12- mavzu: MULOQOT
REJA:
1. Muloqot to‘g‘risida tushuncha
2. Muloqotning kommunikativ sohasi
3. Muloqotning perseptiv tomoni
4. Pedagogik muloqot masalalari
5. Muloqot olib borishning darajalari
6. Muloqot turlari
1. Muloqot to‘g‘risida tushuncha
Insonda ko‘pgina ehtiyojlar mavjud bo‘lib, ulardan moddiy ehtiyojlar (ovqatlanish,
eyoishg‘ichio‘, va boshqalar) ma’naviy ehtiyojlar ichida eng muhim muloqot ehtiyojidir. Boshqa kishiga
qarab, uning bilan munosabatda va muloqotda bo‘lib, u o‘zini, o‘zligini baholay oladi.
Odam ko‘zguga qarab, o‘z aksini ko‘radi, lekin shaxs sifatida o‘zini baholash uchun inson o‘zini
boshqa kishiga solishtirib ko‘rishi kerak. SHuningdek, o‘zining qanday ekanligin, o‘z obrazini aniqlashi
uchun o‘zi haqidagi boshqa kishining fikrini bilishi kerak.
Ko‘pincha inson boshqa kishi bilan muloqotga kirishshadi-ki, asosiy maqsadi u kishini o‘rganish
emas, balki u kishishing o‘zi haqidagi fikrini bilishdir.
Demak, odam o‘zining aksini ko‘rishi uchun iloji boricha ko‘p odam bilan munosabatda bo‘lishi
kerak.
Demak, inson o‘zidagi ba’zi bir sifatlarni tekshirishi uchun va tasdiqlashi uchun, shu sifatlarni
boshqa odamlarda (chuqurroq munosabatda, kengroq munosabatda bo‘lishi kerak) ham ahtaradi.
Agar shaxs, ba’zan o‘zidagi sifatlarni boshqa kishilarda topmasa, yoki uni tushunmasa
(tushunmasalar) bu kishida o‘ziga ishonchsizlik, o‘zidan qoniqmaslik kelib chiqadi, bu esa o‘z navbatida
kishida o‘zidan norozilik, qo‘rquv keltirib chiqarishi mumkin.
SHaxslararo munosabatlarda 2-ta tendensiya an’ana bor:
Birinchisi: Munosabatlarni chuqurroq va kengroq qilishga intilish, bu har bir insonga xos
ehtiyojdir.
Ikkinchisi: O‘zaro munosabatlarda, bu munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishning
oqibatlaridan qo‘rqish hissi. Masalan, men o‘zimni aqilli, hozirjavob va o‘ta bilimli deb hisoblayman va
ba’zi bir kishilarda (ayniqsa qaramag‘qarshi jinslarga, yoki rahbarlarga) shu sifatlari bilan ta’surot
qoldirmoqchiman. Ammo muloqot davomida o‘sha kishilar meni tushunmasliklaridan, o‘zimning ularda
shunday taasurot qoldira olmasligimdan qo‘rqaman. Va shu munosabatlardan o‘zimni saqlayman. Inson
uchun eng muhim narsa muloqotdagi sherigining (partnerining) o‘zi bilan hamfikrligidir.
SHuning uchun ham do‘stlik, hamkorlik munosabatlarida mayda gaplar, arzimagan muammolar
yuzasidan sheriklik bilan tortishmasdan, rozi bo‘lgan ham yaxshi. Faqat prinsipial masalalarda sherikning
fikriga qarshi chiqish, uni rad etish mumkin.
Muloqotning tarkibi (komponenti) Muloqotning tarkibilini 3-ga bo‘lamiz
Muloqotning kommunikativ tomoni
Muloqotning interaktiv tomoni
Muloqotning perseptiv tomoni
Do'stlaringiz bilan baham: |