O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 0,59 Mb.
bet58/123
Sana17.10.2022
Hajmi0,59 Mb.
#853700
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
Bog'liq
1db041e0553149ee426921515e5d3bf8 МАЖМУА БОЛАЛАР ВА ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ

Bola bilan bog’liq omillar.Yoshi: bolaning go’daklik vaqtidagi jismoniy zaifligi va monasi yoki boshqa tarbiyalovchilarga qaramligi uning zo’ravonlikkai duch kelish ehtimolidagi asosiy omildir. Go’daklar jismoniy zo’ravonlikdan yuzaga keladigan jarohat yoki hayotdan ko’z yumish xataridan tashqari,tashlab ketilish va bee’tibor qoldirish kabi zo’ravonlikka ham uchrash oldida zaifdirlar. Chaqaloqlar endigina tug’ilgan damlarda zo’ravonlikka eng ta’sirchan bo’ladi. Ular keyinchalik, hayotlarining dastlabki yili va bolalikning ilk davrida (0-4 yoshgacha) ham zo’ravonlik oldida juda zaif bo’ladilar,lekin bu zaifliklari endigina dunyoga kelgan vaqtidagicha bo’lmaydi va tobora kamayib boradi.
Jins: bolaning qaysi jinsga mansubligi ham uning zo’ravonlik qurboni bo’lish xatarini oshiruvchi omil bo’lishi mumkin. Shahvoniy zo’ravonlik ko’pincha o’g’il bolalarga nisbatan yo’naltirilsada, ammo qizlarntng bunday zo’ravonlikdan jabr ko’rish ehtimollari nisbatan yuqori.

O’g’il bolalar afzal ko’riluvchi jamiyatlarda qiz farzandlarning o’ta darajada e’tiborsizlik qurboni bo’lish ehtimoli yuqori bo’lish birga,ba’zi jamiyatlarda o’g’il farzand lar qiz farzandlarga nisbatan ancha kuchli zo’ravonlikni boshdan kechirishlari ehtimoldan yuqori.


Boshqa tavsiflar: nogiron bolalar zo’ravonlikka duch kelishlarining ehtimoli hammanikidan yuqori bo’lib, buning bir necha sabablari mavjud va bu sabablar jamiyat a’zolarining ongiga singib ketgan qarashlardan tortib, nogiron bolaning o’z oilasi uchun tug’dirishi mumkin bo’lgan ruhiy,jismoniy, iqtisodiy vaijtimoiy ehtiyojlargacha bo’lgan omilni o’z ichiga oladi. Nogironlikka qo’shimcha tarzda yana bir qator omillar borki,ular ham bolaningo’z uyida zo’ravonlikka uchrash xatarini oshiradi. Ota-onaning bolaga bog’liqligini qiyinlashtiruvchi yoki bolani parvarishlashni qiyinlashtiruvchi omillar uning ta’sirchanligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, istalmagan bolalar, chala tug’ilgan bolalar, vazni yetarlicha bo’lmay tug’ilgan bolalar, bir nechta egizaklarning biri bo’lgan bolalar, surunkali kasallikka chalingan bolalar yoki fe’l-atvordagi jiddiy noqislikka ega bo’lgan bolalarning noma’qul munosabatga uchrashlari ehtimoli ancha yuqori.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa


yuklab olish