Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida



Download 10,96 Mb.
bet71/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

4. Qadimgi turkiy xalqlar yodgorliklarida tarbiyaga doir fikrlar

Turkiy xalqlarning yozma ma'rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «Urxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq bitigi» («Ta'birnoma») kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» ham deb ataydilar. o’ziga xos xat(yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni beradi.
Urxun-Enasoy yodgorliklari dastlab Enasoy havzasida, so’ngra Mo’g’ulistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 -yili birinchi bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V.Tomsondan so’ng olimlar - N.M.Yadrinsev, V.V.Radlov mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Urxun-Enasoy yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Stebleva tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. o’zbekistonda Oybek, CSharafuddinov, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonov Urxun-Enasoy bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta'lim-tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Malumki, eramizning VI asri o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turkiy qabilalarning Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik G’arbda Vizantiya, Janubdan Eron va Hindiston, Sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Xoqonlik 604 -yili Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa Turk xoqonligibarham topgan.
Turk xoqonligi asosan uch kishi: Bilga xoqon (Mog’uliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga xoqon - xoqon, Kultegin -sarkarda, Tunyuquq esa - vazir boiib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan.
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar ko’rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. o’z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularningbirdamligini ta'minlash xoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari – Bilga xoqon, lashkarboshi Kultegin, ma'naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning taYifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham oVlaydigan jonkuyar sarkarda sifatida taViflanadi. U o’z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo’ygan shaxs. Kultegin Eltarish xoqonining kichik o’g’li. U 731 -yil 27 fevralda qirq etti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 -yili o’rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi.
Kultegin bitigida Bilga xoqonning og’a-inilari va qarindosh-uruglariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabg’achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so’z yuritiladi.
Xoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash, o’zaro urushlarga chek qo’yish, tinch-totuv bo’lib yashashga undashdek ezgu maqsad ham ifadalangan.
Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kultegin bitigida Bilga xoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, o’git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi o’zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla va firib qurboni bolib, tabg’achlar ularni qul va cho’ri etgani, oqibatda ular qashshoq, erksiz va mute bo’lib qolganliklarini kuyimib so’zlaydi.
So’ng turk xalqini qanday qilib birlashtirgani, ukasi Kulteginning jasorati tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, to’q va farovon hayot kechirgani, u jasur va engilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi.
«Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o’layotgan xalqni tiiiitdrib tarbiyat qildim, yalang’och xalqni kiyimlik qildim, yalang’och xalqni ko’p qildim. To’rt jihatdan xalqni butunlay el qiidim, bir-biriga do’st qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kultegin vafot etdi», - deydi.
Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bolib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk xoqonlari Bilga xoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi.
Ikkinchi bitiktosh - Bilga xoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish xoqoninng katta o’gli - Kulteginning akasi Bilga xoqon sharafiga 735-yili o’rnatilgan. Bilga xoqon 734-yili ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab oldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga xoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga xoqon davrida tinchlik hukmron bolgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z 5oirtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq xoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o’z navbatida davlat boshliqlarining xatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga xoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga xoqon turk eli o’rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. «Bilga» so’zining o’zi ham «dono» degan ma'noni anglatadi. U turk xalqining vatani abadiy bolishi uchun kurashadi. Xalqqa qarata shunday o’git qiladi: «Vatanni saqlab qolmoq, faqat xoqonga eraas, xalqqa ham bogliq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq o’z xoqonining yo'1-yo'riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko’p kulfatlar tushadi. Xoqon o(ta ishonuvchan bolmasligi, boshqalarning gapini o’ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so'z bilan yolg’onni farqlay olishi kerak. qattiqqol xoqon o’z xalqiga yomonlikni ravo ko’rmaydi. Ishonuvchan boisa, yaxshi-yomonni ajrata olmasa, fojiaga yol ochiladi, mamlakatda tartibsizlik yuzaga keladi».
Bilga xoqon tarqoq xalqni birlashtirdi, oyoqqa turg’izadi, yurtda farovon hayot qaror topadi. U xalq farovonligini ta'minlash davlat boshlig’ining burchi, mamlakatning ozodligi, xalqning osoyishtaligi uning moddiy farovonligiga bog’liq deb biladi. Bitiklarda yurtboshining boylikka hirs qoyishi xalqning nochor hayot kechirishiga olib keluvchi sabab ekanligi qayg’u bilan ifodalanadi. U o’z xalqiga shunday murojaat etadi: «Men yashadim, turk beklari, turk xalqim. Bu xoqoningdan, bu beklaringdan,
eringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o’zing ezgulik ko’rajaksan, betashvish bo'lajaksan».
Tunyuquq bitigi 310 misradan iborat bo’lib, 717-718(ba'zi manbalarda 712-716-yillar ko'rsatilgan)-yillari yozilganligi qayd etilgan. Tunyuquq o’z bitigini tirikligida yozdirgan. Mazkur bitikda Tunyuquq vatanparvar shaxs sifatida ta'riflangan. Tunyuquq ega bo’lgan insoniy fazilatlar -insonparvarlik, ezgulik va haqiqat tantanasi yo’lida kurashish uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyuquq tomonidan turkiy xalqlar qo’liga tushgan asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi dushman qabilalar a'zolarining bosh egib kelishi, ez-gulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash chog’ida ezgulikning g’alabaga erishishi kabi holatlar shu asosida qon to’kishning oldini olish mumkinligidan dalolat ekanligiga ishora qilinadi. U adolatsizlik qilmaydi, balki insonparvarlik namunasini ko’rsatadi, ammo xoqonlik qonunlarini ham qattiq himoya qiladi.
Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligi madh etilgan bitigtoshlar ham ko’plab topilganki, bularda alplarning axloqi, odobi va bilimi ularning asosiy fazilati bo’lganligi qayd etiladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, Urxun-Enasoy yodgorliklari, garchi yo’nalish nuqtai nazaridan ta'lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa ham, ularda bayon etilgan fikrlar o’sha davrda amal qilingan axloqiy qoidalar va talablarning mohiyatidan birmuncha xabardor bolishga munosabatlar mohiyati asosan qushlar va hayvonlar obrazlari orqali ochiladi.
«Irq bitigi»da eng qadimgi ajdodlarimizning mifologik hamda totemistik qarashlari xalq og’zaki ijodi namunalari tarzida o’z aksini topgan. An'anaga ko’ra, har bir epizodda yaxshilik g’oyalari targ’ib etiladi.
Inson doimo yaxshi hayot kechirishga intilar ekan, bu yo’lda u juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin inson qiyinchiliklarni ilohiy qudrat - Tangri yordamida engib o’tib, go’zal hayotga etishadi. Ana shu holat ham ta'birnomada o’z aksini topgan.
Ammo yaxshilik bor joyda yomonlik ham mavjud bo’ladi. Ayrim tushlarga nisbatan berilayotgan ta'birlarda yomon hodisa-voqealar negizida yomonlikning mavjudligiga alohida urg’u beriladi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlar-dan eramizning IX asrigacha qaror topgan ma'rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavurlari ifodalangan.
Xalq og’zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlilik xislatlariga ega bolgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odatnlar o’rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasida ayovsiz kurash borgan. Mazkur kurash jarayonida insonda eng yaxshi xislatlar shaklla borgan. Bilimlilik, xushxulqlilik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo’lish inson kamolotini belgilovchi asosiy ko’rsatgichlar hisoblangan.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish