O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Besh balli baholash tizimi mezonlari



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet602/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   598   599   600   601   602   603   604   605   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

Besh balli baholash tizimi mezonlari.
Ta’lim   oluvchilarning   o‘zlashtirishiga   qarab,   davlat   ta’lim   standartlarining     bajarilish 
sifati haqida, o‘quv faoliyatining natijalari haqida, ta’lim oluvchilar olgan bilimlar, malaka va 
ko‘nikmalar haqida, ularning rivojlanish darajasi haqida xulosa chiqariladi.
Ta’lim oluvchilarning bilimini baholash quyidagi besh balli tizim asosida olib boriladi:
- «5» (a’lo)   ball ta’lim oluvchining o‘quv dasturi mazmunini chuqur va to‘la egallab 
olgani,  o‘quv materiallarida nazariy va faktik jihatlarni  ajrata bilgani,  mustaqil ravishda javob 
qila   olgani,   aytilgan   ta’riflarni   tushuntirishni   izohlay   bilgani,   shuningdek,   javobning   to‘g‘ri 
uslubda va badiiy shaklda  ekanligi uchun qo‘yiladi. Javob ishonchli va bexato bo‘lishi kerak.
- «4» (yaxshi)  ball ham  materialning mazmunini chuqur va to‘la o‘zlashtirgani uchun, 
o‘rganilgan   tushunchalarni,   qoidalarni,   ta’riflarni   to‘g‘ri   bayon   eta   olish   va   isbotlay   bilish 
malakasi   uchun   qo‘yiladi.   Lekin     ta’lim   oluvchi   noaniqliklarga,   javob   mazmunida,   shakli   va 
uslubida ayrim xatolarga yo‘l qo‘yadi.
- «3» (o‘rta)  ball ta’lim oluvchi o‘quv materiallaridagi asosiy qoidalar va bog‘lanishlarni 
o‘rganganligi va tushunishini anglatadi. Lekin u tushunchalarni etarli darajada chuqur egallab 
olmaganligidan   dalolat   beradigan   xatolarga   yo‘l   qo‘yadi,   aytadigan   fikrni   bayon   eta   olmaydi. 
Javobida birlik yo‘q bo‘ladi. Javob garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, u alohida, tarqoq fikrlardan iborat 
bo‘ladi. Ta’lim oluvchi, odatda, ta’lim beruvchining  yordami bilan javob beradi.
- «2» (yomon)   ball ta’lim oluvchi   sistemasiz tarqoq bilimlarga   ega bo‘lgan uchun 
qo‘yiladi. U asosiy va ikkinchi darajali  narsalarni ajratmaydi, nazariy va faktik mazmunning bir-
biridan farqini bilmaydi. Ta’lim oluvchi odatda yod olingan iboralarni takrorlaydi, bundan va na 
uning o‘zida, na ta’lim beruvchida qanoatlantirish hissi tug‘ilmaydi.  Bu bilimlarning shunday bir 
darajasiki,   dasturdagi   materialning   bundan   keyingi   o‘rganilishini   unga   asoslanib   tashkil   etib 
bo‘lmaydi. Bunday bilimlar aqliy rivojlanishga  kamdan-kam yordam beradi.
- «1» (juda yomon) ball qachonki, ta’lim oluvchi dasturdagi   materialni bilmagan va 
tushunmagan, mazmunda ko‘plab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan hollarda qo‘yiladi.


Baholashdagi munosabatlarning mohiyati javobning ijobiy tomonlarini ochib berish va 
salbiy holatlarini ko‘rsatishdan iboratdir.   Bilimlarning mazmuni kabi uni bayon etish shaklini 
ham, shuningdek, bilimlarga munosabatni ham nazarda tutish kerak.
Besh balli baholash tizimining afzalliklari:

Ta’lim oluvchilarni rag‘batlantiradi.

Ta’lim oluvchining faoliyatini tezkor nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Ta’lim beruvchining vaqti tejaladi.

Ta’lim oluvchining   yakuniy baholash baholarning soniga qarab emas, sifatiga qarab 
baholanadi.

Baholashning qulayligi.

Rasmiylashtirish hujjatlarining kamligi.
Besh balli baholash tizimining kamchiliklari:

Baholashning nisbiyligi.

YOzma nutqidagi xatoliklarni to‘g‘rilash imkoniyatining kamayishi.

Baholashning sub’ektivligi.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   598   599   600   601   602   603   604   605   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish