5. Motivlarning turlari va anglanganlik darajasi
Motivlarning turlari. Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy
ehtiyojlariga mos motivlar; umumiylikka ega bo‘lgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo
bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga
kelgan motivlar.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra har qanday faoliyat muayyan motivlar ta’sirida vujudga
keladi va etarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. SHuning uchun ta’lim
jarayonida o‘zlashtirish, egallash va o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun
o‘quvchilarda o‘quv motivlari mavjud bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |