Kichik guruhlar
- hamisha bog‗langan umumiylik bo‗lib, unga kiruvchi
shaxslarning o‗zaro birgalikdagi real harakati va ular o‗rtasidagi real o‗zaro
munosabatlar bilan bog‗langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo‗lishi, ya‘ni
yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o‗rnatilgan
strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‗yilgan rahbarlikka ega bo‗lishi mumkin.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar social jihatdan taqozo
etilgan faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗langandir.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng
muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo
munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig
natijasidir.
Shaxslararo tanlash. Yahshi o‗quvchi bo‗lish mumkin va lekin o‗rtoqlariga
yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo‗lishi va lekin ko‗pchilik uchun
aziz bo‗lib qolishi ham mumkin. Hush ko‗rish - hissiyotga ko‗ra afzal
ko‗rish - guruhdagi tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib
etishda g‗oyat muhim omildir.
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal
ko‗rishlarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‗rishlarni qayd qilishi
tehnikasini taklif etdi. Buni u sosiometriya deb atadi. Sosiometriya
yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh
a‘zolarida namoyon bo‗ladigan afzal ko‗rishning, bu farqlik hush
ko‗rmaslikning mikdoriy me‘yorini aniqlash mumkin. Sosiometriya
guruh a‘zolarining bir-birlarini hush ko‗rishi yoki hush ko‗rmasligini
aniqlashda keng ko‗llaniladi. Guruh a‘zolarining o‗zlari bunday munosabatlarni
anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida
o‗zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sosiometriya metodi juda ham tezkor
273
bo‗lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda
ifoda etilishi mumkin.
Sosiometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo‗lishni hohlarding?»
degan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri savol turadi. O‗qishlar o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarning hohlagan jabhasiga tatbiqan qo‗yilishi mumkin: sen kim bilan
birga bitta partada o‗tirishni, dam olishni, vaqtichog‗lik qilishni, ishlashni
hohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‗nalishi - birgalikda
mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog‗lik qilish sohasidagi yo‗nalishlari tavsiya
qilinadi. Bu o‗rinda tanlashning maqbulligi darajasiga aniqlik kiritilishi va
tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo‗lishi ham
mumkin. Tanlashlarni tanlash matrisasiga tushirish chog‗ida yanada tahlil etish
o‗zaro hush ko‗rish va hush ko‗rmasliklarning murakkab tarzda chatishib
ketganligini, sosiometrik «yulduzlar», «bahs boylash»larning mavjudligini va bu
qarama-qarshi tomonlar o‗rtasidagi oraliq bo‗g‗inlarning butun ierarhiyasini
ko‗rsatib beradi. Sosiometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha
yo‗q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlari manzarasi etarli
darajada aniq-ravshan ko‗rsatilgan bo‗lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo‗li bilan
aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to‗g‗ri kelgan bo‗lardi.
Har qanday guruhni uning a‘zolarining o‗zaro birgalikdagi harakati
jarayonida hosil bo‗ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish
mumkin.
Guruhga sosiometrik jihatdan yondashilgan tavdirda hayrihohlik va
yoqtirmaslik shaxslararo munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili
bo‗lishni, munosabat bog‗lashni, ishlashni, dam olishni, vaqtichog‗lik qilishni
hohlagani uchun tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini alohida
ajratib ko‗rsatishiga, guruhni o‗zi uchun eng muhim belgilar bo‗yicha
tabaqalashtirgan holda ko‗pchilik orasidan tanlab olishga yagona asos sifatida
qaramaslik kerak.
Kishining o‗z guruhi o‗zini qurshab turgan voqeilikda mo‗ljal olish manbai
sifatida munosabatda bo‗lishi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu
tendensiya mehnat taqsimotining qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi
faoliyatning har bir ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-
sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir kishining va
uning o‗zi qo‗shgan hissasiga beriladigan bahodan, o‗z shaxsining umumiy
fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir. Bularning hammasi shaxslararo
munosabatlar umumiy ish vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan
chiqqan mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo‗ladigan jamoaga ko‗proq
hos bo‗ladi. Individ guruh a‘zolari bilan birgalikda o‗zaro faol harakat qila
borgan va uning oldiga qo‗yilgan konkret vazifalarni hal qila borgan holda
o‗zining qimmatli niyatlariga ega bo‗ladi.
274
Ularning o‗zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real
amalga oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o‗ziga hos
nazorat olib borishni taqozo etadi.
Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo‗ljal olishi nuqtai nazari
va bahosi uning uchun juda ham muhim bo‗lgan kishilar doirasini alohida ajratib
olishga majbur qiladi.
Bunday odamlar o‗ziga hos prizma bo‗lib xizmat qiladiki, shu tufayli o‗zi
uchun ahamiyatga molik ob‘ektlarni, maqsadlarni, vazifalarni va boshqa
odamlar faoliyatining usullarini ko‗rishga va baholashga - sosial persepsiya
amallarini bajarishga intiladi. Bular uning uchun bamisoli o‗zini ko‗ra
boshlaydigan ko‗zguga aylanadi. Aftidan, bularning hammasi shaxslararo
munosabatlarda afzal ko‗rish va tanlashning sosiometrik tadqiqotda
uchramaydigan muayyan principlarini taqozo etishi kerak. Har qanday guruh
to‗zilishiga ko‗ra guruh a‘zolari nufo‗zi va statusining o‗ziga hos darajasini aks
ettiradi. Uning yuqori qismidan referentometrik va sosiometrik tarzda
tanlanadigan shaxslar o‗rin oladi, eng orqada esa noreferent va sosiometrik
jihatdan surib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarhiya
zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning peshqadami (lideri)
joylashadi.
Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a‘zolari
uchun o‗zlarining manfaatlariga dahldor bo‗lgan hamda butun guruh
faoliyatining yo‗nalishini va harakterini belgilab beradigan eng mas‘uliyatli
echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam
guruhning eng muhim muammolariga qiyosan undagi eng ko‗prok darajadagi
referentlik egasi bo‗lgan shaxsdir. Peshqadam sosiometrik «yulduz» bo‗lishi
ham va, aksincha, bunday bo‗lmasligi ham mumkin u tevarak-atrofdagilarning
shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo‗lmasligi ham mumkin, lekin agar u
peshqadam bo‗lsa, u holda uning tevarak-atrofdagilar uchun referentliligi
shubhasizdir. Peshqadam rasman guruhning rahbari bo‗lishi ham va, aksincha
bo‗lmasligi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga
to‗g‗ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik
bo‗lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar bilan
norasmiy peshqadam yoki peshqadamlar o‗rtasidagi munosabatlar qay tarzda
yuz berishiga bog‗liq bo‗ladi.
O‗spirinlik yoshida o‗quvchilarning shaxslararo munosabatlar sistemasi
doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-umidlari ayniqsa keskin tusga
kiradi. Ana shunday hollarda yuqori sinf o‗quvchilari jamoasidagi peshqadam
ko‗pincha namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo‗lib hisoblanadi,
boshqa barcha o‗quvchilar o‗zlarining va boshqalarning hatti-harakatlarini
shularga qarab baholashadi. Ba‘zan pedagoglar va ota-onalar a‘lochi o‗quvchilar
sinf jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan holda ish
275
tutadilar. Agar quyi sinflarda a‘lochi o‗quvchi bilan jamoaning peshqadami
maqomlari o‗rtasida bevosita bog‗lanish sezilmaydi. Yahshi o‗qishning o‗zi
tahsinga loyiq narsa, lekin a‘lochi o‗quvchi o‗z sinfdoshlari orasida
peshqadamlik mavqeiga faol ko‗maklashgan taqdirdagina ega bo‗lishi mumkin.
Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi o‗quv ishini tashkil etish
jarayonida bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |