Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatiladi:
fransuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix,
Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar.
Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o’rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda
o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha
guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3
yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik liseylarni tugattanlaridan so’ng bakalavr
unvoni va diplom ish uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega
bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
116
Fransiyada talablar pedagogika, poitexnika instituti, oliy ma’muriy
maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga
moyilligi ham alohida sinab ko’riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa
bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar
mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. o’qish muddati 2 yil bo’lib, sakkiz xaftalik
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi.
Sirtqi ta’lim shoxabchalari juda keng bo’lib, u 500 turdagi o’rta, oliy
professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular
rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar,
qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish,
jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o’rganadi. O’qishni
yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki yil davomida diqqat bilan
kuzatib boriladi. Aksariyat hollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar.
Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli, tashkilotchi, yetuk rahbar sifatida
faoliyat ko’rsata olmasa, u yana qaytarilib o’qituvchilikka o’tkaziladi. Direktor 65
yoshdan so’ng umuman ishlamaydi.
O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi
ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspeksiyasi
tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-
onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi.
Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa,
boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor,
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo’lmog’i lozim.
O’qituvchilar o’z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat
beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o’tish uchun aniq muddat belgilab
qo’yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o’qituvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida
imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o’qituvchi faoliyatida ayrim
nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o’z vaqtlari va mablag’lari
hisobiga malaka oshiradilar.
Ta’kidlab o’tish joizki , Germaniyaning bozor iqtisodiyotga o’tish yo’li
bizning Respublikamizdagiga o’xshab ketadi. Ikki German davlati birlashgandan
keyin sobiq Germaniya Demokratik Respublikasida ta’limni isloh qilish bo’yicha
olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga maqbul keladi.
Germaniyaning hozirgi davr maorifidagi asosiy muammosi sobiq GDRdagi
ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir.
Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat
tomonidan ardoqlanayotgan soha bo’lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan
taraqqiy ettan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
117
Germaniya ta’lim tizimlarining bayoni quyidagicha: Germaniyada ta’lim
tizimi: Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi
bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog’chalarni
mablag’ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari,
korxonalar, hususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar
bog’chalariga o’z farzandlarini tarbiyalanganliklari uchun ancha miqdorda pul
to’laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog’chalarga qatnaydi.
Germaniyada odatda bolalar bog’chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning
yarmida esa uyda, oilada bo’ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog’chalar
ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tegishli. Bu
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to’la
haftalik o’qishni bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to’la bo’lmagan
haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Maktab o’quvchilariga
o’quv qo’llanmasi, asosan darsliklar tekin ta’minlanadi. hususiy maktablar ozroq.
O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich
maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda
5-6 sinf bosqichdagi yo’nalish maktablarda maxsus dastur asosida o’qiydilar.
Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar:
Bular: asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy
maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka
o’tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo’lgan bolalar o’qiydi. Real bilim
yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda
o’qish b yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va to’la ma’lumot berish bilan
tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o’rta maxsus o’quv yurtiga yoki yuqori
bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o’qish huquqiga ega bo’ladi.
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13
sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.
Gimnaziyani bitirganlik haqidagi yetuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish
imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega,
chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta
maktabni
bitiruvchilarning
(9-10
sinflar)
79%,
to’liq
o’rta
maktabni
bitiruvchilarning esa 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar.
Aksariyat hollarda o’qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. o’qish uch bosqichdan
iborat bo’lib, birinchi yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan
kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslash berilib, yirik korxonalarda
amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi
beriladi. O’quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o’tish sinov imtihonlari
o’tkazilib o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida
maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus
komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi
mutaxassislari, fideral yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi
vakillaridan tashkil topadi. hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
118
kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish
talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga
asosan amalga oshiriladi.
Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi
rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z-o’zini
boshqarishda vazifalari ayni shu taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-
bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar,
o’quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o’qishi erkin
tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi.
O’qishga xaq to’lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat
xarajatlarini ko’tara olmasa o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish
to’g’risidagi federal qonunga ko’ra ular moliyaviy yordam oladilar. Bu
yordamning yarmi stipendiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida
beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko’pdan buyon muhokama
qilinmoqda, bunda o’quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir
universitetlarda talabalar 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirganlariga qadar
korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishni hisobga
olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini
tushunamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniya ta’limi o’ziga xos yo’nalishga, juda
murakkab tizimga ega. Mamlakatda har qaysi maktab tipi uchun maxsus
tayyorlangan o’qituvchilar bor. Ularning hammasi oliy maktabni tugatgan
bo’lishlari shart. Boshlang’ich va asosiy maktabning bo’lajak o’qituvchilari olti
semestr o’qiydilar. Real maktab, maxsus maktab, gimnaziya va hunar-texnika
bilim yurtlarining o’qituvchilari ancha uzoq muddat o’qishlari kerak. O’qish
tamomlangandan keyin o’qituvchilikka nomzodlarning hammasi imtihon
topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o’tkazadilar va ikkinchi imtihon
topshiradilar. o’qituvchi lavozimiga ega bo’lgandan keyin, qoidaga ko’ra umrbod
lavozimga tayinlanadi.
Quyidagi holatga e’tibor qarataylik. Bo’lajak o’qituvchilar 3 yil
o’qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda ikki yillik pedagogik amaliyotdan
o’tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar.
Bu davrda ularga maxsus murabbiylar belgilanadi, bu murabbiylar ularning
faoliyatini nazoratda tutadilar, amaliyot tugagandan keyin shogirdlariga tegishli
tavsifnomani beradilar. Shundan keyin maktab kengashi yuqori tashkilotlar bilan
birgalikda bo’lg’usi o’qituvchilardan imtihon oladi va ularning kelgusi ishlarini
baholab, tegishli tavsiyalar beradilar. Bu jarayonning yana o’ziga xos tomoni
shundaki, imtihon va tavsiyalardan keyin bo’lg’usi o’qituvchi bir yilga sinov
muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o’tgandagina unga
o’qituvchi martabasi beriladi. Amaliyotchi-talabalar qo’yilgan talablarni bajara
olmasa maktabga qo’yilmaydi. Uning ustiga attestasiyadan o’tkazish va lisenziya
berish keng rasm bo’lganligini e’tiborga olsak, o’qituvchi doim o’z malakasini
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
119
oshirib borishga majbur bo’ladi, aks holda u o’qituvchilik lavozimidan mahrum
bo’lishi mumkin.
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab haqida yuqorida
bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o’z ta’lim tizimidagi o’zaro ta’lim
tizimlarimizda joriy qilish Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan
keyin boshlandi. Bu sohada bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar,
xorijiy davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar.
Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo’yicha xorijiy
davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.
Respublikamiz Oliy majlisining 1 - chaqiriq 1X-sessiyasida ta’limga oid ikki
muhim hujjat - «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»ning qabul qilinishi mamlakat ta’limini jahon andozalariga, rivojlangan
xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan
voqyea bo’ldi.
Bizning maktabimiz jahonda eng ilg’or maktablar bo’lib qolishiga Respublika
rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart-sharoit yaratilmoqda. Bizning
ta’lim tizimimiz ham jahonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli
ham AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan
mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlarda
Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baho berildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi
kunda eng muhim vazifa - mustaqil O’zbekistonning hozirgi ta’lim tizimlarini
istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari
bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarni o’zlashtirish, yangi-yangi
samarali o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari
darajasiga olib chiqishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy
davlatlardagi quyidagi ilg’or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo’llay bilishimiz
maqsadga muvofiqdir. Chunonchi :
Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
a) bolani o’z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
b) o’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish
uchun kurash;
v) bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g’ururini yerga
urmaslik;
g) o’quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish;
d) Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va x.k
Yaponiya ta’limidagi:
a) bolani maktabga puxta tayyorlash
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar mas’uliyatini
kuchaytirish;
v) o’quvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan
e’tibor;
g) o’qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
120
Germaniya ta’limidagi:
a) tabaqalashtirib o’qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) o’quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yo’naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish;
b) boshlang’ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
v) o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor;
g) o’quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam
aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko’chsa, bizning
pedagogikamiz olg’a qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi.
Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o’zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar
asosida kirib keladi. «Zo’rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda
ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli ham,
har bir pedagog, har bir tadqiqotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb,
yurtim deb kuyib yonadigan bo’lmog’i, «o’z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat
menga nima berdi deb emas, balki men davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan
mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
Nazorat savollari :
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif
taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini sharhlab bering ?
2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi «ta’limni tabaqalashtirish»
usullarini izohlab bering ?
3. AQSh da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega ?
4. AQSh ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan O’zbekiston ta’lim
tizimidan farq qiladi ?
5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o’ziga xos xususiyatlarini
ko’rsating.
6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab bering?
7. Yaponiyada o’qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang ?
8. Fransiya ta’lim tizimini ilg’or jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi ?
9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering ?
10.
Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi
ta’lim tizmidagi o’zaro uyg’unlik jarayonini izohlang?
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |