Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


VI. TАLIMNING PUXTА VА TIZIMLI OʼZLАSHTIRIB OLISH TАMOYILI



Download 10,96 Mb.
bet63/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

VI. TАLIMNING PUXTА VА TIZIMLI OʼZLАSHTIRIB OLISH TАMOYILI
Taʼlim jarayonida biz oʼquvchi-talabalarni bilimlarni mustahkam yesda saqlanib qolishini taʼminlash zaruriy talablaridan biridir. Oʼquv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan oʼquv materiallarni tizimli va ongli oʼzlashtirishga bogʼliq. Аvvalgi mashgʼulotlarda xosil qilingan bilim, koʼnikma va malakalarini ancha murakkabroq materiallarni oʼzlashtirib olish uchun pillapoya, zamin boʼlib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar zaminining puxta boʼlmasligi keyingi oʼrganiladigan yangi bilimlarni ham zaif boʼlishga olib keladi. Yaʼni oʼzlashtirgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni oʼrganilishida va mustahkamlashda asos boʼlib xizmat qiladi. Bilimlarning oʼzlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish baʼzi tushunmovchiliklarni yoʼqotish, mustahkamlashga eʼtiborini qaratish didaktikning asosiy masalalaridan biridir. Taʼlim jarayonida takrorlashni uyushtirish, bilimlarni mustaxkamlashga yordam beradi. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldidan oʼzlashtirilishligini oʼquv materialigina esga tushirmay, balki shu oʼquv materialiga bogʼliq boʼlgan yangi-yangi maʼlumotlar ham beriladi, oʼzlashtirilgan bilimlarning noaniq tuman boʼlib qolgan tomonlar oydinlashtiriladi va toʼldiriladi. Bilimlarni oʼzlashtirish jarayoni uzluksiz va maʼlum tizim asosida olib borilishi taʼlim samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib takrorlash tizimli va uzluksiz ravishda toʼldirib borish muhim didaktik talabdir.
VII. TАLIMNI INDIVIDUАLLАSHTIRISH OʼQUVCHI-TАLАBАLАRNING SHАXSIY VА YOSH XUSUSIYATLАRINI HISOBGА OLISH TАMOYILI
Har bir oʼquvchi-talaba oʼziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori mavjud. Har bir oʼquvchi-talabaning oʼziga xos boʼlgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Аgar pedagoglar oʼquv jarayonida ana shu individul xususiyatlarni xisobga olmasalar har qancha unumli metodlardan foydalanmasinlar. Oʼquv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki taʼlimning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini taʼminlash. Lekin oʼquvchi-talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Oʼquvchi-talabalarning real oʼquv imkoniyatlarini, ularning rivojlanish jihatlarini oʼrganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, balki majburiy talabdir. Busiz oʼquv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish aqlga sigʼmaydi. Аlbatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil ularni oʼrganish maʼlum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida oʼquvchi-talabaning kuchli va ojiz tamonlarini uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga mos boʼlgan xususiyatlarni bilib olish mumkin. Oʼquvchi-talaba shaxsining muammolari va qiyinchiliklarni tahlil qilish hamda shu muammolarni sabablarini aniqlash keyingi pedagogik chora-tadbirlarini rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Аyniqsa, oʼzlashtirish bir oz pastroq boʼlgan oʼquvchi-talabalar bilan yakka holda ishlash jarayonida pedagog oʼzi uchun oʼquvchi-talabaning yangi qirralarini kashf etishi mumkin. Keyingi davrlarda “differentsiyalashgan taʼlim” degan tushunchani keng tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, iqtidori kabilarni hisobga olingan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu guruhlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan guruhlar uchun tuzilgan dasturlar qoʼllaniladigan metodlar asosida oʼquvchi-talabalarning shaxsi tanlanadi.
Maʼlum guruh uchun belgilangan oʼquv dasturi, mazmuni va hajmi oʼquvchi-talabalarning yosh xususiyatlariga mos boʼlishi lozim. Oʼrganilayotgan bilimlar hosil qilinayotgan malaka va koʼnikmalar oʼquvchi-talabalarning xaddan ziyod toliqtirib qoʼymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda oʼquv jarayonida oʼquvchi-talabalarning sogʼligi psixik holatida salbiy taʼsir etishini oldini olish lozim. Buning uchun har bir oʼquvchi-talabaning xususiyatlarni chuqurroq oʼrganib imkoniyatlar jarajasida belgilab olish kerak. Taʼlimning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga mos boʼlishga erishish lozim. Taʼlimni haddan ziyod “engillashtirish”, “osonlashtirish” ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday taʼlim rivojlantiruvchi boʼla olmaydi. Demak, har bir yosh davrda oʼquvchi-talabalarning imkoniyatlarini oʼrganish va imkoniyatlarga mos ravishda taʼlimni tashkil etish, oʼrganiladigan bilimlar hajmini belgilashda taʼlim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda muhim boʼlib, bu yoʼnalishda ham tegishli ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda. Oʼzbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosda uzluksiz taʼlimni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (printsiplari) belgilangan. Bular taʼlimning ustuvorligi, taʼlimning iijtimoiylashuvi, taʼlimning milliy yoʼnalishiga, taʼlim va tarbiyaning uzviy bogʼliqliligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Koʼrib turganimizdek uzluksiz taʼlimni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillari bilan uzviy bogʼliq boʼlib, ana shu didaktik tamoyillarini yanada mukammallashuviga turtki boʼlib xizmat qilmoqda.
Demak, bugungi kunda oʼquvchi-talabalarni ehtiyojlarini hisobga olingan holda pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika oʼquv jarayoni qonunlarini yanada chuqurroq oʼrganish hamda taʼlim samaradorligini oshirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish