O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet121/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Insho va uning turlari
Insho-ijodiy matnning oliy ko‘rinishi. «Insho» arabcha so‘z bo‘lib, uning o‘zbek tilidagi ma’nosi «yaratish», «bino qilish», «qurish», «boshlash» demakdir, tilimizda bu so‘z ma’no jihatidan ancha toraygan va asosan, o‘quv yurtlarida o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ishning eng oliy ko‘rinishi ma’nosida qo‘llaniladi. Insho o‘quvchining o‘zligi demakdir. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil turmushga tayyorligini belgilovchi bosh me’yor ham inshodir. Boshqacha aytganda, insho bolaning qiyofasini aks ettiruvchi, uning o‘ziga xos uslubini belgilovchi bir ko‘zgudir. Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy – amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Insho yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o‘zgalarning fikri, ya’ni tayyor material o‘zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig‘ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi. Inshoning xususiyatlaridan biri uning mavzu materialidir. Badiiy asarda obrazlar orqali berilgan muallif g‘oyasi mavzu bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Mavzu va g‘oyani aniq belgilab olmasdan va zarur material, faktlar yig‘may turib, inshoni muvaffaqiyatli yozish mumkin emas. Fakt-dalillarsiz insho mazmunsiz, quruq gapdan iborat bo‘lib qoladi.
Insho tuzilishi jihatdan kirish so‘zi bilan boshlanib, so‘ngra mavzu, g‘oya yoritiladi. Keyin esa hulosalanadi. Xullas, mavzu, g‘oya, material, faktlar, reja hamda xulosa inshoning asosiy nazariy vositalaridir. Inshoning mazmunini lo‘ndagina ochib beruvchi fikr peshlavha (epigraf) deb aytiladi.


Topshiriq. “Inson va salomatlik” mavzusida insho yozing.
39-MAVZU: “TABIAT VA INSON”. MATN VA UNING TURLARI
Tabiat va inson
Tabiat yer yuzidagi barcha tirik mavjudot uchun muqaddas go‘shadir. Tabiat ularni to‘ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O‘z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo‘yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko‘paytirish tuyg‘usi bilan uyg‘unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o‘tmishimizda biz “Tabiatni sevamiz” deb bong urdig-u, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas’ul ekanligimizni unutib qo‘ydik. Ana shu mas’uliyatsizligimiz “Ekologiya” deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. “Ekologiya” so‘zi “eko” — uy, turar-joy, “logos” - fan so‘zlaridan olingan bo‘lib, u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo‘lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ‘ib etish asoslarini o‘rganadi.
Yangi asrning barkamol kishisi o‘zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir.
Iste’moldan ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, chiqindini duch kelgan joyga tashlamaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelmoqda. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yana-da yuksaltirish masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda.
Ma’lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg‘undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg‘unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda. Tabiiy boyliklar: suvdan, yerdan o‘rinsiz foydalanish ekologiyani o‘zgartirib yubordi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini noto‘g‘ri rejalashtirish, kimyoviy o‘g‘itlarni haddan ziyod ko‘p qo‘llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o‘simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.
1992-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Sog‘lom avlod davlat dasturi va “Ekologik ta’lim-tarbiya konsepsiyasi” ishlab chiqildi, “Ekosan” jamg‘armasi tuzildi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatlar qabul qilib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi.
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go‘zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishga da'vat etadi, hech bo‘lmaganda ko‘chalarga chiqindi tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo‘shadi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o‘zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo‘la olmaydi. Umuminsoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo‘ladi.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish