Davra suhbati metodini olib borish bosqichlari quyidagilardan iborat: 1.
Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.
2.
O‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
3.
Aylana stol bo‘ylab konvertlarning harakatlanishini sxema orqali ko‘rsatib beradi va javoblar
yozish uchun ajratilgan vaqtni belgilab beradi.
4.
O‘quvchi konvert ustiga savolini yozadi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi.
5.
Konvertni olgan o‘quvchi qog‘ozga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi
o‘quvchiga uzatadi.
6.
Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
Ushbu metod orqali o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va
aniq ifoda eta oladilar.