O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

 
 
 


299 
Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha, ularning oldini 
olish va ularga qarshi chora-tadbirlar 
Infeksion-yuqumli kasalliklar deganimizda kasallik qo‗zg‗atuvchi 
jonzotlar (mikroorganizmlar): bakteriyalar, rikketsiyalar, viruslar, zambu 
rug‗lar) ning odamlar, hayvonlar va o‗simliklar tanasiga kirib, ko‗payib, 
zararli ta‘sir ko‗rsatishi oqibatida kelib chiqadigan holatni anglaymiz. 
Parazit hayvonlar (eng sodda hayvonlar, bo‗g‗im oyoqli hasharot 
lar), kanalar orqali yuqadigan kasalliklar parazitlar yoki invazion kasal 
liklar deb ataladi. 
Yuqumli kasalliklar organizmda uch muhim tarkibiy qism: kasallik 
qo‗zg‗atuvchi mikroorganizm, kasallikka moyil mikroorganizm (odam 
yoki hayvon) va nihoyat, zararlangan organizmdan sog‗lomiga kasallik 
yuqishini ta‘minlovchi omillar bo‗lgandagina kelib chiqishi mumkin. 
Turli mikrorganizmlarning yuqumli kasallik qo‗zg‗atish layoqati 
turlichadir. Bu mikroorganizmlarning qaysi a‘zo yoki to‗qimaga qanday 
yo‗l bilan kirishi hamda o‗zidan qanday zahar (toksin) ishlab chiqarishi 
ga bog‗liq. Odamning biror yuqumli kasallikka moyilligi esa, bir qator 
hayotiy va ijtimoiy shart-sharoitlar (yoshi, ovqatlanish xususiyati, 
yashash sharoiti va boshqalar) bilan uzviy va chambarchas bog‗liqdir. 
Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi omillar 
hayotda benihoya ko‗p. Bunday omillar, ayniqsa favqulodda holatlar 
sodir bo‗lganida, madaniy-maishiy ta‘minot, kommunikatsiya (elektr, 
gaz va suv ta‘minoti buzilishi, kanalizatsiya) tarmoqlarining buzilishi, 
turli chiqindilarning to‗planib qolishi, tozallikka rioya qilmaslik, sanita 
riyaga zid holatlarning kelib chiqishi oqibatida turli-tuman yuqumli, 
ba‘zan esa o‗ta yuqumli kasalliklarning ham avj olib ketishiga sabab bo‗ 
lishi mumkin. 
Yuqumli kasallik qo‗zg‗atuvchi har bir jonzotning odam vujudiga 
olib kiruvchi o‗z maxsus «eshik va teshik» lari, ya‘ni kirish va chiqish 
darvozalari mavjud. Ba‘zi yuqumli kasalliklar (ich terlama, ichburug‗ va 
b.) suv, oziq-ovqat mahsulotlari, idish-tovoq va hokazolar orqali yuqadi. 
Havo-tomchi kasalliklari (gripp, qizamiq, bo‗g‗ma va b.) sog‗lom kishi 
ga bemor yo‗talgani, aksa urgani, gaplashganida yuqadi, kasallik qo‗z 
g‗atuvchi jonzotlar havo tomchilari, zarrachalari bilan kimningdir og‗zi, 
burni, ko‗zi va boshqa joylariga tushadi.Terida paydo bo‗ladigan yuqum 
li (zamburug‗li) kasalliklar esa, sog‗lom kishilarning bemorlar bilan ya 
qin muloqotda bo‗lishlari, uning sochig‗i va boshqa buyumlaridan foy 
dalanishlari natijasida yuqadi.Toshmali terlama, qaytalama terlama, 


300 
odam yoki hayvonlardagi ensefalit kasalliklari qon so‗ruvchi hashorotlar 
(bit, burga, chivin, kana va b.) chiqishi orqali yuqadi. 
Bundan tashqari, har bir yuqumli kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorga 
nizmning qaysidir yo‗l bilan tanaga kirib olgach, o‗z faoliyatini davom
ettirishi uchun tanlab olgan o‗z maxsus joyi, qo‗nalg‗asi bo‗ladi. 
Masalan, it yoki mushuk tishlaganda terining yaxlitligi buzilib, jarohat 
paydo bo‗lgach, quturish kasalligini qo‗zg‗atuvchi neyrovirus boshmiya 
dagi o‗z qarorgohi tomon intiladi va o‗sha erda xuddi razvedkaga borgan 
jangchi yoki buzg‗unchi kuch misoli atrof muhitni kuzatib, «payt poy 
lab» yotadi. Ichburug‗ni qo‗zg‗atuvchi tayoqchalar esa, oziq-ovqatlar 
bilan ichkariga kirgach, yo‗g‗on ichakning shilliq pardalaridan o‗ziga 
makon topadi. 
Jigar kasalligini qo‗zg‗atuvchi viruslar esa, turli yo‗llar va vositalar 
bilan tanaga kirgach, jigar hujayralariga mahkam o‗rnashadi. So‗nggi 
yillarda tobora avj olib «Asr vabosi» nomini olgan Odamdagi immunitet 
tanqisligi sindromi (OITS), odamdagi virus infeksiyasi (VICh) dardi 
bedavosi asosan bemorning qoni, bevosita va bilvosita ravishdagi betar 
tib, tasodifiy jinsiy aloqa, shuningdek, turli giyohvand moddalarning 
ifloslangan shprits va boshqa vositalar yordamida tanaga kirishi, qonga 
o‗tishi va nihoyat, insonning qon to‗qimasi, asli va naslini belgilaydigan 
irsiy xususiyatlari, himoya kuch-vositalari mujassam bo‗lgan immun 
tizimini ishdan chiqaradi, o‗limga mahkum etadi. 
Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishidagi yana bir jihat kasallik 
yuqqan vaqtidan boshlab,uning dastlabki alomatlari paydo bo‗lguncha 
oradan ma‘lum bir vaqt, ya‘ni inkubatsion, yashirin davr o‗tishi muhim 
dir. Mana shu davrning muddati turli yuqumli kasalliklarda bir xil emas, 
bir necha soatdan hatto bir necha oy, yillargacha davom etishi mumkin. 
Shuning uchun ham karantin, kasallarga yaqin yurgan odamlarni vaqtin 
cha ajratib qo‗yish, abservatsiyadan o‗tkazish muddatlari va boshqalar, 
asosan yashirin davrning qancha vaqt davom etishiga muvofiq belgi 
lanadi. 
Shuningdek, yuqumli kasalliklarning kechishida to‗rt davr: yashi 
rin davr, boshlang‗ich davr, ya‘ni kasallik ayrim belgilarining paydo bo‗ 
lishi va rivojlanishi; kasallikning avjga chiqqan davri va nihoyat, kasal 
lik belgilarining asta-sekin yo‗qolishi va tuzalish davri tafovut qilinadi. 
Albatta, kasallikning kechish davrlarida biror keskin chegara bo‗l 
maydi, balki ular asta sekin biridan ikkinchisiga o‗tadi. Lekin, ayrim 
sabablarga ko‗ra kasallik qaytalanishi yoki surunkali tus olishi ham 
mumkin. 


301 
Shuni unutmaslik zarurki, garchi tuzalish davrida kasallikning bel 
gilari butunlay yo‗qolib ketsada, organizmda tiklanish jarayoni uzoq 
davom etadi, kasallik tarqa tuvchi mikroorganizmlar saqlanib qoladi va 
ular siydik najas orqali avvalgiday tashqariga chiqib, o‗zlarining kasal 
tarqatuvchanlik va qo‗zg‗atuvchanlik faoliyatlarini bemalol davom ettira 
beradilar. Har bir boshdan kechirilgan yuqumli kasallikdan so‗ng orga 
nizmda mazkur kassallik qo‗zg‗atadigan mikrob ta‘siriga berilmaydigan 
immunitet, ya‘ni orttirilgan sun‘iy himoya kuch-vositasi paydo bo‗ladi. 
Ma‘lumki, sun‘iy immunitet biror yuqumli kasallik (qizamiq, chin che 
chak va b.) larga qarshi emlash, vaksinatsiya yo‗li bilan ham vujudga 
keladi. 
Tug‗ma immunitet chaqaloqlarning dunyoga kelishi bilanoq ularda 
ma‘lum bir (parrandalar vabosi, koramollardagi o‗lat, shuningdek, qisqa 
muddatga qizamiq, suvchechak va b.) yuqumli kasalliklarga qarshi himo 
ya kuch vositalarining mavjudligidir. 
Yuqumli kasalliklar antroponoz va zoonozlarga bo‗linadi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish