Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish
faoliyatida rahbar odamda ko’p masalalar bo’yicha har xil qarorlar qabul qilishga to’g’ri keladi.
Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan kimlar manfaatdor bo’lishiga
qarab, ular obyektiv va subyektiv bo’lishlari mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab
chiqarish va davlatni ko’zda tutsa obyektiv, subyektiv, ya’ni qaror qabul qiluvchi shaxsning
manfaatlarini ko’zda tutsa subyektiv qarorlar bo’ladi. Ko’pincha qabul qilingan qarorlarda
subyektivlik ancha foizni tashkil qiladi.Bunday holatlar ko’pincha rahbar yoki qaror qabul
qiluvchi shaxs jamoaning bir nechta xodimlari bilan qarama - qarshi (konflikt) holatda boisa sodir
bo’ladi.
Ikkala tomon ham o’ch olish niyatida masalani salbiy hal qilishga harakat qiladi. Bunday
sharoit esa ishlab chiqarishga, jamoaga va pirovardida davlatga katta ziyon keltirishi mumkin.
Yoki yana bir holat: korxonadagi ikki yoki undan ko’proq shaxslar (tanish-bilishlar, qarindoshlar)
o’zaro kelishib, qonuniy echimi bo’lmagan masalani ijobiy hal qilishlari mumkin. Shuning uchun
rahbarlar yoki rahbarlar bilan unga bo’ysinuvchi xodimlar orasidagi xususiy munosabatlar qanday
bo’lishidan qat’i nazar, muammolar ishlab chiqarish, jamoa va davlat manfaatlarini ko’zda tutgan
holda echilishi, ya’ni obyektiv echilishi lozim. Xususiy munosabatlar yoki xafagarchiliklar ishlab
chiqarish manfaatlariga hech qanday salbiy ta’sir o’tkazmasligi kerak.
Qabul qilinadigan qarorlarning ilmiyligiga kelganimizda, bu masala rahbarning
bilimdonligiga chambarchas bog’liqdir. Agar rahbarlarning bilimdonligi qancha yuqori bo’lsa u
o’zining bilimlarini fan, texnika, ilg’or amaliyotning yutuqlari bilan boyitsa va ular rahbarning
qabul qilayotgan qarorlarida o’z aksini topsa, bunday qarorlar to’g’ri va haqiqiy bo’ladi. Ilm
asosida qabul qilingan qarorlar ijobiy natijaga, ilm-fan, texnika va ilg’or amaliyot yutuqlariga
tayanmagan qarorlar esa ko’pincha salbiy natijaga olib keladi. Ilmiy boshqarish subyektivizmning
kushandasidir. Ilmiy boshqarish jamiyatning obyektiv rivojlanish qonunlari, boshqarishning
qonuniyatlari va bashoratlashni tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, hozirgi
paytda ishlab chiqarish va boshqarishda faoliyat ko’rsatayotgan hamma bo’g’inlarning rahbarlari
texnika, texnologiya, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni zamon talablari aso-sida uyushtirish,
boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari va usullarini hamma vaqtdagidan farqli o’laroq,
yaxshi bilishlari shart. Bu qonuniyatlarning amaliyotdagi o’rni rahbar zamonaviy ilmlar
majmuasiga tayanib jamoa va ishlab chiqarishni boshqarishidadir.
Xodimlarni tanlash, jamiyat va boshqarishning hamma bo’g’inlarida siyosiy jihatdan etuk,
har tomonlama ish biladigan, qobiliyatli rahbarlar boshliq bo’lishini nazarda tutadi. Hozirgi
kungacha «hamma narsani ka-drlar hal qiladi» degan ibora o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
Kadrlarning ish samarasini oshirish, ularga shaxsiy yondashish aso-sida bo’lib, kadrlardan
butun kuch va energiyasini berib ishlashni taqozo etadi.
Xodimlarning ish faoliyatini ularning haqiqiy (mavjud) natijalar bilan baholash asosiy
mezon bo’lmog’i zarur va shunday hamdir. Kadrlarni to’g’ri joylashtirish, ularning tajriba, ilm va
xususiy sifatlaridan to’liq foydalana bilish rahbarning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi.
Kadrlarga bo’lgan mehribonlik va talabchanlik, ish foydasi, qo’yilgan masalalarni aniq va
tezkorlik bilan hal qilish doirasida bo’lishi va ularga bo’ysunishi kerak. Kishilarga bo’lgan
talabchanlik, tanbeh berish qo’pollikka, odobsizlikka, mayda-chuyda tiqilinchlarga aylanmasdan
mehribonlik va odoblik bilan ularning kamchiliklarini va kuchlik to-monlarini ko’rsatishdan
iboratdir. Rahbarlarga rezerv (zaxira) tayyorlash kelajak uchun zamin tayyorlashdir.Shuning uchun
ham ularning ishbilarmonlik, siyosiy, ma’naviy sifatlariga e’tibor bergan holda, ularni konkret
ishlab chiqarish, jamoaviy topshiriqlarda tekshirish, kerakli lavozimlarda stajirovkalar uyushtirish
zarurdir.
Shular bilan bir qatorda rezerv kadrlarda nazariy bilimlarini oshirish, ishbilarmonlik
xususiyatlarini, siyosiy va ma’naviy etukligini, yergashtira olish, qiladigan takliflarini
shakllantirish kadrlar tayyor-lashdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lishi kerak. Jamiyatimizning
tezkorlik bilan rivoj-lanishida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, ularni tarbiyalash katta
ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |