5-mavzu: PEDAGOGIK MULOQOT
REJA:
1. Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida
2. Muloqot yohud muomala madaniyati haqida tushuncha
3. Tarbiyalanuvchilarda shaxslararo insonparvar-axloqiy muloqotni tarbiyalash
4. O‘qituvchi-pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati
5. Pedagogik muomala testi
6. Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish sharti
sifatida
1. Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida. Muloqot (arabcha so‘z bo‘lib- “uchrashish,
ko‘rishish; qabul qilish ma’nosini anglatadi”) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va fikr almashuv
shaklining bir turi
1
.
SHunday ekan, inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar,
axloqiy me’yorlar, g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida
shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba va amaliy faoliyat shundan dalolat beradiki, insonni jamiyatdan
va shaxslararo bo‘ladigan o‘zaro muloqotidan ajratib qo‘yish uning shaxs sifatida shakllanishiga imkon
beradigan ijtimoiy sifat, xususiyat hamda fazilatlardan mahrum bo‘lishiga olib keladi. CHunki muloqot
inson amaliy faoliyatining moddiy-ma’naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini aks ettiradi. “Hech
kimga sir emaski, deb yozgan edi polyak psixologi E.Meliburd,- shaxslararo munosabat biz uchun nafas
olayotgan havodek zarurdir”.
Bu xususda fransuz yozuvchisi Antuan de –Sent Ekzyuperining “YAgona haqiqiy boylik bu
insonlar orasidagi munosabat va muloqot boyligidir” degan fikrlari diqqatga sazovordir.
SHu o‘rinda tarixga bir nazar solib, buyuk yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu)ning muloqot
madaniyatiga doir ibratli sifatlarini esga olsak yomon bo‘lmaydi. U Afinada maktab- Likey tashkil etib,
bu maktabni 13 yil boshqargan.
Aristotelning maktabi Likeydagi ta’lim uslubi va o‘quv texnologiyasi haqida fikr yuritadigan
bo‘lsak, ta’lim jarayonida ko‘p sonli tinglovchilar orasida o‘zaro tenglik, bahs-munozara, erkin fikr, o‘zaro
hurmat hukm surgan. YA’ni muloqot madaniyati, muomala madaniyati, bahs-munozara yuritish
madaniyati, muzokara madaniyati, nihoyatda kuchli, nafis, ehtirosli bo‘lganligidan darak beradi.
SHu ma’noda muloqot va muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyatidir. CHunki
nutq va unda ifodalangan so‘z ohangi kishiga ta’sir etuvchi qudratli psixologik (ruhiy) kuchga ega, u
nafaqat so‘zning mazmuni, balki so‘zlovchining aytayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham uning
ta’sir darajasi va qudrati yanada ortishi mumkin. Masalan “Salom” so‘zining turli ohangda ifodalanishining
10 dan ziyod shakli, ya’ni ma’nosi bor:
1. Salom! – “Keling” degan ma’noda.
2. Salom! – “Xo‘sh, xizmat” degan ma’noda.
3. Salom! – “YAna keldingmi?” degan ma’noda.
4. Salo-o-m! – “Juda vaqtida kelding” degan ma’noda.
5. Salom?! – “Men sizni tanimayapman” degan ma’noda.
6. Salom!!! – “Gap tamom” degan ma’noda.
7. Salom! – “Ha, ishing tushdimi!” degan ma’noda.
8. Salom! – “Bir pas kutib turing” degan ma’noda.
9. Salom! – “Vaqtim yo‘q, ketaver!” degan ma’noda.
10. Salom! – “Mana ishim bitdi, gapir endi” degan ma’noda va hokazolar.
SHuningdek, “Ha” so‘zini ifodalashning 50 dan ortiq shakli bor bo‘lsa, “yo‘q” so‘zini aytishning
ham xuddi shunday ohangdagi ma’nosi mavjud, ammo bir, ya’ni bu so‘zni yozishning faqat bir uslubi
bor”
1
.
Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim yashiringan. Zotan,
kishilar muloqotining asosida so‘z-fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir kishining saviyasi,
ma’naviy dunyosi hamda madaniyatiga bog‘liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda
keng qo‘llaniladigan miqdor, sifat, me’yor tushunchalari insoniy muloqot madaniyati uchun ham to‘la
muofiq keladi, binobarin , muomalada ham me’yorni bilish zarur.
Muhimi shundaki, muloqot jarayonida kishilar o‘rtasida fikriy mushtaraklik, o‘zaro ta’sir
hamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi bilan birga, ular ijtimoiy ma’noda bir-biriga tarbiyaviy
11 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-том, Москва, «Рус тили» нашриёти, 1981,
636-бет.
11 М.Назаров. Мулоқот маданияти ҳақида. «Мулоқот», 2000 йил 6-сон, 23-бет.
ta’sir ham o‘tkazadilar. Lekin inson tabiatining shunday murakkb qirralari borki, uni mukammal bilish va
o‘zlashtirib olish mumkin emas. Buyuk mutafakkir Ahmad Donish ta’biri bilan aytganda. Olamdagi jonli
narsalarda hayvoniy va shaytoniy sifatlar bor. Bu quvvatlar birlashtirilib « hosil bo‘lgan hamirdan bir jonli
narsa yaratilib, uning otini inson deb aytganlar, haqiqatdan, – deb davom etadi mutafakkir- inson ulug‘
olamdir»
1
. Insonning fazilatlari hamda nuqsoni haqida u shunday yozadi: «Agar sen tafakkur daryosiga
cho‘msang, etti osmonni xayoling qutichasiga joylaysan: agar qahri g‘azabing kelsa, yo‘lbarsni
mushukdek ham ko‘rmaysan, agar mehribonliging tutar ekan, bechora chumolini kipriging ustida
saqlaysan; agar sahiyliging jilva qilsa, kiygan to‘ningni muhtojga berib, o‘zing yalang‘och qolasan; agar
baxilliging tutsa, qumursqa og‘zidagi donni talashasan»
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |