bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza olsagina, bu odam uchun
shunday vaqt-saot etib keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib
turadigan insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr. ):
I – o’zi uchun lider bo’lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o’zini o’zi kuzatish, o’zini o’zi
rag’batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar orqali o’zining mustaqil inson, shaxs
ekanligini, o’zida boshqalarga o’rnak bo’luvchi sifatlar borligini anglash;
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o’zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga
ishontira olish;
III – xodimlariga o’zlarida tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
IV – mustaqil qobilyat egalari bo’lgan xodimlarni rag’batlantirish, kerak bo’lganda, faqat
konstruktiv tanbehlar berish;
V – o’z-o’zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga xadeb
aralashaverishdan o’zini tiyish.
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng
namoyishkorona ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o’ziga, so’ngra
o’zgalarga bera oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
Boshqarish qonuniyatlari
Boshqarishda ham o’z qonuniyatlari bo’lib, ular boshqarish sohasidagi tez-tez qaytarilib
turuvchi hodisalar, boshqarish jarayonidagi voqealarning ichki tabiatini va mantiqiy bog’liqligini
tushunishga yordam beradi.
Avtomobilning yuki oshgan sari, benzin sarflanishning oshishi, korxonada mahsulot
chiqaravchi xodimlar sonining oshishi, ma’muriy boshqaravchi xodimlar sonining oshishiga olib
kelishi, murakkab tex-nologiya uchun ko’p yoki murakkab stanoklarning jalb qilinishi boshqa-
rishdagi qonuniyatlarga misol bo’la oladi.
Adabiyotda e’lon qilingan ba’zi bir qonuniyatlarga biroz to’xtalib o’tamiz.
Xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida boshqarish tizimlari ko’p bo’g’inli, ko’p pog’onali
bo’lishi mumkin bo’lib, ishlab chiqarishning asosiy maqsadi xalqning farovonligi va madaniyatini
rivojlantirish bo’lib, ilmiy-texnika yutuqlariga asoslangan holda rivojlanishi kerak. Xalq
xo’jaligining hamma bo’g’inlarida va shajaraviy boshqarishning hamma sathlarida boshqarish
tamoyillarining birligi boshqarish, xo’jalik yuritish oldiga qo’yilgan maqsadlarning va ularni
amalga oshiradigan usullarning birligidadir. Boshqarish va xo’jalik yuritish bo’g’inlariga
tarmoqlar, korxonalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlar va butun mamlakat misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: