2. Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan
topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar
sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Ta’lim oluvchining erishgan natijalari to‘g‘risida asoslangan va ishonchli axborotlar
berish kerak. O‘lchanishi talab etiladigan narsalargina o‘lchanishi kerak. Ta’lim oluvchi egallagan
bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘lchash imkonini beradigan
metodlardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |