Fe’llarning hozirgi zamonda tuslanishi
Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtda ro‘y berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma’nosi -yapti, -yotir, -moqda singari qo‘shimchalar qo‘shish orqali ifodalanadi. Masalan, yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe’l asoslariga, -yotir esa fe’lning ravishdosh shakliga qo‘shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o‘zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo‘lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir.
Fe’lning shaxs-son bo‘yicha zamonlarda tuslanishi
2 – Tuslanish. O‘tgan zamon shakli
|
BIRLIK
1 – shaxs ko‘rdim
2 – shaxs ko‘rding
3 – shaxs ko‘rdi
|
KO‘PLIK
ko‘rdik
ko‘rdingiz
ko‘rdilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |