4. Boshqaruvchilik faoliyatining diagnostik xususiyatlari
Zamonaviy rahbarga qo‘yiladigan talablardan biri shuki, u hozirgi zamon
psixologiyasining o‘zi uchun maqbul barcha uslublaridan foydalangan xolda eng avvalo o‘zi
to‘g‘risida, qolaversa, qo‘l ostidagilarning shaxsi to‘g‘risida bilimlar va ma’lumotlarga ega
bo‘lishi kerak. YA’ni, ma’lum ma’noda rahbar psixodiagnost bo‘lishi, o‘z faoliyatida
psixodiagnostik metodlarni qo‘llay olishi kerak. CHunki, o‘zgalar psixologiyasini yaxshi bilish -
ular ustidan xokimlikning usuli bo‘lgani kabi, o‘z shaxsiy fazilatlari va kamchiliklarini bilish
ham turli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishning yo‘llaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |