Keyingi davrda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda.
CHunki bu
metod talabada ijodkorlikni, mustaqillikni rivojlantiradi. O‘quv
dasturlarida mustaqil
ta’lim uchun soatlar ajratilmoqda. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda ma’lum fanning
xususiyatidan kelib chiqib
mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi.
Topshirishgan mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo‘l yo‘riqlarni
ko‘rsatishi, qisqacha tushuntirish berishi lozim. Talaba bajarishi kerak bo‘lgan mustaqil ish ko‘p
vaqt egallamasligi va shu bilan bir qatorda talabaga rivojlantiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: