O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti gumanitar fanlar kafedrasi falsafa



Download 1,15 Mb.
bet27/32
Sana20.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#825315
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
FALSAFA

Fojealilik muammosi har doim falsafiy va nafosatli tafakkur e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Fojealilik tabiati to’g’risida fikr-mulohaza bildirmagan biror bir mutafakkirni topish amri mahol bo’lsa kerak, chunki fojealilikda voqyeiy hayotning eng muhim, chuqur ziddiyatlari va to’qnashuvlari hayot va o’lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg’u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo’ladilar.
San’atdagi fojealilik haqida fikr yuritganimizda san’atdagi fojeali ohanglar, fojealilik san’ati va nihoyat fojealilik-san’at turi kabi muammolar alohida mushohada qilinishi lozimdir.
Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjudligini juda ko’p misollarda ko’rib chiqishimiz mumkin. Masalan, M. Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug’beg’» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib (eshitilib) turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangandir. Shayxzoda kabi ijodkor fojealilik ruhida voqelikni idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo’ladigan fojealilik to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofogl fojea asarlari, Shekspirnig’idan, Shekspir asarlari Rasinnigidan, Rasinnigi Vishnevskiynikidan qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik bari-bir mavjuddir.
Kulgililik. Insonnning dunyo-voqea-hodisalariga o’ziga xos munosabatlaridan biri-dunyoga kulgili nigoh bilan qarashdir. Bunday qarashni mavjud voqelik va uning beo’xshov tomonlari to’ldiradi.
Barcha tadqiqotchilar bir ovozdan kulgililik kategoriyasining murakkabligi va uni tushunchalar sistemasini anglab, in’ikos etish juda qiyinlikidan noliydilar va ogohlantiradilar. Masala shundaki, kulgi qo’zg’aydigan hodisalarning benihoyat ko’pligi, eng muhimi, kulgililik ko’lami hamda chegarasining o’ta harakatchan, qo’nimsiz, o’zgaruvchan bo’lishi natijasida nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgi qo’zg’aydiyu, nima, qachon, qayerda, qanday sharoitda kulgini to’xtatadi yoki umuman kulgiga olib kelmaydi degan savolga bir mazmunda javob topib bo’lmaydi. Kulgililik ta’rifiga, ilmiy tushunchasiga nisbatan ishlab chiqilgan nuqtai najarlar, fikr-mulohazalarning o’ta xilma-xilligi, rango-rangligi shundan kelib chiqqandir. Kulgililikka nisbatan mavjud bo’lgan qarashlarning xilma-xilligi, tabiiyki, nafaqat narsa, hodisa bilan bog’lanibg’ina qolmay, balki uning ijtimoiy aloqadorliki, go’zallik va kulgililik tushunchalarining u yoki bu talqini bilan bog’langanligidir.
Kulgililik tushunchasi talqinining har biri odatdagidek o’zining aniq, oqil mag’ziga ega bo’ladi, kulgililikka haqiqatda ham xos bo’lgan ba’zi tomonlarini ochib beradi, lekin shu bilan birga bir tomonlamalik kasalika uchrab, kulgililikning qandaydir bir tomoninni bo’rttirib, haddan tashqari oshirib yuboradida keyin uni kulgililikning mutloqqoidasiga aylantirishadi.
Kulgililik boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obyektiv tomonga ega bo’lmay, subyektiv tomonlarni ham o’zida birlashtiradi. Kulgililikning subyektiv tomoni-keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg’usidir.


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish