O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida sodir bo‟lgan zilzilalar



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida sodir bo‟lgan zilzilalar 
tarixi 
Yili 
Joyi 
Qurbonlar soni 
Kuchi 
II. 12. 1980 Toshkent
VI 

VIII 
25. 04 1966 Toshkent 1,600 jarohatlanganlar (M=5. 3) 
VIII 
1952 
Dushanbe
VI - VII 
5. 10.1948 
Ashxobo

Qurbonlar -90,000. Shahar vayron
bo‗lgan 

2. 11. 1946 
Toshkent
IX-X 
3. 01. 1911 
Almati 
Qurbonlar- 459. Shahar vayron 
bo'lgan 
1X-X 
1907 
Dushanbe
II. 07. 1889 Almati 
VII-
VIII 
8. 07. 1887 
Almati 
Qurbonlar-342. Shahar vayron bo'lgan IX-X 
1886 
Toshkent
1885 
Bishkek 
VII 


90 
1807 
Almati 
Vlll-IX 
Zilzila sodir bo'lgan joy zilzila o'chog'i deyiladi. Shu o'choqning 
markazi giposentr, uning yer yuzidagi proeksiyasi (aksi) episentr, deyiladi. 
Giposentr bilan episentr o'rtasidagi masofa zilzilaning chuqurligi, deb 
nomlanadi. 
Zilzilalar chuqurligi yer sathidan 700 - 750 km gacha bo'lgan 
chuqurlikkacha yuz beradi. Shu sabab zilzila chuqurligiga qarab ular uch 
guruhga bo'linadi. Bular: qobiq zilzilalar - yer sathidan 70 km 
chuqurlikkacha bo'lgan masofada, qobiq osti yoki oraliq zilzilalar 70 dan 
300 km gacha, chuqur fokusli zilzilalar 300 km dan 700 - 750 km gacha 
bo'lgan chuqurlikda yuz beradi. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, 
shuningdek, O'zbekistonda yuz beradigan silkinishlar qobiq zilzilalar 
guruhiga kiradi. Zilzilaning yer ustida namoyon bo'lish quvvati ball bilan 
o'lchanadi. Zilzila kuchi ball bilan ifodalanganda uning chuqurligi mutlaqo 
hisobga olinmaydi. Uning yer ustida namoyon bo'lishigagina ahamiyat 
beriladi. Shuning uchun ball bilan energiya o'rtasida to'g'ri chiziqli 
bog'lanish yo'q. Masalan, bir xil energiyaga ega bo'lgan zilzilaning 
chuqurligi 20 km.da bo‗lsa u 6 ballga teng bo'ladi, xuddi shuncha 
energiyaga ega bo'lgan zilzila o'chog'i 8 - 10 km.da bo'lsa, 7 - 8 ball kuch 
bilan namoyon bo'lishi mumkin. 
Zilzilalar kuchini talqin etishda o'ziga xos muammolar ham yo'q emas. 
Masalan, biron - bir joyda yuz bergan zilzila haqida «Rixter shkalasi bilan 5 
ball bo'ldi» degan xabar quloqqa tez - tez chalinadi. Qachonki, Rixter 
shkalasi bilan zilzila kuchi aytilayotganda «ball» so'zi ishlatilmaydi. «Ball» 
so'zi MShK shkalasida ishlatiladi, xolos. Shu bilan birga Rixter shkalasi 
bilan zilzila talqin etilganda uning eng katta kuchi 9 ga teng hisoblanadi. 
MShK shkalasi esa 12 ballga teng. Shu sabab, Rixter shkalasida 
«magnituda» jumla qo‗shib ishlatiladi. Rixter shkalasi bo'yicha magnitudasi 
9 ga teng bo'lgan zilzila MShK shkalasi bo'yicha 12 ballga teng hisoblanadi. 
Seysmik xaritalash mamlakat iqtisodiyotida juda katta ahamiyatga ega. 
Xo‗sh, seysmik xaritalash nima va uning mamlakat iqtisodiyotiga qanday 
foydasi bor? 
2005-yilda Yaponiyaning Kobe shahrida yuz bergan zilzila 
munosabati bilan o'tkazilgan Xalqaro anjumanda olimlar zilziladan 
himoyalanishning yo'llari haqida gapirib, binolarni seysmik bardoshli qilib 
qurish undan himoyalanishning asosiy omillaridan biri, degan xulosaga 
kelishdi. 
Biroq, bino va inshootlarni, yashash joylarini zilzila bardoshli qilib 


91 
qurish aholi va davlatga anchagina qimmatga tushadi. Bu esa davlat budjeti 
yoki oilalarning hamyoniga salbiy ta‘sir etadi. Chunki, olimlar hisob 
kitobiga qaraganda bino va inshootlarning 1 ballga seysmik bardoshligini 
oshirish uning jami tannarxini 10 - 25 % gacha oshirishni talab qiladi. 
Deylik, 5 balli seysmik bardoshli imorat 10 mln so‗mga tushsa, uni seysmik 
bardoshligini 6 ballga oshirish 11 - 12,5 mln so‗mni talab etadi. Albatta, bu 
hol butun bir mamlakat miqyosida olib qaralsa juda katta mablag'ni talab 
etadi. Yoki 6 balli seysmik hududda qurilgan imoratlar 8 ballga mo‘ljallab 
qurilsa, sarf bo'layotgan ortiqcha va foydasiz mablag‗ hamda uning keltirib 
chiqarishi mumkin bo‗lgan iqtisodiy zararni oddiy arifmetika bilan hisob 
qilish qiyin emas. 
Zilzilalar yuz berishi mumkin bo‗lgan hududlarda ortiqcha sarf - 
xarajatlarni hamda iqtisodiy zararlarni, insonlar nobud bo‘lishini oldini olish 
uchun ham seysmik xaritalash o'tkaziladi. Seysmik xaritalarning qanchalik 
puxta, har tomonlama mukammal qilib tuzilishiga yer va uning tuzilishini 
juda chuqur o'rganish muhim ahamiyatga ega. 
Zilzilalar boshqa turdagi tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi 
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud. Bunga juda 
ko‗plab misollarni keltirish mumkin. 2011-yil Yaponiyadan uncha uzoq 
bo'lmagan suv ostida yuz bergan zilzila kuchli sunamini hosil qildi. Bu 
sunami Yaponiyaga juda katta talafot yetkazdi. 30 mingga yaqin kishini 
nobud bo'lishiga sabab bo‗ldi. Fukusima shahridagi atom reaktorlaridan 
birini ishdan chiqardi, yong‗in paydo qildi. Zilzilalar yong'in, suv toshqini, 
portlash, kimyoviy zararlanish, qor ko‗chkisi, yer surilishlari yoki tog' 
o'pirilishlari, avariyalar va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish