislarni ham boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan
hollar bo‘lganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Sayyohatga chiqqan va motelda bir
necha soat to‘xtagan avtomobilchining tunashiga, dush qabul qilishi, dam olishi,
ovqatlanishi va o‘sha kuni yangi yo‘lga tushishiga sharoit yaratilganmi? Bir joyga
qarindosh-urug‘laridan hol-ahvol so‘rab kelishga borgan kishi yarim kechada
qaytganda nima qiladi? BTT ana shu va ana shularga o‘xshash savollarga javob
berishda ikkita mezonga amal qilishni tavsiya qiladi. Belgilangan joyga kelishi va u
yerdan jo‘nab ketish sanasi farqlanishi lozim. Sayohatchi shaxs esa doimiy yashash
joyi bo‘lmagandagina tunaydi.
Bo‘lishning davomiyligiga (tunashlar soni) bog‘liq holda sayohat bozorining
bir necha maqbul usullari qo‘llanadi. Qisqa muddatli (1-3 kunlik tunash) safarlarda
dam olish va bayram kunlari dam olish va ko‘ngil ochishlar, shuningdek ish
maqsadlarida. Ikkinchi guruhda (4-7 kun tunash) turli maqsadlarda, odatda
qo‘shimcha ta’atillardan foydalaniladi. Bozorning bu usuli dinamik rivojlanishi bilan
bormoqda. O‘rtacha muddatli safarni (8-28 kunlik tunash) tashrif buyuruvchi
davomiy ta’til vaqtida asosan dam olish maqsadida tanlaydi. Nihoyat davomiyligi 29-
91 va 92-365 kunlik tunash safarlari – uzoq muddatli turizmga kiradi. Avvalo
iqtisodiy jihatdan faol bo‘lmagan shaxslar dam olish, ko‘ngilxushlik, davolanish
uchun, boshqalar ish va kasbiy maqsadlarda (uskunalarni o‘rnatish va boshqalar)
uchun foydalanadi.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda jahonda turistik tunashlar soni 8,5 mlrd.
ni tashkil etgan. Ularning asosiy ulushi -70 % ga yaqini ichki turizmga to‘g‘ri keladi.
Tunashlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar kalendar oylari bo‘yicha guruhlanadi.
Bunda tipi va joylashtirish vositalari toifasi, shuningdek hududiy belgilari e’tiborga
olinadi. Mamlakatlar bo‘ylab turistik safarlarda bo‘lish davomiyligi bir xil emas. Bu
farq qabul qiluvchi mamlakatning turistik ixtisoslashuvi (ish bilan bog‘liq, yoki dam
olish, ko‘ngilxushlik turizmi), ichki bozorda narx-navo darajasi, turistik oqimlar
(tranzit yoki oxirgi), asosiy safar turizmi bozorining uzoqligi va boshqa omillar bilan
izohlanadi.
Ana shularga bog‘liq holda biron mamlakatda bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi
hisoblab chiqiladi. Masalan, Osiyo-Tinch okeani hududi (mamlakatlari) Singapurda
uch tunashdan, Avstraliyada 24 tunashgacha o‘zgaradi.
Turistik oqimlar hajmi haqida umumiy tasavvur beruvchi kelish statistikasi
turistik sayohatlar harakteriga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: