Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod
va texnologiyalar mohiyati
“Savol-javob” metodi mavzuning talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirilganlik darajasini
aniqlash uchun xizmat qiladi. Bunda o‘qituvchi mohiyati yoritilgan mavzu yuzasidan savollar
tayyorlaydi va ularni talabalarning e’tiborlariga havola etadi. Talabalar berilgan savollarga javob
qaytarish orqali mavzuni o‘zlashtirganlik darajasini namoyish etadilar. Metodni qo‘llashning
samaradorligi savol-javoblarning aniq, qisqa va tushunarli tarzda ifoda etilishi, aynan mavzuga
doir bo‘lishiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |