1- guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholaydigan, obyektiv
xarakterga ega bo’lgan ta’rif beruvchi yoki sifat usullarini o’z ichiga oladi. Ularga „kadrlar hisob
varag’i“ va „Avtobiografiyadagi“ boshqaruvchi talabiga da’vogarlik qiluvchi nomzodning
biografik ma’lumotlarini o’rganish, rahbarlardan o’sha odam haqida ma’lumot yig’ish kiradi.
2- guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi
obyektivlikdan miqdoriy bahosining aniqlashini ta’minlaydi. Eng ko’p tarqalgan usul ball
bo’yicha baholash usulidir. Bu usul bo’yicha xodimning har bir bajargan vazifasi va erishgan
yutuqlariga qarab ballar qo’yilib boriladi va uning o’rtacha balli chiqarilib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |