Xiva xonligi va Buxoro amirligi tarixini o’rganishda arxiv hujjatlarining o’rni 50-60
BOB. MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM DAVRINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARINING O’RNI
Mustamlaka va sovet davri tarixini o’rganishda О’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida
saqlanayotgan hujjatlarning ahamiyati 61-70
2. Mustamlaka davrida Turkiston tarixini o’rganishda arxiv fondlaridan foydalanish 71-75
XULOSA 76-78
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 79-81.
KIRISH
Tadqiqotning dolzarbligi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Ma’naviyatni tiklashda, davlatimizni ma’naviy rivojlantirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Har bir xalq, har bir millat uzoq tarixiy taraqiyot bosqichlarini, murakkab etnik va madaniy jarayonlarni boshdan kechirib, asrlar osha bugungi daraja va maqomlarga erishgan. Biroq, milliy o‘zlikni anglash, sog‘lom etnik tuyg‘u, etnosga xos ma’naviy dunyoning mohiyatini bilish uchun muhim omillardan biri tarixni bilishdir. O‘z navbatida tarixni bilishning omillari, ayniqsa, manbaviy asoslaridan xabardorlik o‘zlikni bilishning poydevorini yanada mustahkamlaydi. Zero, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas1. SHu ma’noda ushbu dissertatsiya O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv hujjatlari, ularning o‘tmishimizni o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
Mustaqillik yillarida yurtimizda hujjatlarni jamlash va saqlash ishiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Mulkchilikning turli shakllariga o‘tilishi bilan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlari tegishli davlat arxivlari bilan kelishilgan holda saqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Arxivlar to‘g‘risida”gi hamda 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida arxiv ishini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab berilganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. Mazkur qarorlarning qabul qilinishi, arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabatning shakllanganligi tadqiqotchilarimiz uchun ulkan imkoniyatlar manbaini ochib beradi. Zero, arxivlar hujjatlari tariximizning asosiy
1 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. T. "Шарқ". 1998. -.29б.
mazmunini ochib baradigan bitmas-tuganmas manbadir. Davlatimiz tomonidan arxiv ishiga e’tibor, hujjatlarni saqlash va ularni avlodlarga etkazish ishiga katta e’tibor qaratilgan ekan, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni o‘rganish va ularni ilmiy muomalaga kiritish, tariximizning haqqoniy tarixini yoritishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |