Oila bilan aloqador omillar.Ota – ona tabiati va ijtimoiy, iqtisodiy mavqye: Uyda zo’ravonlik o’tkazish muammosi barcha ijtimoiy va iqtisodiy doiralarda mavjudligiga qaramasdan, turli xil muhitlarda o’tkazilgan tadqiqotlarning natijasiga ko’ra, ota-onaning ma’lumot darajasi pastligi, daromadning yo’qligi hamda xonadonda yashovchilarning haddan ziyod ko’pligi bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo’ravonlikning qo’llanilishi xatarini oshiradi. Jismoniy zo’ravonlik o’tkazuvchi ota-onalar ko’pincha yosh, yolg’iz va kambag’al bo’ladilar. Ushbu bog’liqlik kambag’al,stress holati va ijtimoiy ajratib qo’yishdan kelib chiqqan bo’lishi ehtimoli yuqori. Shunday omillar mavjud bo’lgan oilalarga jamiyat tomonidan yetarlicha yordam berilmasa va oila kuchli ijtimoiy tuzilmaning bir qismi bo’lmasa ularda yashayotgan bolalarning zo’ravonlikdan jabr ko’rish xatari yuqori bo’ladi. Qarindosh-urug’lar tomonidan ko’mak berilmasa, bu mavjud muammoni yanada og’irlashtiriladi.
Ruhiy ta’sirlanish holati va ijtimoiy yakkalanish: Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, zo’ravon ota-onalarning tabiati xulq-atvoridagi nuqsonlarning aksariyati ular mansub bo’lgan jamoaning yetarlicha faoliyat ko’rsatmayotganligi va stress holatini yengish qobiliyati pastligi bilan bog’liq ekan. O’zini tuta olmaydigan, o’ziga ishonchi past, aqliy nuqsonlarga ega bo’lgan va ichkilik yoki giyohvandlikka berilgan ota-onalarning o’z farzandlariga nisbatanqo’llashi va ularni e’tiborsiz qoldirishi ehtimoli yuqori. O’z farzandlariga nisbatan zo’ravonlik qo’llovchi ota- onalarning aksariyati bolalik chog’larida zo’ravonlikka uchragan bo’ladilar.
Bolalar turli sabablarga ko’ra maxsus muassasalarga joylashtiriladilar. Bolalarni parvarishlovchi muassasalarning butun dunyoda qabul qilingan ta’rifi mavjud bo’lmasada, ularning ko’pchiligida bor bo’lgan jihatlar quyidagilardan iborat: buning uchun ish haqini oluvchi xodimlar tomonidan o’z oilalaridan uzoqda yashaydigan bolalarning holidan 24 soat davomida xabardor qilib turish va nazorat qilib borilishi kerak. Bunday muassasalarning o’lchami, tashkiliy jihatlari va ularda olib boriladigan faoliyatlar bir-biridan katta farq qilishi mumkin. Eng yopiq ajratib qo’yil gan muassasalarda bolaning butun hayoti, ya’ni uning ta’lim olishi,sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi, mehnat faoliyati, dam olishi va uxlashi mazkur muassasaning ichida ro’y beradi va bunday tashkilot jamiyatning boshqa qismidan ancha uzilib qolgan bo’ladi (Paulo SerxioPineyro).
Muassasalarda parvarish qilishning keng tarqalgan toifalardan ba’zilari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |