O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 92,61 Kb.
bet13/14
Sana25.05.2023
Hajmi92,61 Kb.
#944051
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi s

X U L O S A


Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv nateriallari ayniqsa diqqatga sazovordir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda arxiv hujjatlarni qayta tadqiq va tahrir etish masalasi alohida e’tiborga molik. Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqboli ravnaqi masalasi muhim o’rin tutadi. Chunki moziy saboqlari o’tmish tajribalarini o’rganishning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham bor. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha taraqqiyot konsepsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli vatan tarixiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Arxiv hujjatlari jamiyatmizning kundalik hayotida, xususan xalq xo’jaligida muhim o’rin tutadi. Arxiv hujjatlaridan o’tmish ajdodlarimiz mehnatining samarasi o’z aksini topgan bo’lib, ularning tajribalari bugungi kunda qo’l kelishi mumkin.
Mavzuni o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  • Tuproqqal’adan topilgan arxiv hujjatlari o’zbek xalqi va davlatchiligi tarixining eng kam o’rganilgan qadimiy Xorazm afrig’iylar sulolasi davrini yoritishda muhim rol o’ynadi. Ushbu hujjatlar afrig’iy xorazmshohlar davriga oid bo’lib, charmga, yog’ochga va taxtachaga yozilgan. Tuproqqal’a hujatlarining o’rganilishi afrig’iy xorazmshohlar davrining nafaqat siyosiy, balki xo’jalik vaijtimoiy-iqtisodiy hayotini ham to’liq ochib berishga xizmat qiladi.

  • Mug’ tog’idan topilgan Sug’d tilidagi hujjatlar O’zbekistonning ilk o’rta asrlar tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Sug’d arxivi hujjatlari Divashtichning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va o’sha davrdagi kishilarning turmush tarzi, xo’jalik hayotini yoritib beruvchi muhim manbadir.

  • Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarining bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya`ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.

Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar materiallari 1876-yili Peterburgga - Imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Qo‘qon va Xiva xonliklari hujjatlari 30-yillarning oxirigacha e`tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay kelindi. Keyin bu arxivlar qayta «topilib», ularning Xiva, Qo‘qon arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng ulardan keng foydalanish boshlandi.
Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib 1939-yilda tarixchi olim P.P.Ivanov o‘rganib chiqib. Bu arxiv to‘g‘risida xabar beradi.
Qo‘qon arxivi haqida tarixchi A.L.Troitskaya 1968-yilda «Каталог архива кокандских ханов ХIХ века» nomli ma`lumotnomasini e`lon qilgan edi. 1962-yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan edi. Ushbu arxiv hujjatlarining tarix fanida iste’molga kiritilishi o’zbek xonliklari tarixining siyosiy, ma’muriy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yoritib beruvchi eng asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

  • O‘rta Osiyo xonliklari, Xiva, Buxoro davlat hujjatlari, qozixona, devonxona hujjatlari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlar deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Ayrim mavjud materiallar esa o‘lkani Rossiyaning bosib olisha jarayonidagi harbiy to‘qnashuvlar davrida yo‘q qilib yuborilgan.

Bosib olingan joylardan xonliklarning kutubxonalari va arxiv hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday chora-tadbir ko‘rilmagan. Yerli arxiv ishlari nazoratsiz qolgan, faqat birgina general-gubernator kanselyariyasi arxivi ko‘ngildagidek olib borilgan, xolos.

  • Sovetlar tuzumi davrida, butun Turkistonda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston davlat arxivi tashkil etilib, joylarda maxsus arxiv muassasalari yuzaga kelishi bilan ham Qo‘qon va Xiva xonliklarining arxivlari O‘zbekistonga qaytarilmadi. Lekin, shuni alohida ta`kidlash kerakki, 20-30 yillarda dinga qarshi kurash niqobi ostida, keyinroq ruslashtirish siyosati natijasida ko‘p milliy - tarixiy hujjatlar yo‘q qilib yuborildi. Arxiv ishi shaklan

takomillashib borgan bo‘lsa-da, bu boradagi ko‘p milliy - tarixiy tushunchalar, atamalar iste`moldan chiqib ketdi, ish yuritish qariyb butunlay rus tilida olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Turkiston general - gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O‘zbekistonning oktabr to‘ntarishidan keyingi davr, sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanmoqda. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig’ma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta va boy arxivdir. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati ana shu hujjatlarini har tomonlama o‘rganib, tarix darslarida foydalanish, va yoshlarni shu yo‘l bilan har tomonlama garmonik rivojlangan qilib yetishtirish vazifasini yuklamoqda.
O‘z RMDAda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Turkiston general-gubernatorligiga qarashli, hozirda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uyezdlar, volostlar, muasasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar mujassamlashtirilgan. Bu hujjatlardagi Turkistonda chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, rus xalqi bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqining madaniy aloqalari, chorizm boshqaruv apparati va tashkilotlarining bekor qilinishi haqidagi xilma-xil va boy materiallar O‘rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston tarixini o‘rganishda bebaho durdona bo‘lib xizmat qiladi.
Arxivda Turkiston o‘lkasidagi chorizm hukumatining ma`muriy tashkilotlari faoliyatiga doir hujjatlar to‘lig‘icha saqlangan.
Xulosa qilib aytganda, arxiv hujjatlari O’zbekiston tarixini o’rganishda eng asosiy birlamchi manbadir. Chunki saqlangan hujjatlar, asosan, davlat mahkamasiga oid bayonnomalardan tashkil topgan edi. Aynan ushbu hujjatlar o’sha davr hayotini o’zida yetarlicha aks ettira oladi, o’sha davr haqida afroflicha xulosalar yaratishimizga asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 92,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish