2. Menejer shaxsi tipologiyasi
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs o‘z faoliyatida menejer
bo‘ladimi, rahbar bo‘ladimi undan faollik, tavakkalchilikka moyillik, mustaqil
bo‘lish kabi bir qator fazilatlar talab qilinadi. R.L.Krichevskiy ma’lumotlariga
ko‘ra menejer shaxsining turli tipologiyasi mavjud. YA’ni an’anaviy
boshqaruvchi, erkin tadbirkor (tashkiliy chetlashlarga amal qilmaydigan) va
korporativ tadbirkor (tashkiliy jihatlarda o‘z imkoniyati namoyon etadigan).
Bu tipologiyadan kelib chiqib R.Xizrich esa bunday menejerlarning motivlari,
tavakkallik darajalari, xato va omadsizliklarga munosabatlari, boshqa
odamlarga munosabatlari namoyon bo‘lishiga ko‘ra tasniflarini ishlab
chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |