O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Nazorat uchun savollar:
1. Favqulodda vaziyatlar qanday turlanadi? 
2. Favqulodda vaziyatlarning umumiy sxemasini tushuntiring? 
3. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qanday huquqlar berilgan? 
4. FVDT ning ma‘nosi nimadan iborat? 
5. Favqulodda vaziyatlar xarakteriga ko‗ra necha turga bo‗lina di? 
6. FVDT rahbar organlariga qaysilar kiradi? 
7. FM ni boshqarishning qanday asosiy vazifalari mavjud? 
8. Respublikamizda yuzaga kelgan texnogen xususiyatli FV ning 
asosiy sabablari nimalardan iborat? 


40 
2.2. Hozirgi zamon urushining xususiyatlari va undagi fuqaro 
muhofazasi 
Zamonaviy urush qurollari XX asrda yaratilib o‗z rivojini topdi va 
XXI asrda ham ularni takomillashtirish, yangi-yangi turlarini yaratish 
uchun katta ishlar olib borilayapti. 
Hozirgi zamon talofat berish vositalari turlari rasm-10.1da 
berilgan. Ular qaerda joylashganligi, qanaqa qurollar tipi ekanligi bilan 
ajraladi. Biz bulardan ommaviy qurollarni ko‗rib chiqamiz. 
Haqiqatdan ham zamonaviy urushning eng xavfli vositasi bu 
ommaviy qirg‗in qurollari hisoblanadi va ular o‗tgan asrning ikkinchi 
yarmida juda ko‗plab ishlab chiqildi. 
Ommaviy qirg‗in qurollariga yoki juda katta talofat beruvchi 
qurollarga: yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) qurollar 
kiradi. Ilm, fan va texnikaning rivojlanishi bilan bu qurollar ham 
rivojlanib, yangi prinsipdagi qurollar paydo bo‗ldi, bunga infratovushli, 
radiologik, nurli, etnik va h.k.kiradi. 
Yadroviy qurollar, yadroviy bombadan, uni eltuvchi vosita va 
boshqaruv sistemasidan tuzilgan bo‗ladi. 
Uning ta‘siri uran va plutoniy ba‘zi izotoplari og‗ir yadrolarining 
zanjirli parchalanish reaksiyasi yoki engil yadrolar–vodorodning deyte- 
riy, tritiy izotoplarining issiqlik yadro sintezi reaksiyasi natijasida ajralib 
chiqayotgan ichki yadro energiyasidan foydalanishga asoslangan. 
Bularning quvvati oddiy portlovchi modda trotil ekvivalenti bilan 
o‗lchanadi. Trotil ekvivalenti tonna, kilotonna va megatonnalarda 
o‗lchanadi. Yadroviy qurollar o‗zining quvvati bo‗yicha:o‗ta kichik 
(quvvati 1 kt gacha); kichik (1-10 kt); o‗rtacha (10-100 kt), katta (100 kt 
– 1 Mtn) va o‗ta yuqori katta (1 Mt katta) quvvatli bo‗lishi mumkin. 
Yadroviy bombaning portlashi: yuqoridagi, havodagi, er usti (suv 
usti) va er osti (suv ichidagi) turlariga bo‗linadi. 
Yuqorida, ya‘ni erning troposferasidagi (10 km dan yuqori) 
portlashda, uning talofatli ta‘siri havo bilan to‗lqini, singib boruvchi 
radiatsiya (30-60 km masofada), rentgen nurlari, gazli oqim, 
elektromagnitli impuls, atmosferaning ionizatsiyalanishi va h.k.da 
namoyon bo‗ladi. 
Masalan:1 Mt quvvatli bombaning portlashi natijasida (77 km yu- 
qorida) uning turli ta‘siri 10 soatda 800-1000 km radiusdagi maydonga 
tarqalgan. Bu portlash asosan kosmik, havo ob‘ektlari va radiotexnik 
qurilmalariga ta‘sir etish uchun qo‗llaniladi. 


41 
Shunga o‗xshash, lekin 10 km balandlikgacha havodagi portlash 
ham xuddi shunday ta‘sirga ega bo‗ladi, er va suv ustidagi portlashda 
esa qo‗shimcha ravishda juda ko‗p mustahkam er usti (suv osti) ob‘ekt- 
lar, er osti va port inshoatlari buziladi. Bularga nisbatan, er osti portlash- 
da ta‘sir kuchi kichik radiusda bo‗lsada, ammo kuchli er silkinishiga olib 
keladi. 
Yadroviy qurol ham tuzilishi jihatidan turlicha bo‗ladi. Ayniqsa 
ulardan eng zamonaviysi bu neytron bomba hisoblanadi. Uning yuqorida 
keltirilgan bombalardan farqi, tirik jonni o‗ldirib, material boyliklarga za 
rar etkazmaydi. 
Masalan,1 kt neytron bombaning portlashida 500 m radius tashqa- 
risida, asosiy ta‘sir etuvchi omil singib boruvchi radiatsiya nurlari 
hisoblanib, 1 km masofada odamlarni halok bo‗lishi (neytron va gamma-
nur ta‘ sirida), 2 km radiusda esa og‗ir nurlanish kasaligiga chalinishlari 
va keyinroq bu ham o‗limga olib borishi kuzatiladi. 
Bu urush vositalarini ob‘ektlar (nishonlar) ga turli yo‗llar bilan olib 
borish mumkin. Buning uchun er usti, dengiz va havoda saqlanadigan 
raketalar va maxsus jihozlangan samolyotlar, artileriya vositalari, raz- 
vedka-diversion guruhlar qo‗llaniladi. 
AQSh da yerda joylashtirilgan, asosan, kontinental ballistik 
raketalar qo‗llaniladi. Bunga Titan, Minitmen-3, Minitmen-2, MX, 
Pershing-2, qanotli raketalar qo‗llaniladi. Xuddi shunday rivojlangan 
davlatlarda ham turli xil raketalar qo‗llanishi mumkin. 
Olib borish yoki saqlash vositalaridan ayniqsa, suv osti atom 
kemalari butun dunyoda ko‗p qo‗llanilib, ular «Polyaris-AZ», «Posey 
don-3», «Traydent-1», yangilaridan «Traydent»-«Ogayo» ballistik rake- 
talar bilan qurollangan. Xuddi shuningdek, suv usti avianosets va krey- 
serlar mavjudki, ular ham turli kattalikdagi raketalarni olib borishlari 
mumkin. 
Bu ommaviy qirg‗in qurollarini aviatsiya yordamida ham olib bo- 
rish mumkin. Hozirda, «Vulkan» (Buyuk Britaniya), «Miraj IV» (Fran 
siya), Stratofortress V-52, V-1, FB-111 (AQSh) samolyotlari, turli xil 
bombalar va raketalarni olib borishi mumkin. 
Bundan tashqari, Rossiya va boshqa davlatlarda ham, xuddi shun- 
day turdagi ommaviy qirg‗in qurollari mavjud. 
Ommaviy qirg‗in qurolining yana biri, bu kimyoviy qurol hisobla- 
nadi. 
Kimyoviy xavfli moddalar (KXM) turlari rasm-10.2. da keltirilgan. 
Albatta, ular turlicha bo‗lishi bilan, ayniqsa, kimyoviy qurol sifatida


42 
o‗ta xavfli hisoblanadi. Ularning xavfsizlik darajasi esa 3.2-jadvalda 
keltirilgan. KXM o‗ta xavfli darajada ekanligini uning konsentra- 
tsiyasiga bog‗liqligini ko‗rish mumkin. 
Bunda, asosan tirik mavjudot, havo, oziq-ovqat, suv va boshqalar 
zaharlanadi. 
Albatta, zaharlanish darajasi uning dozasi va turiga bog‗liq bo‗ladi. 
Ular, turli xil ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bularga asabni falajlovchi (za- 
rin, zoman, Vi-Iks), umumiy zaharlovchi (sinil kislotasi, xlorsian va 
h.k.), zaharlovchi-bug‗uvchi (fosgen, difosgen), zaharlovchi teri yiring- 
latuvchi (iprit, azotli iprit), zaharlovchi-qo‗zg‗atuvchi (xloratsetofenon, 
adamsit, Si-Es), zaharlovchi ruxiyatga ta‘sir etuvchi (Bi-Zet, LSD) 
kimyoviy moddalar tegishlidir. 
Hozirgi vaqtda, er yuzida bo‗lgan jonzotlarni o‗ldirish uchun keng 
ko‗lamda bakteriologik (biologik) qurollar ham qo‗llaniladi. Bunda, 
ommaviy infeksion kasalliklarning tarqalishi, ayniqsa ularning bir-biri- 
ga juda tez o‗tib tarqalishi, ko‗p yillar saqlanib qolishi, yashirin ravishda 
qo‗llanib borishi, ularni topish murakkabligi va boshqalar ularning qud- 
ratini oshiradi. 
3.2- Jadval 
Kimyoviy zaharli moddalarning xavfsizlik darajasi 
Kimyoviy 
modda 
*
0

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish