Siyosiy hayot. Jamiyatni boshqarish jarayonida «davlat» deb nomlangan va
boshqarishning mas’uliyatini zimmasiga olgan, maxsus bilim va iktidorga ega bo‘lgan muayyan
bir ijtimoiy guruhning boshqa barcha ijtimoiy guruhlar bilan, ularni tinchlik va farovonlikka
boshlash maqsadida, amalga oshiriladigan munosabatlari ichki siyosat deyiladi.
Demak, boshqaruvga aloqador mas’ul kishilar tinchlik va farovonlikka erishish
mezonlarini va jamiyat taraqqiyotining bokiy qonuniyatlarini to‘liq bilishlari va shu qonuniyatlar
asosida o‘z siyosatlarini shakllantirishlari shart.
Barcha ijtimoiy guruh vakillari, boshqacha qilib aytganda, butun fukaro kayokka
boshqarilayotganliklarini va unga erishishning yagona to‘g‘ri yo‘li shu ekanligini yaxshi bilishlari
shart. SHundagina ular siyosiy hayotda faol katnasha oladilar. SHundagina demokratik jamiyatga
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |