O'zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet644/723
Sana03.09.2021
Hajmi2,47 Mb.
#163506
1   ...   640   641   642   643   644   645   646   647   ...   723
Bog'liq
542e7b2351cd3

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. 
Godfrua J.  CHto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans.  M., Mir, 
1992. -496 s.
2. 
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
3. 
Nemov R.S. «Psixologiya». Kn.1. - M., 2003
4. 
Gamilton. YA.S. “CHto takoe psixologiya”. “Piter”, 2002.
5. 
Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2003.
6. www.expert.psychology.ru
11-mavzu: SHAXS VA UNING FAOLIYATI


REJA:
1. SHaxs to‘g‘risida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik 
2. SHaxs va uning faolligi
3. Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar
4. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi
5. Mativlarning turlari va anglangan darajasi
1. SHaxs to‘g‘risida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik
O‘z   mehnati   tufayli   inson   psixikasi   takomillashib   xayvonlar   psixikasidan   tobora 
o‘zqlashmoqda, va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda bo‘lishligi, odamldar 
bilan   birgalikdagi   faoliyati,   ular   bilan   turli   munosabatlarga   kirishishi,   uning   dunyoqarashini 
shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning faol a’zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir.
SHaxs   tushunchasiga   ta’rif   berishimizdan   avval   biz,   insonning   shaxs   bulib 
etishmaganlidan   avvalgi   jarayonni   kuzatib   undagi   hali   to‘liq   yoki   bo‘lmasa   mutlaqo   hali 
shakllanmagan tomonlarini, ya’ni sifat va xususiyatlarini nazardatutishimiz mumkin. YA’ni hali 
shakllanmagan   shaxs   psixologiyada  individ  nomi   bilan   yuritiladi.“Individ”   tushunchasida 
kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. YAngi tug‘ilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi 
odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini 
ham,   madaniyatli   mamlakatda   yashayotgan   yuksak   bilimli   kishini   ham   individ   deb   xisoblash 
mumkin.
Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini 
olganda, bu bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va 
hatto juda ham umumiy tarzxdagi ta’rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. 
Bunday   fazilatlarsiz   u   faqat   boshqalarga   o‘xshamaydigan   emas,   balki   ular   kabi   harakat 
qilmaydigan,   fikrlamaydigan,   iztirob   ham   chekmaydigan,   jamiyat   a’zosi   sifatida,   tarixiy 
jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan real kishi emas, balki 
demografik   ma’lumotnomalardagi   jonsiz   birlik   holida   qoladi.   Xolos.   Individ   sifatida   dunyoga 
kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi, shaxs bo‘lib etishadi. Individ hali bolaligidayoq 
tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatla sistemasiga jalb etiladi. U bu sistemani allaqachon 
tayyor holda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarining shu 
qadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Psixologiyada   individ   tomonidan   amaliy   faoliyat   va   munosabat   jarayonida   hosil 
qilinadigan   hamda   ijtimoiy   munosabatlarning   individga   ta’sir   o‘tkazish   darajasi   va   sifatini 
belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. 
“SHaxs”   va   “individ”   tushunchalarining   bir-biriga   o‘xshashligini   barcha   etakchi 
psixologlar B.G.Ananev, A.N.Leontev, B.F.Lomov,  S.L.Rubinshteyn va boshqalar inkor etishadi.
“Individ”   va   “shaxs”   tushunchalarining   o‘xshashligi   emas,   balki   birligi   haqidagi   fikr 
quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob berilishini takqozo qiladi: 
shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi yoki aksincha individning konkret sohibi 
sifatida undan tashqarida va usiz mavjud bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda 
fiker yuritilagn taqdirda unisi ham va bunisi xam bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan 
tashqarida voyaga etgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor 
odamlarga duch kelib, biologik jonzotgna xos individual  xususiyatlardan  bo‘lak hech  qanday, 
yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-tarixiy xarakter kasb etadigan 
shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo 
uni   birgalikdagi   faoliyat   va   munosabat   jarayoniga   “torta   olishgan”   taqdirda   ularning   paydo 
bo‘lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan 
bolalar   tajribasini   o‘rganish  bu  vazifani  amalga   oshirishning  g‘oyat   darajada   murakkabligidan 
dalolat   beradi.   qarshimizda   hali   shaxs   sifatida   kamolatga   erishmagan   individ   bo‘ladi.   Real 


individni   gavdalantirmaydigan   shaxsning   paydo   bo‘lish   imkoniyatlari   mavjudligi   muayyan 
istisnolar bilan tan olinishi ham mumkin.
Har   bir   kishining   shaxsi   uning   individualligini   vujudga   keltiradigan   hislatlar   va 
fazilatlarning     faqat   unga   xos   birikuvidan   tarkib   topgandir.  Individuallik  –   kishining   o‘ziga 
xosligini,   uning   boshqa   odamlardan   farqini   aks   ettiruvchi   psixologik   fazilatlar   birikmasidir. 
Individuallik temperament va xarakter xusussiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, 
bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira,  tafakkur, tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning 
shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir 
xildagi   birikmasini   o‘zida   mujassamlashtirgan   odam   yo‘q   –   inson   shaxsi   o‘z   individualligi 
jhatidan betakrordir.

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   640   641   642   643   644   645   646   647   ...   723




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish