O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi Fizikani o’qitish uslubiyati fanidan kurs ishi mavzu



Download 1,46 Mb.
bet6/15
Sana12.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#781408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
F.O\'.M

3.Atom energiyasi


Atomlarning markazida joylashgan atom yadro-sida sodir bo‘ladigan jarayonlar na-768tijasida ajralib chiqadigan energiya. Erkin protonning massasi t = 1,0076 massa atom birligi (m. a. b.)ga, erkin neytronning massasi tpq 1,0089 m. a. b.ga tengligi tajribalarda aniqlangan. Bu qiymatlardan foydalanib atom yadrosining massasi aniqlanadi, chunki Mendeleyev jadvalidagi elementning o‘rniga qarab yadrosida nechta proton va nechta neytron borligi ma’lum. Mas, ge-liy yadrosining massasi 2 x 1,0076 Q 2x 1,0089 q q 4,0330 m. a.b.ga teng. Lekin juda aniq o‘lchashlarga ko‘ra geliy yadrosining massasi 4,003 m. a. b.ga teng, bu esa erkin neytron va erkin protonlar massasining umumiy og‘irligidan 0,03 m. a. b. kam, de-mak, proton va neytronlardan atom yadrosi hosil bo‘lganda ma’lum miqdorda mas-sa yo‘qolar ekan. Massaning bu miqdori massa defekti deyiladi. Massa defekti har bir atomning o‘ziga xos bo‘ladi. Mac, uranda 0,07, geliyda 0,03, berilliyda 0,04 m. a. b.ga teng. Massa bilan energiyaning o‘zaro bog‘lanish qonuniga asosan proton va neytronlardan yadro hosil bo‘lishida energiya ajralib chiqishi yadro massasining kamayishiga (massa defek-tiga) sabab bo‘ladi. Elementlar atomlarining yadrolari hosil bo‘lishida ajra-ladigan energiya yadrolarning bog‘lanish energiyasi deyiladi. Turli yadrolarning boglanish energiyasi turlicha bo‘ladi, mas, geliy yadrosining to‘la bog‘lanish energiyasi 28 MeV, os-zarraniki – 8,8 MeV, uran 238ning massa soni 119, uran 238 ikkiga bo‘lin-sa, ikkala yadroning bog‘lanish energiyasi 119 x 8,6 Q 119 x 8,6 q 2047 MeV, uran 238ning bo‘linmasdan oldin boglanish energiyasi 238x7,5 q 1785 MeV, energiyalar farqi 2047 MeV – 1785 MeV q 262 MeV, bu energiya uran yadrosi parchalanganda issiqlik energi-yasi holida ajralib chiqadi. Atom ener-giyasi ajralib chiqishi uchun bitta sarf-langan neytron evaziga jarayon davomida kup yangi ney-tronlar paydo bo‘lishi ke-rak. Neitronlar kosmik nurlar tarkibida tabiatda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib tura-di, faqat uni tutib turish uchun sharoit yaratish kerak, shu vaqtda zanjir jarayon o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Elementlarning atom raqamlari ortib borishi bilan atom yadrolarida neitronlar sonining protonlar soniga nisbati ortadi. Shu sababli, uran 235 bo‘linganida hosil bo‘lgan parchalardagi neytronlar aj-ralib chiqadi. Neytronlar yadroga oson yutiladi, ular yutilganida yadro ener-giyasi ortadi. Uran 235ning har bir yadrosi neytronlar yutib parchalanganda taxminan 200 MeV (1 MeVq106 ev q 1,610~6 erg) energiya ajralib chiqadi. Atom energiyasi atom reaktori deb ataladigan qurilma yordamida ajratib chiqariladi.Tabiiy radioaktivlik o‘rganilgandan so‘ng atom ichida energiyaning katta za-xiralari borligi aniqlandi. Uran yadrosining bo‘linish reaksiyasi vaqtida ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Atom yadrolarining bo‘linishi kashf qilingandan keyin yadro energiyasidan amaliy maqsadlar uchun foydalanish mumkin bo‘ldi. Ichki tomonidan ney-tronlarni qaytaradigan qatlam bilan o‘rab, reaktorning quvvati oshiriladi.Kuchli sirkulyatsiya nasoslari reaktordan issiqlikni tez olib turadi.Atom yoqilg‘isi kislorodsiz, germetik yona be-radi. Undan sayyoralararo uchishlarda va suv ostida foydalanish mumkin. Atom yoqilg‘isi tugun chiqarmaydi va kam joyni egallaydi. Atom yoqilg‘isining kon-sentratsiyasi katta, shuning uchun bunday yokdlg‘i bilan samolyotlar yerga qo‘nmasdan bir necha sutka uchishi, dengizda kemalar uzoq suzib yurishi mumkin. Atom energi-yasi zaxiralari bitmas-tuganmas, chunki kelajakda ko‘p elementlar atomlaridan ham energiya olish imkoni topiladi.Kelajakda energiyaga bo‘lgan ehtiyoj yulduzlar hamda Quyosh energiyasi, ya’ni termoyadro energiyasini ishga solish yo‘li bilan qondiriladi. Sintez usuli bilan vodoroddan ancha og‘ir element – geliy olish termoyadro reaksiyasiga asoslangan. Og‘ir vodorod, ya’ni deyteriy termoyadro energiyasi olinadigan xom ashyodir. Dunyo okeanida deyteriy zaxiralari nihoyat 769darajada ko‘p. Kumir, neft, yonuvchi gaz, torf zaxiralarining hammasini bir yo‘la yondirganda ajralib chiqadigan issiqlik dunyo okeanidagi suvni bor-yo‘g‘i 0,02 darajagina isitishi mumkin. Agar shu maqsadda yengil elementlarning birikish reaksiyalaridan faqat bittasi og‘ir vodoroddan geliy hosil qilish reaksiyasidan foydalanilsa, bunda aj-ralib chiqadigan energiya dunyo okeanini bir yarim ming qaynash darajasigacha isitishga yetadi.Boshqariladigan termoyadro reak-siyalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini uzoq davr mobaynida zarur miqdorda energiya bilan ta’min-lab turish imkoniyatini beradi. Biroq boshqariladigan termoyadro siteziga energiya olinadigan eng so‘nggi manba deb qarashxato, chunki fizika fani ixtiyorida boshqa baquvvatroq energiya manbalari ham mavjud.Hozirgi vaqtda, mas, antiyadro hosil qilish uchun sharoit yaratish ustida zo‘r berib nazariy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Antizarralar kashf etili-shi, ularning tuzilishini hamda yadro zarralarining o‘zaro ta’sirini o‘rganish annigilyatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan yangi tur energiya olish yo‘lini aniqlab berdi. Annigilyatsiya natijasida ajra-lib chiqadigan yorug‘lik nuri energiyasi termoyadro sintezidagiga qaraganda ming marta ko‘proqdir. Shuni qayd qilish ke-rakki, hozir tadqiqotchilar Yerda sun’iy yulduz moddalarini hosil qilish ustida ko‘p yillardan buyon ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.Termoyadro reaktorining ishga tu-shirilishi odamzodning energiya muam-molarini hal etadi, energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantiradi.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish