O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali  mutaxassis  shaxsini shakllantirish sharti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet539/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

6. Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali  mutaxassis  shaxsini shakllantirish sharti 
sifatida
Ma’lumki   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”da     oliy   ta’lim   tizimida     bilimdon,   milliy   va 
umumbashariy   qadriyatlarni     egallagan,     yuksak   madaniyatli,   yuqori   intellekt   egasi   bo‘lgan     etuk 
mutaxassislarni   tayyorlash dolzarb   vazifalardan biri   ekanligi alohida   ta’kidlab o‘tilgan. Albatta, bu 
o‘rinda   bo‘lajak   mutaxassislarda   mukammal   kasbiy     tayyorgarlik,   ijodkorlik,   siyosiy   va   iqtisodiy 
bilimdonlik, hayotiy faollik kabi sifatlar bilan bir qatorda muloqot qobiliyatini ham shakllantirish zarurligi  
ko‘rsatib o‘tilgan. SHuningdek, YUrtboshimizning nutqlari va fundamental asarlarida ham ana shunday 
keng tafakkurli, ongli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, hayotda o‘z o‘rnini yo‘qotmaydigan barkamol 
shaxslar  etishib chiqishi bir necha  marta qayd etilgan. 
Pedagogik   muloqotga   asosan     ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   qilish,   bulajak   mutaxassislar 
o‘quv-bilish faoliyatini boshqarishda muhim omil sifatida qaraladi. Pedagogik-psixologik muloqotni bir 


necha guruhlarga bo‘lib tasniflashga harakat qilinadi. Pedagogika va ilmiy-uslubiy jihatdan   o‘qituvchi-
pedagoglar va talabalar o‘rtasida kechadigan pedagogik muloqotni uchta asosiy  guruhga bo‘lib o‘rganish 
maqsadga muvofiqdir: 
1)   barqaror   ijobiy,   ya’ni   ushbu   guruhga   mansub   o‘qituvchi-pedagoglar     chuqur   bilimdonligi, 
pedagogik   mahoratining   yuksakligi,   tafakkurining   kengligi,   samimiyligi   bilan   talabalarning     hurmatini 
qozonadilar. Ular talabalar bilan do‘stona va hamfikrlilik nuqtai nazaridan  munosabatga kirishadilar, zarur 
hollarda o‘z yordamlarini  ayamaydilar. Talabalar bunday o‘qituvchi-pedagoglarni xush ko‘radilar va  ular 
bilan muloqot qilishga oshiqadilar; 
2) sust-ijobiy bunday o‘qituvchi-pedagoglar doimo talabalar davrasida, ular qalbini tushunishga 
harakat qiladilar. Lekin ularning bu munosabatlari  turg‘un emas va ayrim paytlarda  bunday o‘qituvchi-
pedagoglar  kayfiyatga  beriluvchan  bo‘ladilar; 
3)   salbiy   –   bunday   o‘qituvchi-pedagoglar   talabalar   bilan   rasmiy   munosabatda   bo‘ladilar   va 
ko‘pincha   ularga   pand-nasihatlar   qilib   turishni   o‘zlarining   burchi   deb   hisoblaydilar.   Talabalar   bunday 
o‘qituvchi-pedagoglardan yiroq bo‘lishga harakat qiladilar, muloqot qiyinchilik bilan amalga oshadi va bu 
esa ular o‘rtasida keskin vaziyatni  keltirib chiqarishi mumkin.
Tarbiyalanuvchilar o‘z ustozlaridagi kasbiy va nazariy  bilimdonlik bilan bir qatorda kamtarlikni, 
samimiylikni,   bag‘rikenglikni,   vazminlikni,   haqqoniylikni,   adolatparvarlikni   qadrlaydilar.   Bunday 
o‘qituvchi-pedagoglar bilan til topishish oson, chunki ular talabalar   shaxsiga hurmat bilan qaraydilar, 
rasmiyatchilikdan     yiroq   bo‘ladilar.   O‘quv-tarbiyaviy   jarayonning   samarali   kechishi   ko‘p   jihatdan 
pedagogik     muloqotning     maqsadga   muvofiq   tarzda   amalga     oshirilishiga   bog‘liq.   SHuni   unutmaslik 
lozimki, o‘qituvchi-pedagoglar shogirdlari nazarida   o‘zlarining shaxsiy fazilatlari, xis-tuyg‘ulari, xatti-
harakatlarini boshqara olishlari, pedagogik muloqot madaniyati kabi sifatlari bilan hayotiy namuna bo‘la 
olishlari lozim deb hisoblaymiz. Pedagogik muloqotda o‘qituvchi-pedagoglar nutq texnikasiga rioya qilishi, 
ohangning muloyimligi, badiiy til ifoda usullarining boyligi, kabi qator  omillarga ham e’tibor qaratishlari 
maqsadga  muvofiqdir.
Ba’zan   o‘qituvchi-pedagoglarda   ayrim   talabalar   haqida   noto‘g‘ri     taassurotlar   paydo     bo‘lib 
qolishi   mumkinki,   bu   esa   o‘z   navbatida   pedagogik   muloqotda   noxush   holatlarga     olib   keladi.   Bu 
tasavvurlar     kasbdoshlarning   talaba   haqidagi   sub’ektiv   fikrlari,   birlamchi   noto‘g‘ri   taassurotlari, 
shogirdlarining individual  xususiyatlarini e’tiborga olmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Albatta ta’lim-tarbiyaning har qanday shakllarini amalga oshirishda  pedagogik muloqotni to‘g‘ri 
yo‘lga   qo‘ya   bilish   juda   ahamiyatlidir.   Dars   jarayonida   pedagogik   muloqot   muayyan   o‘quv   materiali 
asosida   olib   boriladi   va   talaba   shaxsini   kompleks   rivojlantirishga   qaratilgan   bo‘ladi.     Ta’limning 
innovatsion   metodlariga   asoslangan   hamkorlik,   o‘zaro   xayrixohlik,   tolerantlik   ruhida   olib   borilgan 
muloqotgina shubhasiz ta’limiy  va tarbiyaviy ahamiyatga  egadir.  Muloqot jarayonida o‘qituvchi-pedagog 
talabalarning  qiziqishlari va ular o‘zlarini namoyon  qilishga bo‘lgan intilishlarini inobatga olishi lozim. U  
ta’limni   insonparvar-lashtirish,   individuallashtirish   prinsiplariga   amal   qilgan     holda   talaba   shaxsining 
rivojlanishi uchun  ma’lum shart-sharoitlarni yaratadi.
Zamonaviy   pedagogik   va   axborot   texnologiyalari   imkoniyatlaridan   ta’lim   jarayonida   va 
amaliyotda   samarali   foydalanilmoqda.   Endilikda   talabalar   o‘qituvchi-pedagoglardan   tayyor   bilimlarni 
qabul   qilib   oluvchi   shaxs   emas,     balki   ta’limning   faol   ishtirokchisi     sifatida   qaralmoqda.   Binobarin, 
talabalar   o‘rganilayotgan   muammoni   mustaqil   tadqiq   qiladi,   chuqur   mushohada   yuritadi,   masalaning 
echimini   topishga   harakat   qiladi.   Bu   o‘rinda     muloqot   bahs-munozaralar,   mini-konferensiyalar,   davra 
suhbatlari, talabalar minbari kabi ko‘rinishlarda olib borilishi mumkin. Do‘stona o‘zaro hurmat ruhida 
tashkil qilingan   muloqot natijasida talabalarda o‘z imkoniyatlariga ishonch paydo bo‘ladi va o‘zlarini 
shaxs   sifatida   kengroq   namoyon     qilishga   intiladilar.   Ular   muayyan   ilmiy,   madaniy   va   tarixiy 
jarayonlarning  faol  ishtirokchilariga  aylanadilar.   Nazariy gipotezalarni     tahlil  qiladilar   va   ularga     davr 
nuqtai   nazaridan   tanqidiy   baho   beradilar.     Bunda   o‘quv   fanlarining   mantiqiy   tuzilishi,   bilimlarni 
o‘zlashtirishda  qo‘llaniladigan  metodlarning  tanlanishi, o‘quv materialini o‘rganish uchun ajratilgan vaqt 
kabi   omillarni   ham   hisobga   olish   zarur   deb   o‘ylaymiz.   O‘qituvchi-pedagog   o‘zi   o‘qitayotgan   fanning 
talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatiga tayyorlashdagi  o‘rnini doim his qilib turishi kerak. 
SHuningdek, o‘qituvchi-pedagog pedagogik muloqotni   tashkil qilar ekan, talabalarda noxush 
kechinmalar, salbiy tuyg‘ularning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi va guruhda ishchanlik, ko‘tarinkilik, 
hamkorlik va  ijodkorlik vaziyatini yarata bilishi juda ahamiyatlidir.
Xullas, oliy o‘quv yurtlarida pedagogik muloqot turli vaziyatlarda, ya’ni darsda va kurs ishlari, 
referatlar tayyorlashda hamda pedagogik amaliyot jarayonida ro‘y beradi va talabaning bo‘lajak mutaxassis 
sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari talabalar bilan o‘tkaziladigan turli ijtimoiy, 
madaniy-ma’rifiy   mavzularga   bag‘ishlangan   munozaralar   ham   ularning   ma’naviy   yuksalishiga   xizmat 
qiladi. 
Talabaning erkin mulohaza yuritishi, xulosalarini aniq bayon qilishi, o‘zgalar fikriga e’tiborli, 
sabr-toqatli bo‘lishi muloqotni tashkil qilishning muhim shartlaridandir. 


Buguni talaba – ertangi etuk mutaxassis sifatida shakllanar ekan, uning ko‘z o‘ngida  unga sabr-
toqat   va     mehr-shafqat     bilan   saboq   bergan   ustozlari   gavdalanadi.   O‘zgalar   bilan     insoniylik   nuqtai 
nazaridan muomalada, munosabatda, muloqotda  bo‘ladigan  o‘qituvchi-pedagoglar o‘z shogirdlari qalbida 
mangu  saqlanib qoladilar va  yo‘lchi yulduzdek ularning hayot yo‘lini yoritib, yuksaklikka chorlaydilar.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   535   536   537   538   539   540   541   542   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish