O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet641/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   637   638   639   640   641   642   643   644   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

Psixologiya fanining metodlari
1. Kuzatuv
2. uzluksiz;
3. o‘zini-o‘zi kuzatish
4. Tajriba usuli
5. laboratoriyada tajriba o‘tkazish;
6. tabiiy sharoitda tajriba o‘tkazish
7. kesma
8. So‘rovnoma
9. Suhbat
10.Tarjimaixol
11.Intervyu
12.Sotsiometriya
13.Test
14.Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash
Kuzatuv agar u tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanibgina qolmasdan, balki ushbu 
hodisalarning psixologik tabiyatini izohlab berish darajasiga ko‘tarilsa, psixik tadqiqot metodi 
bo‘la oladi. Kuzatuvchining mohiyati psixologik faktlarni faqat hisobga olishdan emas, balki bu 
psixologik   faktlarning sabablarini ilmiy nuqtai nazardan izoxlab berishdan iboratdir. Faktlarni 
hisobga   olish   bilan   turmushdagi   oddiy   kuzatuvchilar   deb   atalmish   kuzatishlar   chog‘ida 
shug‘ullaniladiki,   kishi u yoki bu ishlar, xatti- harakatning sabablarini tusmol Bilan izohlaydi. 
Turmushdagi kuzatuvchilar ilmiy kuzatuvchilardan avvalo o‘zining tasodifiyligi,  uyushmaganligi 
va   rejasizligi bilan farq qiladi. Unda psixik faktning hosil bo‘lishi va uning kechishiga ta’sir 
qiladigan   barcha   muhim   shart   sharoitlar   kamdan-   kam     hisobga   olinadi.     Biroq   turmushdagi 
kuzatuvchilar     son-  sanoqsiz   ravishda  o‘tkazilib   turishi   va  mezon   sifatida   ixtiyorida  kundalik 
tajribaning   mavjudligi   vajidan oqibat natijada   ba’zan psixologik donishmandlikni   ratsianal 
mag‘zini hadiya etadi. Turmushdagi son sanoqsiz psixologik kuzatuvchilarning natijalari maqol va 
maqollarda mujassamlashgan va o‘rganish uchun muayan qiziqish tug‘diradi.
Iliy   psixologik   kuzatuv   turmushidagi   kuzatuvchidan   farqli   o‘laroq,   xulq-   atvor   va 
faoliyatning kuzatilayotgan faktni tasvirlashdan   uning ichki psixologik mohiyatini tushuntirib 
berishga muqarar o‘tilishini taqazo etadi. Kuzatuv jarayonida hosil bo‘ladigan gipoteza ana shu 
o‘tishning shakli xisoblaniladi. Uni tekshirish  yoki rad etish esa keyingi kuzatvlarda  hal bo‘ladi. 
Psixologik kuzatuvchilarning jiddiy muhim talablari aniq planning bo‘lishi va shuningdek olingan 
natijalarning maxsus kundalikda qayd etilishdan iborat.
Faoliyat mahsulini psixologik jihatdan tahlil etish kuzatuv turlaridan hisoblanadi. Bu holda 
faoliyatning bamisoli o‘zi emas, balki uning mahsuli o‘rganilayotganday bo‘ladi, lekin amalda 
harakat   natijasida   yuzaga   chiqadigan   psixik   jarayonlar   o‘rganish   ob’ekti   hisoblanadi.   Juladan, 
bolalarpsixologiyasida   bolalar   chizgan   rasmlarni   o‘rganish   katta   rol   o‘ynaydi.   SHaxsni   turli 
xildagi faoliyat jarayonida kuzatuvda hosil bo‘ladigan erkin harakteristikalarni umumlashtirish 
metodi ham shular jumlasiga kiradi.
YAngi psixologik faktlarga ega bo‘lishning va ob’ektiv tarzda   ilmiy bilishning asosiy 
vositasi – eksperement metodidir. Faqat keyingi yuz yil mmobaynida  psixologiyadagi mavqega 


ega bo‘lgan bu metod hozirgi   paytda psixologik bilimlarning bosh ta’minotchisi va ko‘pgina 
nazariyalar uchun negiz bo‘lib hizmat qilmoqda.
Kuzatishdan   farqli   o‘laroq,   psxologik   eksperement   tadqiqotchining     sinalayotgan 
faoliyatiga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutudi. Jumladn, tadqiqotchi psixologik fakt aniq 
namoyon   bo‘lishiga,   uning   eksperimentchi   xohlagan   yo‘nalish   bo‘yicha   o‘zgartirishlarga,   har 
jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha marotalab takrorlanishga imkon beradigan shart- sharoitni 
yaratadi.
Eksperement metodning ikkta asosiy turi farqlanadi:  labaratoriya eksperimenti  va  tabiiy 
eksperiment.
Labaratoriya   eksperimentning   xarakterli   belgisi   faqat   uning   labaratoriya   sharoitlarida 
maxsus psixologik asbob- uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va sinaluvchining xati- harakatlari 
yo‘l- yo‘riqqa qarab sodir bo‘lishi bilgangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluvchi 
kishining   munosabati   bilan   ham     belgilnadi.   Labaratoriya   eksperimenti   yordamida   diqqatning 
xossalarini,   idrok,   xotira   va     boshqalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tadqiq   qilish   mumkin. 
Hozirgi paytda labaratorya eksperimentining ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam 
odatdagi   sharoitlarda   bajarishi   mumkin   bo‘lgan   faoliyatning   ba’zi   psixologik   jihatlari 
modellashtirilib   qo‘yiladi.   Jumladan,   eksperimentning   anchagina   hissiy   zo‘riqish   vaziyati 
modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masaln, kasbi kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglangan 
echimlar qabul qilishi, yuksak darajadagi uyg‘unlikni taqazo etadigan murakkab xarakatlar qilishi, 
prborlardagi ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va h. k lar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   637   638   639   640   641   642   643   644   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish