Menejer oldiga qo‘yiladigan talablar majmuasi xilma-xil bo‘lib, ular nafaqat
psixologik, balki ko‘proq iqtisodiy pragmatik xarakterga egadir. Menejer oldiga qo‘yiladigan
talablardan ushbularning bo‘lishi shaxsda menejerlikning yuqori darajada ekanligidan dalolat
beradi:
qarashlarning keng qamrovli bo‘lishi yoki global yondashuvni amalga oshira olish;
maqsadni aniq ko‘ra olish;
ko‘lamni aniq tasavvur etish;
jur’atli, qat’iyatli va mard bo‘lish;
tirishqoqlik bilan ishlash va uzluksiz o‘qish;
o‘zgalar fikrini tinglashga tayyor turish;
xolislik, beg‘arazlik, to‘g‘rilik;
o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga sola olish;
jamoani shakllantira olish;
shaxsiy tarovati va sog‘lom bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |