Darsda qo‘llaniladigan interfaol metod
va texnologiyalar mohiyati
“Galereyani aylanish” metodi talabalarda kichik guruhlarda ishlash, mavzuga oid
muayyan muammoni hal qilish, muammo yuzasidan shaxsiy mulohazalarni bildirish, fikrni
dalillash va himoya qilish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Kichik guruhlarga turli
muammolarni echish topshirig‘i beriladi. Har bir guruh belgilangan vaqt ichida berilgan
muammoning echimini topish ustida ishlaydi. Muammoning echimi yozma ravishda bayon
qilinib, boshqa guruhlarga topshiriladi. Qolgan guruhlar echimning to‘g‘riligini baholaydi va
echim tugal bo‘lmasa, matnni o‘z variantlari bilan to‘ldiradilar. So‘ngra barcha guruhlarning
echim borasidagi fikrlari umumlashtirilib, eng to‘g‘ri javoblar tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |