153
Har yili noyabr o‘rtalarida butun dunyo jamoatchiligi va turistik industriya
diqqati Londonga qaratiladi. Bu yerda Butunjahon turistik ko‘rgazmasi (Word Travil
Market, WTM) o‘tkaziladi.
Bu nufuzli, haqiqiy professional ko‘rgazma turli mamlakatlar mutaxassislari
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Uning
ishida dunyodagi eng yirik professional turistik klub – «Meridian» a’zolari ishtirok
etdilar. London ko‘rgazma yarmarkasi juda omadli kechdi. Tuzilgan bitim va
shartnomalar soni barcha rekordlarni ortda qoldirdi. Yarmarka ish kunlari uning
tashkilotchilari ko‘plab xayriya tadbirlarni uyushtirdilar. Ulardan biri ichimlik suv
resurslarini muhofaza qilishga qaratildi. Britaniya Qizil Xoch fondida aksiya
doirasida yig‘ilgan xayriya badallari summasi 40 ming funt – sterlinga yaqinni tashkil
etdi.
Milandagi xalqaro turistik birja Italiyadan tashqari uzoq-uzoqlarda ham
ma’lum. Ishtirokchilar soni bo‘yicha u Madrid va London birjalari bilan bemalol
raqobatlashadi. Stendlar maydoni bo‘yicha esa faqat Berlin yarmarkasidan keyin
turadi. Yevropaning eng katta ko‘rgazma majmualaridan biri Milanni «Fiyera» si
hisoblanadi. Milan birjasiga dunyoning hamma burchaklaridan turistik biznes
vakillari tashrif byuurishadi. Eng keng ekspozitsiya, odatda bir necha pavilonlarni
egallagan ko‘rgazma Italiyaga bag‘ishlangan. Doimgidek ko‘rgazmada eng ko‘zga
ko‘rinarli o‘rinni Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Avstriya va AQSH egallagan. Ular
qatorida boshqa milliy mamlakat stendlarini uchratish ham mumkin. Ishda London va
Berlin birjalari kam ishtirok etishadi. Misol uchun, Milanda Kuba katta va qiziqarli
ekspozitsiya namoyish etdi. Mazkur ko‘rgazma doirasida har yili turli tematik
dasturlar tashkil etiladi. Ularda yangi loyihalar va turistik mahsulotlarni namoyish
qilinadi. Turizmda yangi texnologiyalari taqdimoti uyushtiriladi. Milan birjasi
shuhrati orttib borayapti. Shuni aytish kifoyaki, ko‘rgazma maydonlarini band etish
(bronlash) bir yil oldin, oldingi yarmarka paytida boshlanadi.
Eng yirik turistik yarmarkalar beshligiga yaqinda Moskva xalqaro ko‘rgazmasi
– Turizm va Sayohat» (MITT) ham kirdi. 2000 yilda u yettinchi marta o‘tkazildi.
Ko‘rgazma harakati butun dunyoda kuchayib borayapti. Ko‘rgazma va yarmarkalar
soni ko‘paymoqda, uning ishtirokchilari va doirasi kengayayapti. Tobora ko‘proq
xilma-xil yo‘nalishlar paydo bo‘layapti. Hozirgi vaqtda restoran xo‘jaligi va
mehmonxona ixtisoslashgan ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Kongress turizmi va
bilish, ekologiya, sport, turistik yarmarka va sport jihozlari namoyish qilinayapti.
Qisqa muddatda bu turistik bozor segmenti eng yirik va barqaror vositaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: