O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti



Download 236,26 Kb.
bet2/17
Sana22.07.2022
Hajmi236,26 Kb.
#837986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
dissertatsiya yakuniy2

MUNDARIJA


KIRISH
I BOB. PSIXOLINGVISTIKA NUTQIY FOALIYAT HAQIDAGI FAN ……………………………………………………………………9

    1. Psixolingvisika va antropotsentrik paradigmaning shakllanishi…...9

    2. Psixolingvistikada matn va diskurs tushunchalari ta’rifi va tadqiqi……………………………………………………………………….25

Ibob bo‘yicha xulosa………………………………………………….34
II BOB. PSXOLINGVISTIKADA MATN VA DISKURSNING
LINGVOPRAGMATIK JIHATLARI………………………………35
2.1. Pagmatikaning psixolingvistika bilan umumiy va farqli jihatlari……………………………………………………..........………35
2.2. Matnni diskursiv, psixolingvistik va lingvopragmatik jihatdan tushunish ……………………………………………………………….46
II bob bo‘yicha xulosa………………………………………………….58
IIIBOB. PSIXOLINGVISTIKADA MATN VA
DISKURS TUSHUNCHALARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI TADQIQOTI SAMARADORLIGI……………59
3.1. Psixolingvistikada matn va diskurs tushunchalarining lingvopragmatik xususiyatlari tadqiqoti metodikasi………………………………………..59
3.2 Tajriba-sinov ishlarining samaradorligi………………………………66
III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………68
XULOSA…………………………….………………………………….69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…………………83


KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng fan va ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilishi, o’zbek ilm fanining nazariy va amaliy sohalarida faoliyat olib boruvchi olimlar oldiga mas'uliyatli vazifalarni qo'ydi. Ana shunday masalalardan biri ilm-fan xususan, tilshunoslik sohasida yangi va dolzarb masalalarni tadqiq etish bo’ldi. Zero, Prezident Sh.Mirziyoyev aytganidek: “Eng muhim vazifa - yosh avlodga puxta bilim berish, ularni ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdir”1
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi - Jahon tilshunosligida dastlab til va nutq tushunchalari sistem-struktur jihatdan keng tadqiq qilinib kelindi. Natijada nutqning yaratuvchisi-inson va nutq yaratilayotgan makon va zamon soyada qolib ketdi va bu qator kamchiliklari ko’rinib qoldi. Ko’plab tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, nutq muayyan qolipga ega emas va inson omili va u yaratilayotgan muayyan vaziyat tahlilisiz uni butkul idrok etish imkonsizdir.
Shu tariqa o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab til, nutq va uning faoliyati lingvokulturologik, kognitiv, lingvosotsiologik, pragmatik va psixolingvistik jihatdan o’rganila boshlandi va kognitiv tilshunoslikva lingvistikpragmatikaning paydo bo’lishiga olib keldi. Matnga faqat semantik- sintaktik jihatdan bog’langan gaplar yig’indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan muloqot shakli, o’zida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. Til va nutqiy faoliyat mahsuli hisoblangan matn tadqiqida inson omili-antroposentrik nazariyaning tub ildizi qadimgi yunon mifologik nazariyalariga borib taqaladi (yunoncha antropo-inson, sentrum-markaz). Yunonlar inson olamning markazi deb hisoblaganlar. Matn yaratilishida antroposentrik paradigma shakllanishi psixolingvistika fani yaratilishi va rivojiga olib keldi. Mashhur rus tilshunosi Yu.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bag'ishlangan risolasiga yozgan kirish qismida «Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» deb urg’ulagan edi2. S.M.Mo'minov ilmiy ishida muloqotning psixolingvistik jihatini tahlil qilar ekan, tilning insonga ta'siri uning asosiy vazifasi ekanligini ta'kidlaydi: “Muloqot inson psixologiyasi va fiziologiyasi bilan chambarchas bog'liq hodisadir. Chunki har qanday nutq tafakkur bilan, tafakkur esa ruhiyat bilan bog'liqdir. Tanani ruh boshqarib turadi. Demak, ruhga ta'sir etgan har qanday narsa tanaga ham ta'sir etadi. Bularning hammasi muloqotning psixofiziologik aspektini tashkil etadi”3.
Lingvist olim A.Rahimovning tilni paradigmalar asosida o'rganishga bag'ishlangan maqolasida ham antropotsentrik paradigmaga munosabat bildirilgan. Tilshunosning nazariyasiga ko’ra, “Tilshunoslik fani tarixidagi uchinchi makroparadigma antropotsentrik paradigma (kommunikativ yoki nominativ­pragmatik paradigma) deb hisoblanadi. Ushbu paradigma tilni quruq struktura sifatida emas, balki jonli muloqot va kommunikatsiyaga asoslangan ochiq sistema sifatida o'rganuvchi, boshqa sistemalar - jamiyat, inson, madaniyat, ruhiyat kabilar bilan uzviy aloqadorlikda tahlil etuvchi, insonni til ichida yoki tilni inson ichida tahlil etishga yo'naltirilgan qarashlar, g'oyalar va ta'limotlar majmuidir”4.
Psixolingvistik nuqtai nazardan matn yaratish va uning mazmuniy pertseptsiyasi individning nutqiy tafakkuri mahsuli, ob'ektiv borliqni til tizimi vositasida aks ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo'ladi. Bunda matnning shakli va mazmuni muayyan kommunikativ vaziyat qatnashchisi - konkret shaxsning psixologik xususiyatlari bilan uzviylikda tadqiq etiladi5.Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko’rinadiki, antroposentrik nazariya nutqda inson omili ekan, nutq insonning ma’lum faoliyati natijasida yuzaga keladi, Sh.Safarovning qisqa ta’rifida pragmatika - faoliyat deb ta’riflangan. Pragmatika batafsil aytilganda tilshunoslikda o’tgan asrning 50-yillarida antroposentik paradigma ta’sirida shakllangan. Lingvistik pragmatika predmetini ilk bor nemis olimi G. Klaus edi. Uning ta’biricha pragmatika belgilar va ushbu lisoniy belgilarni yaratuvchi, uzatuvchi hamda qabul qiluvchi shaxslar o’rtasidagi munosabatni o’rganishdir6. Demak tilshunoslik nuqtai nazarida sodda aytilganda pragmatika predmeti o’zaro nutqiy faoliyatdir. Pragmalingvistika rivojlanishi bilan uning nutqiy akt, diskurs kabi ichki yo’nalishlari yaratildi.Nutq lisoniy faoliyat mahsuli bo'lgan har qanday nutqiy tuzilmani uni yaratuvchi va idrok etuvchi shaxs - muallif va retsipient muloqoti nuqtai nazaridan tadqiq etishga katta e'tibor qaratila boshlangach, nutqiy tuzilmani muloqot jarayoni sifatida o'rganish diskurs tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. O'tgan asrning o’rtalarida amerikalik tilshunos Zellig Xarris tomonidan birinchi marta qo'llangan diskurs so'zi bugungi kunda tilshunoslikning markaziy masalalaridan birini ifodalovchi hodisani anglatmoqda.
Diskursiv faoliyat jarayonini o'rganmasdan turib diskurs hodisasini tushuntirib bo'lmaydi. Diskursiv faoliyat - nutq yaratish va uni idrok etish jarayoni ekan, ushbu jarayon nutq yaratuvchi - muallif va uni qabul qiluvchi - retsipient shaxsi bilan uzviy bog'liqdir. Bu o'rinda diskursiv tahlil psixolingvistika, lingvokulturologiya, lingvistik semantika va kognitiv tilshunoslikning bir nuqtada kesishishini taqozo etadi.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi - tadqiqot mavzusi bir nechta fanlar kesishmasida ekanligiga ko’ra psixologiya, lingvistika, psixolingvistika, matnshunoslik, pragmatika va pragmalingvistika sohalaridagi adabiyotlar o’rganildi. O’zbek olimlari ichida pixolingvistika sohasida Boboxonova D, matnshunoslikda esa Ashurova D, Azimova I kabi olimalarni sanab o’tishimiz mumkin. Sh.Safarov, yosh olimlardan A. Rahimovlar bu sohalarda tadiqot va ilmiy ishlar olib borganlar. Jahon tilshunosligida esa Galpern, Deyk T, Sedov Tlarni bu sohaning ilg’or olimlari sifatida tanilganlar.Atamalari mazmunidan ko’rinadiki, antroposentrik nazariya, pragatika, matn, diskurs, nutqiy akt, nutqiy faoliyat kabi tushunchalar bir biri bilan uzviy bog’liq va bir birini taqozo etadi shuning uchun bu tushunchalar aniq tushuninish va o’z o’rnida ishlatish bugungi tilshunoslikning muammolaridan biriga aylangan. Bunga asosiy sabab esa jahon tilshunosligida nutqni inson omili jihatdan bir muncha o’rganilgan va manbaalar bo’lishiga qaramay, o’zbek tilshunosligida izlanishlar va adabiyotlar juda kam va yosh tilshunoslardan bu sohaning yangi qirralarini ochishni taqozo etadi.
Tadqiqot ishining maqsadi Tadqiqot o’z oldiga psixolingvistikada matn va diskursning lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishni maqsad qiqib qo’yadi va bu sohadagi muammoli jihatlarni ko’rsatish va yechim taklif qilish ko’zda tutiladi.

Download 236,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish