Ilmiy boshqaruv. Bunda ta’lim-tarbiya sohasining avvalgi holati atroflicha taxlil kilinib,
uning ko‘rsatkichlari ijtimoiy byurtmaning ko‘rsatkichlariga muvofiq keladiganlari rivojlantiriladi,
muvofiq kelmaydiganlari o‘zgartiriladi. Bu vaqtda butun ta’lim-tarbiya jarayonining tizimi, uning
bosqichlari, har bir bosqichda beriladigan bilimlar mazmuni, ta’lim-tarbiya bilan
shug‘ullannuvchilarni ijtimoiy muxofazalashning ilmiy asoslangan loyihasi, bajarilishi shart
bo‘lgan ishlar, ularning ketma-ketligi va bajarilish muddatlari, boshqaruvni amalga oshiruvchi
mo‘tassaddilar va bu jarayonning tadbir choralari ishlab chiqiladi. Odatda bu ilmiy asoslangan
loyiha bir necha variantlarda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |