O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti ijtimoiy ish yo’nalishi 306-guruh talabasi mahmudov murodulloning kurs ishi mavzu



Download 120 Kb.
bet4/8
Sana23.07.2022
Hajmi120 Kb.
#841441
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MURODULLO KURS ISHI YANGI

1.2. Xalqaro tashkilotlar.
Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va sh.k. sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar 19-asrda vujudga keldi va 2jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqtvaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va sh.k. nomlar bilan ataladi.Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.Xalqaro tashkilotlar:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2- martda).
MDH(1991-yil 21-dekabrdan).
Jahon savdo tashkiloti (1992-1993 yillar).
ECOSAN(1993-yil 20-sentabrda).
Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun).
Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil).
Interpol(1994-yildan).
MAGATE(1994-yil 21-yanvardan).
UNESCO(1993-yil 26-oktabrdan).
UNIDO(1992-yildan).
NATO(1994-yil 13-iyuldan).
OPEC(2017-yil 30-noyabrdan (kuzatuvchi sifatida)).
[NAFTA](Erkin iqtisodiy zona).
EXHT.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalqaro elektr aloqasi ittifoqida, Umumjahon pochta ittifoqida va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining vakolatiga ega bo'lgan organdir. Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari 2006 yilda tashkil etilgan.ShHTning zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha maxsus ishchi guruhining ishida qatnashmoqdalar.Xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik.


O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar, xorijiy davlatlar kompaniyalari, tashkilotlari va muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va kengaytirish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Ko‘pincha hukumatlararo tashkilotlar deb atalishiga qaramay, xalqaro tashkilotlarga faqat suv7eren davlatlargina a'zo bo‘lishi mumkin. Davlatning muayyan qismi xalqaro tashkilot a'zosi bo‘la olmaydi. Barcha a'zolar teng huquqlilik asosida tashkilot ishida ishtirok etadi va uning faoliyati uchun mas'ul hisoblanadi.Bir talay xalqaro tashkilotlar ta'sis hujjatlarida to‘liq a'zolikdan tashqari assotsiatsiyalangan a'zolik ham ko‘zda tutilgan. Davlatni xalqaro tashkilotning assotsiatsiyalangan a'zosi sifatida qabul qilish odatda tashkilot bilan mazkur davlat o‘rtasidagi shart¬noma asosida amalga oshiriladi.
Assotsiatsiyalangan a'zoning maqomi va huquqlari xalqaro tashkilotning ta'sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Ba'zan assotsiatsiyalangan a'zo xalqaro tashkilot faoliyatining ayrim sohalaridagina ishtirok etadi; ba'zan uning xalqaro tashkilotning yuqori organlariga ovoz berish va ijro organlariga saylanish borasidagi huquqlari cheklangan bo‘ladi. Ayrim hollarda, masalan, Yevropa Kengashida assotsiatsiyalangan a'zolik to‘liq a'zolikka qabul qilishdan oldingi bosqich sanaladi.
Xalqaro tashkilotga a'zo bo‘lmagan davlatlar yoki tashkilot organi tarkibiga kirmagan a'zo davlatlarga kuzatuvchi maqomi beriladi. Shveysariya BMT Bosh Assambleyasining ko‘pgina sessiyalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. BMTning aksariyat a'zolari Xavfsizlik Kengashi majlislariga o‘z kuzatuvchilarini yuboradi. BMTda kuzatuvchilik maqomi qator milliy ozodlik harakatlariga ham berilgan.
Ko‘pincha ixtisoslashgan muassasalar va mintaqaviy tashkilotlar ham BMT organlariga o‘z kuzatuvchilarini yuborishini kuzatish mumkin. MDH organlarida kuzatuvchilik tizimi keng rivojlangan. Kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar asosiy majlislarda hozir bo‘lish va hujjatlar olish huquqidan foydalanadi. Hozirgi vaqtda respublikaning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi Janubiy Osiyoning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya va boshqalar), Yaqin Sharq (Hindiston Respublikasi, Afg'oniston Islom Respublikasi va boshqalar), Yaqin Sharq mamlakatlari bilan eng jadal rivojlanmoqda. (Birlashgan Arab Amirliklari va boshqalar), Markaziy Osiyo (Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston), MDH (Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va boshqalar), Evropa (Germaniya Federativ Respublikasi, Frantsiya va boshqalar), Amerika Qo'shma Shtatlari va boshqalar.Axborot texnologiyalari va aloqa sohasidagi xorijiy sheriklar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar va hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asosidir.O'zbekiston telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari bozorida Huawei Technologies (Xitoy), ZTE Corporation (Xitoy), KT Corporation (Koreya Respublikasi), LG CNS (Koreya Respublikasi) NEC korporatsiyasi (Yaponiya), Veon (Gollandiya), Nokia (Finlyandiya), Iskratel (Sloveniya) va boshqa shu kabi yirik kompaniyalar tomonidan investitsion faoliyat olib borilmoqda.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish