Davlat va jamoa yerlari;
Vaqf yerlari;
Xususiy yerlar;
Yer oldi-sotdisi;
Yerga va kochmas mulkka egalik qilish bo’yicha ishlar;
Yerni va ko‘chmas mulkni ijaraga qoldirish bo’yicha ishlar;
“Harbiy unvonga ega bo’lgan kishilarni tanobona solig’idan ozod etilishi” deb nomlangan bobda sanalashtirilgan hujjatlarning ko’pligi bois materiallarni joylashtirishning xronologik tamoyiliga amal qilingan.
XIVA XONLIGI VA BUXORO AMIRLIGI TARIXINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARINING O’RNI
O’zbekiston tarixi o’rganuvchi tadqiqotchi uchun arxiv materiallari va hujjatlarining naqadar kata ahamiyati bortligini Xiva xonlarining arxivi misolida ko’rish mumkin. Xiva xonining arxivi borligi fan olamiga ma’lum emas edi. V.V.Bartold bu arxivni bevosita O’rta Osiyoda, shuningdek Moskva va Lelingrad arxivlaridan ko’p marta qidirib ko’rdi, biroq hech narsa topa olmadi49.
Darhaqiqat Xiva xonlari arxivi tarixning bu davrini elchilarning, sayyohlarning bir yoqlama xotiralariga qarab o’rganishga chek qo’yadi. Ppofessor P.P.Ivanov Lelingraddagi Saltikov-Shchedrin nomla xalq kutubxonasidan hujjatlartopib Xiva tarixiga oid tadqiqotlarning doirasini kengaytirishga muvaffq bo’ldi. Ivanov 1936 yilda kutubxonanning qo’lyozma bo’limining ro’yhatga olinmagan fondlaridan XIX asrdagi Xiva xonlari arxivini topgan edi. Bu arxiv 1873 yilda rus qo’shinlarining Xiva qilgan urush vaqtida Peterburgga olib ketilgan. Xalq kutubxonasida bu noyob arxivning faqat bir qismigina saqlanib qolganligi aniqlanda. 1948 yildaXiva arxivining hech kimga ma’lum bo’lmagan ko’pgina noyob daftarlari topildi. Bular xalq kutubxonasida P.P.Ivanov tamonidan topilgan kolleksiyani ancha to’ldiradi va uni qimmatliroq qiladi. Shunday qilib umumiy hajmi o’n bir ming varaqdan iborat qimmatli Xiva xonlari arxiviga ega bo’ldik. Birinchi marta to’la to’kis o’rganilayotgan Xiva xonlari arxivi Xivaning o’tmishi haqida ko’pgina yangi va muhim ma’lumotlar beradi. Bu arxiv xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, davlat tuzilishini, harbiy kuchini, madaniyatiniva urf-odatlarini mukammal yoritib beradi. Arxiv Xiva xonligining Rossiya bilangina emas balki, Eron. Hindiston va boshqa qo’shni mamlakatlar bilan qilgan aloqalariniing muhim tamonlarini o’z ichiga oladi. Arxiv materiallaridan ma’lum bo’lishich Xiva
49 Крачковский И.Ю. Предисловие к книге П.П Иванова “Архив Хивинских ханов ХIX в” Л,. 1940, c.17
xonligining asosiy boyligi yerbo’lgan va yerning asosiy qismi mulkdor zamindorlar qolida bo’lgan. Yerni ijarachi dehqonlar ijaraga olib o’zlashtirganlar. Arxiv hujjatlarida agrar munosabatlar, soliq tizimi va turli hil majburiyatlar masalasi ham yoritib berilgan. Arxiv fondlari orasida saroy harajatlarini ko’rsatuvchi juda ko’p hujjatlar bor. Bu hujjatlar xon budjetiniing qanday sarflanganligini aniq qilib ko’rsatadi. Chunki daftarga arzimagan mayda harajatlar ham yozib borilgan. Huddi shu hol bu hujjatlarning ilmiy qimmatini oshirish bilan birga ularni muhim tarixiy manbaga aylantiradi. Saroy harajatlariga doir materiallarni sinchiklab o’rganish orqali biz saroy turmushini, xon boshliq amaldorlarning faoliyatini o’rganamiz. Harajat daftarlariga yozilgan ma’lumotlar Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida jamiyat hayotida yuz bergan o’zgarishlarni bilib olishga imkon beradi. Xiva xonligi tarixida bo’lib o’tgan biror voqeaning yuz bergan vaqtini aniq aytib berish arxiv materialllarining asl nushalari topilganiga qadar mumkin bo’lmagan edi. Mazkur arxiv hujjatlarining o’sh davrda tartib bilan yozib borilishi, to’planishi va saqlanishi ham Xiva xonligi madaniyati, jumladan o’zbek xalqining boy va yuksak madaniyati hamda taraqqiyotidan dalolat beruvchi ishonchli omillardan biri hisoblanadi50.
Arxiv hujjatlaridan biz yuqoridagi harajatlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun qilingan o’ziga hos harajatlar to’g’risida ma’lumot olamiz. Masalan Xiva xonligida o’zini ko’rsatgan harbiy amaldorlarga mukofot tariqasida pul, yer-suv, chorva va qimmatbaho buyumlar berilar edi. Turli jun mat ova choponlar bilan mukofotlash usuli ham keng tarqalgan edi. Ayrimhollarda mukofot tariqasida pichoqlar berilar edi. Xon sulolasiga mansub bo’lgan kishilarga va ko’zga ko’ringan amaldorlarga fahriy yorliq tariqasida oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kamarlar ham taqdim qilinar edi.
Xonlar va kata yer egalari hokimiyatni o’z qo’llariga olganlaridan keyin o’zlarining shaxsiy manfaatlarini qondirish uchun ko’plab harajatlar qilgan.
50 Крачковский И.Ю. Предисловие к книге П.П Иванова “ Архив Хивинских ханов ХIX в” Л, 1940, c.17
Jamiyat ehtiyojlari uchun nihoyatda kam pul sarflangan. Xiva xonlarining arxivida saqlangan 1910 yildagi qilingan harajatlardan misol keltiramiz. Bu harajatlar o’zharakteriga ko’ra xonlik ma’muriyatining XIX asrdagi o’rtacha yillik harajatlaridan deyarli farq qilmaydi51:
Saroy harajatlari – 36.557 tillo
Xon hazrati oliylari 945 tillo oldilar.
Xonning bank orqali qilgan harajatlari – 4729 tillo.
Xonning idora (konselariya)si orqali qilingan harajatlari – 5000 tillo.
Ko’hna urgancha qilingan harajatlar – 506 tillo.
Xonning qo’shimcha shaxsiy harajatlari – 280 tillo.
Xon posponlariga shaxsan berilgan pullar – 415 tillo.
Xon uchun Peterburgdan kolyaska olib kelgan ruslarni kutib olish uchun qilingan harajatlar – 889 tillo.
Amaldorlarga berilgan pullar – 16900 tillo.
Ayrim amaldorlarga berilgan pullar – 90 tillo.
Mehtar va qushbegining idora harajatlari – 280 tillo.
Suv toshqini munosabati bilan qilingan haraatlar – 1284 tillo.
Ko’hna Urganchdagi kanalni qazuvchilarga to’langan pullar – 1000
tillo.
Yuqorida zikr etilgan faktlar xonning qanday hukmronlik qilganidan
dalolat beradi.
Arxiv hujjatlarida Xiva xonligidagi madaniy hayot, madrasalar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. 1872 yilda Xivada Sayid Muhammad Rahimxonning buyrug’i bilan 76 hujrali madras qurib bitkazildi52. Madrasa ihtiyoriga xon tamonidan 2941 tanob vaqf yer ajratib berildi. Madrasa qurib bitkazilgandan keyin uning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi. Arxiv hujjatlarida biz ushbu marosimni o’tkazish bilan bog’liq xon va uning
51 Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. Т, 1960, 13 б.
52 Иванов П.П “Архив Хивинских ханов ХIX в” Л, 1940, c.28
amaldorlariga berilgan son-sanoqsiz harajatlar 7-daftardan o’rin olgan. Shuni qayd qilish kerakki bu daftarga mayda-chuyda harajatlar ham tartib bilan yozib borilgan. Bu esa arxiv daftarlarining hujjat sifatidagi qiymatini juda oshirib yuboradi. Harajat daftarlaridagi yozuvlar Tovar-pul munosabatlarining o’sishi natijalarini qisman bilib olish imkioniyatini beradi. Ancha ilgariroq yozilgan harajat daftarlaridan biz xonlikda ho’jalikning natural formasi ustunligini ko’ramiz. Xonlik uchun bajarilgan turli ishlar va qilinga xizmatlar uchun faqat g’alla bilan haq to’langan. Arxiv hujjatlaridan ma’lum bo’lishicha keyinroq davlar iqtisodiyotida yuz bergan o’zgarishlar munosabati bilan saroy xazinasida natural harajatlardan bevosita pul harajatlariga o’tilgan. Bunday hodisa 1855-yilda yuz berganligi aniqlandi. Xonlik tarixidagi biron-bir voqeaning qachon sodir bo’lib o’tganini to’g’ri aniqlash arxiv hujjatlarining asl nusxasi topilgandan keyingina aniqlandi. Arxiv hujjatlari faqat saroy ichki hayotini to’liq yoritibgina qolmay balki, Xiva xonligidagi xalq ommasining ahvolini ham aks ettirar edi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, nima uchun Xiva xonligining rasmiy markazlashgan arxivi XIX asrdagina vujudga kelganligiga arxiv materiallarining o’zigina javob beradi. Arxiv hujjatlarida asosan yerdan olinadigan soliqlar to’g’risida ma’lomot bor. Olinadigan soliqlarning miqdori yozilgan daftarlar arxiv materiallarining anchagina qismini tashkil etadi. Boshqa hujjatlarda esa soliqlarning qanday sarf etilganligi ham yoziladi. Demak bu hujjatlar avvalo Xiva xonligining xo’jalik manfaatlari nuqtayi nazaridan yozib borilgan. XIX asr boshlarida Xiva xonligida hujjatlarini saqlash ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. 1830-1832-yillarda Toshhovli saroyini qurgan Ollaqulixon davlar arxiviy daftarlarini saqlashga alohida e’tibor bergan. Toshhovlida hujjatlar saqlanadigan mahsus oylar qurilgan edi53. Tarixchilarning bergan ma’lumotlariga qaraganda saroydagi arxiv hujjatlari xazina bilan bir qatorda alohida binoda juda ehtiyotkorlik bilan maxfiy holda saqlangan. Arxiv hujjatlarini nazorat qilib turish uchun alohida
53 Иванов П.П “ Архив Хивинских ханов ХIX в” Л 1940 c.31
kishilar ham ajratilgan. P.P.Ivanov arxiv daftarlarini tekshirgan vaqtida ularga tartib raqamlarini o’z ixtiyoricha qo’ygan. Bu raqamlar Saltikov-Shchedrin nomidagi xalq kutubxonasidagi arxiv materiallarni inventarizatsiya qilish vaqtida qo’yilgan raqamlarga to’g’ri keladi. Masalan: P.P.Ivanov tamonidan tavsif qilingan 2-daftarga Xiva xonlari saroyida 13 raqami, 88-daftarga2 raqami, 70-daftarga esa 4 raqami yozilgan. Bu raqamlar daftar muqovasiga kata qilib yozilgan. Ammo hamma daftarlarga ham tartib raqami qo’yilmagan. Bu daftarlarni tartibga solganda saroydagi ish yurutuvchilar ularning tashqi ko’rinishiga qarab raqamlagan bo’lishi mumkin. Harajat daftarlarining ayrin guruhlari o’z muqovasining hajmi, rangi va formati jihatidan boshqa daftarlardan ajralib turadi. Masalan: soliq daftarlari charm muqovali bo’lib, ularning hajmi odatda oddiy yozuv qog’ozining 8/1qismiga to’g’ri keladi. Saroy harajatlari yozilgan barcha daftarlar karton muqovali bo’lib, formati yozuv qog’oziga barobardir.
Kanallarni tozalash, to’g’onlarni mustahkamlash, yo’llar qurish singari ishlarni bajarish uchun yuborilgan kishilarning ro’yxatlari yozilgan daftarlarning formati ham huddi yuqoridagicha bo’lgan. Bu daftarlar boshqa daftarlarga nisbatan ko’p sahifali bo’lib ular pishiq charmdan muqova qilingan. Xonlikning mahfiy harajatlari yozilgan, faqat saroyning o’zidagina saqlanadigan daftarlarning muqovalari oddiy kartondan qilingan. Shunday qilib arxiv daftarlarining tashqi ko’rinishi muayyan maqsadga, xon saroyi ma’muriyatining amaliy talabiga muvofiq ishlangan. Daftar varaqlari hech biri sahifalanmagan. Daftar varaqlari juda qadim zamonlarda qo’llanilgan usul bilan bir-biriga moslashtirilgan, yana har bir varaqning boshlanishida undan oldingi varaqdagi so’z takrorlangan54. P.P.Ivanov ishni osonlashtirish maqsadida betlarni qo’shaloq qilib ham raqam bilan ham harflar bilan sahifalagan. Xiva davlati arxivi daftarlari o’rganilganda ularning betiga qo’yilgan raqamlarga emas, balki huddi qo’lyozmalardagi kabi har bir raqam
54 Йулдошев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари Т, 1960, 13 б
va harflarga murojat qilinadi.
1873-yilda tushirilgan nodir fotosuratlar ham Xiva xonliugiarxividan topilgan. Ana shu fotosuratda tasvirlangan kishilar ya’ni Muhammad Sharif Devon, Muhammad Yoqub Harrot Devon, Hudoyberdi Mahdum va Hudoyberdi Muhrkanlar ushbu hujjatlarni yozganlar.
Arxiv hujjarlarining tili, xati va uslubi o’ziga hos hususiyatga ega. Chunki bu hujjatlar chet kishilar uchun emas, balki bir kichik guruh uchun yozilgan.
XIX asrdagi Xiva xonlari arxivini to’la-to’kis tekshirish va chuqurroq yoritish maqsadida M.Y.Yo’ldashev turli hil qo’shimcha materiallardan ham foydalandi. Hammadan avval 333 daftardan iborat va 1873-yildan boishlab xonlikning oxirgi kunlarigacha bo’lgan davrini o’z ichiga olgan Xiva xonlari arxivini chuqur o’rganib chiqdi. Hozir Xiva xonlari arxivi O’zbekiston Markaziy davlat arxivining 125-fondida saqlanadi55.
Xiva arxivini o’qish davrida tarixchilarning shu masalaga ta’luqli og’zaki materiallari, shu umladan xon arxivi tarkibiga kirmagan, nashr qilinmagan qo’lyozmalardan M.Yo’ldashev foydalangan. Arxiv materiallari orasida Rossiyaning Xiva yurishida qatnashgan A.L.Kunning yuz varaqli kundalik daftari bor. Kundalikda muhim geografik va etnografik ma’lumotlar mavjud. Xiva xonligi aholisi tarkibi to’g’risida ma’lumotlar beriladi va xonlik aholisi 700 ming kishiga yaqin deb ko’rsatiladi. A.L.Kun Xiva xonligidagi shahar va qishloqlarning asosiy aholisi bo’lgan o’zbeklar hayotini to’la tasvirlab beradi. Ayniqsa, qo’ng’irot urug’i to’g’risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Shuningdek xonlikda yashovchi qozoqlar, qoraqalpoqlar to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar beradi.
Arxiv hujjatlarida Xiva xoni Olloqulixonning o’g’li deb tanitilgan Xivalik Abdulaziz To’raning rus armiyasi ofitserlariga bergan ma’lumotlari Xivaning siyosiy-ijtimoiy hayoti to’g’risidagi muhim hujatdir.
55 Иванов П.П. Архив Хивинских ханов ХIX в. - Л, 1940, c.131
Xiva xonligi tarixini o’rganishda akademik V.V.Bartoldning shaxsiy arxivi alohida diqqatga sazovordir. Xiva tarixini o’rganish vaqtida Xiva tariximuzeyining kata ilmiy hidimi A.Boltaevning “Xorazm tarixiga oid muhum materiallar” asari muhum manba bo’ldi. Xiva tarixiga oid hujjatlarni tavsiflash, o’qish, o’rganish van ash qilish juda muhim vazifadir. Chunki ular nafaqat Xiva xonligining tarixini, balki O’zbekiston tarixini o’rganish uchun nihoyatda qimmatli vabirinchi darajali ma’lumot va faktlarni o’z ichiga oladi. Ikkilanmay shuni aytish kerakki, bu hujjatlarni qaysi jihatdan olib qaramaylik ularning tarixiy, iqtisodiy, lingvistik, taponomik va madaniy qimmati darhol ko’zga tashlanadi.
Arxivshunoslik tarixiga nazar tashlasak,Turkiston bosqinidan oldingi yillarda arxiv manbalari maskur o`lka xonliklarida mavjud bo`lganmi yoki yo`kmi, masalasida turli bahslar mavjud edi. Oktabr to`ntarishiga qadar hatto rus tarixchi tadqiqotchilari ham «o`lka xonliklarida arxiv jamg`armasi mutla`qo bo`lmaganligi to`g`risida»ma’lumotlar yozib qoldirishgan.A.A.Semyonov, V.A.Vyatkinlar shuni targ`ib qilganlar. Masalan:V.A.Vyatkin o`sha paytdagi so`rovlarga quyidagicha javob qaytargan: «Siz mendan xat orqali Turkistonni ruslar bosib olish paytida bu yerdagi shaxsiy va boshqa arxivlar bor, yo`qligini so`ragansiz. Shu ma’lum bo`ldiki,o`lkada hech qanday shaxsiy arxivlar bo`lmagan, bundan tashqari, davlatga qarashli arxivlar va qogozlar ombori ham bo`lmagan»56.
Vaholanki, 1931yilda Buxoro amirligining arki yerto`lasida tartibsiz yotgan 77764 dona o`ram topilgan.Bu o`ramlar arab grafikasida tojik tilida yozilgan. Ko`rib chiqilgach O`zbekiston Markaziy davlat tarixiy arxiviga topshirilgan. Keyinroq, bu arxivlar tartibga solinib,«Qushbegi mahkamasi arxivi» bilan nomlandi.
Bugunda «Qushbegi mahkamasi arxivi» haqida qator tarixchi
56 Туркестанские ведомости // 1873г., № 50.
olimlarimiz ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.Jumladan,tarixchi olimlarimizdan G.Yu. Ostonova57, A.Muhammadjonovlar maskur arxiv to`g`risida qator ilmiy maqоlo-lalarni e’lon qilishdi.Ilmiy maqolalarda Buxoro amirligiga qarashli hududlar geografiyasi va ekalogik sharoiti, joy nomlari toponimlari hamda bu hududlarda sodir bo`lgan davriy o`zgarishlar o`z aksini topgan.
Hozirda «Qushbegi mahkamasi arxivi» O`zbekiston Markaziy arxivida saqlanmoqda.Bu yerda Buxoro amirligiga tegishli 100 mingga yaqin tarixiy hujjatlar 126-raqami bilan qayd etilgan. Saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosan XVIII asr oxiri XX asr boshlari, ya’ni, Buxoro amirligida mang`itlar sulolasi hukumronlik yillariga oiddir. Bu tarixiy xazina 77764 daftar (delo) dan iborat.
«Qushbegi mahkamasi arxivi» da Buxoro amirligiga qarashli hududlar, ularning boshqaruv tartibi haqida tarixiy ma’lumotlar berilgan bo`lib, fan uchun nihoyatda qimmatlidir. Masalan, amirlikda joylashgan 27 ta viloyat, 11 tuman 306 amlokdorilik, 250 mavzuy, 4969 ta machit hamda 10000 dan ortiq qishloq, «daha», «bekcha», «ko`rg`oncha», «ravoba» kabi joynomlari qayd etilgan. Tarixchi A.Muxammadjonovning fikricha,80 ta qishloq aholisi joylashgan hudud bir tuman deb hisobga olingan. Shuningdek, arxiv hujjatlarida ayrim viloyatlar guzarlarga (Nurota) ya`ni ravobalarga (Qorategin) hamda oqsoqollikarga (Rushon va Shug`non) bo`linganligi haqida hujjatlar guvohlik beradi.
Hujjatlarda Karmana viloyati haqida ham ma’lumotlar bo`lib, unda har bir amlokga qarashli mavzelar va shu mavzey hududida joylashgan machitlar, har bir machitga birikkan turar joylar nomma - nom qayd etilgan. Eng muhimi shundaki, hududlardagi machitlar soni ham arxiv hujjatlarida nomma–nom berilgan. Arxiv hujjatlarida jami 4969 ta
57 Ostonova G.Yu. Qushbegi arxivi Buxoro tarixini o`rganishda asosiy manba (XIX – XX asr boshlari). T. 2002. To`plam, №11.
machitning nomi qayd etilgan. Bu ma’lumotlar mazkur hududlarda yashovchi aholining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti haqida ham aniq ma’lumotlar bera oladi. Karmana viloyatiga tegishli Komi Mug (Konimex) amlokdorligi ham hududlari keng bo`lganligi sababli tuman deb yuritilib, uni amir tomonidan tayinlangan bek boshqargan.Shuningdek, hududlarda mavjud qozilik sudi, shariat orqali ajrimlarnini aniqlash tartibi masalalari ham keltirilgan.
Ma’lumki, Buxoro amirligi hududida joylashgan shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlash qiyinchilik tug`dirgan.
Sug`orish tarmoqlari kanallar, «kom», «rud» suvlari yetib bormagan hududlarda dehqonchilik qilish ancha og`ir kechgan. Jumladan Nurota bekligida «kanda»,«rud» qazilib ulardan suv chiqarish og`ir mehnatni talab qilgan.Aholi ayniqsa,shaharda,chashma suvidan unumli foydalanishgan.Bir kecha kunduz davomida miroblar tomonidan taqsimlangan suv «bir qirra ob» yoki «ikki qirra ob» hisobi bilan qayd etilgan58. Hosil yig`ishtirib olingach, shu hisob bilan yer solig`i to`langan. Hujjatlarda qator korizlar nomlari keltirilgan. Shunisi tajjubliki,hozigacha korizlar nomlari aynan o`zgarmas-dan xalq tilida shunday atalib kelinmoqda. Hujjatlarda suv inshoatlarini qurish bilan bog`liq ma`lumotlar kop uchraydi. Ma`lumki shu davrda bir necha suv inshotlarini qurish va unga yo`nilgan tosh,pishiq g`isht,suvga chidamli qurilish qorishmalaridan bandlar, novlar, ko`priklar,sardobalar va korizlar qurilgan.Bu inshootlar mamlakatda ishlab chiqa-rishni,ayni paytda fan va madaniy rivojlanishni yuksalishiga turtki bo`lganiga ajablanmasa ham bo`ladi. 1,5 mln.kub suvni to`plash imkoniyatiga ega bo`lgan Xonbandi nomli suv omborining qurilishi, xalqimiz undan uzoq yillar foydalanib kelganligi fikrimizni tasdiqlaydi.
«Qushbegi mahkamasi arxivi»da Zarafshon vohasi shahar va qishloqlarning nomlari ham turlicha ko`rsatilgan. Fikrimizcha, tarixchi
58 Ostonova G.Yu Qushbegi arxivi Buxoro tarixini o`rganishda asosiy manba (XIX – XX asr boshlari). T. 2002. To`plam, №11.
tadqiqotchilar, magistirlar oldida shu masalaga ilmiy jihatdan oydinlik kiritish muammolari turibtiki, ayrim holatlarda bu bahsli munozaralarga ham sabab bo`lishi mumkin. Chunonchi, Nurotadagi Mozor qo`rg`oni aslida Al-Buxoriy deb nomlangan. Hozirgacha bu nomdagi hudud mavjud, lekin nega shunday nomlangani haqida ma`lumotlar etarli emas. Yoki, eshonlar yashagan hududlar, joy nomlari toponimiyasi haqida ham ayrim noaniqliklar mavjud. Aslida joy nomlari toponimikasi soliq olinadigan hududlar asosida ko`rsatilgan, xalq tilida esa boshqacha atalib kelingan bo`lishi ham mumkin.
Xulosa qilib aytganda, mazkur arxiv hujjatlarda O’zbekiston tarixini o`rganish va har tomonlama tahlil etish, ilmiy ahamiyatga molikdir.
Tuproqqal’adan topilgan arxiv hujjatlari o’zbek xalqi va davlatchiligi tarixining eng kam o’rganilgan qadimiy Xorazm afrig’iylar sulolasi davrini yoritishda muhim rol o’ynadi. Ushbu hujjatlar afrig’iy xorazmshohlar davriga oid bo’lib, charmga, yog’ochga va taxtachaga yozilgan. Tuproqqal’a hujatlarining o’rganilishi afrig’iy xorazmshohlar davrining nafaqat siyosiy, balki xo’jalik va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ham to’liq ochib berishga xizmat qiladi.
Mug’ tog’idan topilgan Sug’d tilidagi hujjatlar O’zbekistonning ilk o’rta asrlar tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Sug’d arxivi hujjatlari Divashtichning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va o’sha davrdagi kishilarning turmush tarzi, xo’jalik hayotini yoritib beruvchi muhim manbadir.
Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarining bir qismi saqlangan xolos. Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya`ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari to‘la saqlangan.
Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. Chorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar materiallari 1876-yili Peterburgga - Imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Qo‘qon va Xiva xonliklari hujjatlari 30-yillarning oxirigacha e`tibordan chetda qolib, umumiy ishda
foydalanilmay kelindi. Keyin bu arxivlar qayta «topilib», ularning Xiva, Qo‘qon arxivlari ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng ulardan keng foydalanish boshlandi.
Xiva xonlari arxivini birinchi bo‘lib 1939-yilda tarixchi olim P.P.Ivanov o‘rganib chiqib. Bu arxiv to‘g‘risida xabar beradi.
Qo‘qon arxivi haqida tarixchi A.L.Troitskaya 1968-yilda «Каталог архива кокандских ханов ХIХ века» nomli ma`lumotnomasini e`lon qilgan edi. 1962-yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan edi. Ushbu arxiv hujjatlarining tarix fanida iste’molga kiritilishi o’zbek xonliklari tarixining siyosiy, ma’muriy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yoritib beruvchi eng asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |