O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


-MAVZU: “ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN”. PUBLITSISTIK MAQOLA VA UNING XUSUSIYATLARI



Download 1,13 Mb.
bet114/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

36-MAVZU: “ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN”. PUBLITSISTIK MAQOLA VA UNING XUSUSIYATLARI
Ilm maskanimiz hayotidan
Samarqand shahri Osiyoning eng qadimgi ilm-fan o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxti bo‘lgan Samarqand shahri o‘rta asrlarda yuksak taraqqiy etgan madaniy markaz darajasiga ko‘tarildi. Bu qadimiy shahardan yetishib chiqqan o‘nlab olimlar dunyo ilm-faniga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishgan.
Har yili minglab mutaxassislar yetishtirayotgan Samarqand davlat universiteti 1927-yil 22-yanvarda tashkil etilgan. Dastlab bu yerda ijtimoiy-siyosiy, fizika, texnika, tabiatshunoslik, tilshunoslik, bo‘limlari ochilib, atigi o‘ntagina professor-o‘qituvchi 65 talabaga dars o‘tish bilan ish boshlagan. Yildan yilga fakultetlar, mutaxassisliklar ko‘payib bordi. Xuddi shuningdek, ta’lim beruvchi professor- o‘qituvchilar, tahsil oluvchi talabalar soni ham ortib bordi. Bugungi kunga kelib Samarqand davlat universitetining to‘qqiz fakultetida mexanika-matematika, o‘zbek filologiyasi, tarix, iqtisodiyot, informatika, rus filologiyasi, geografiya, biologiya, musiqa, fizika, kimyo, ijtimoiy fanlar, huquqshunoslik, jismoniy madaniyat, tojik filologiyasi, boshlang‘ich ta’lim, psixologiya, defektologiya, kasbiy ta’lim kabi yo‘nalishlarda 35 mutaxassislik bo‘yicha ilmiy hamda pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Mustaqillik davriga kelib “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlashga e’tibor kuchaytirilmoqda. Hozir universitet kutubxonasida dunyoning ellikdan ortiq tillaridagi uch millionga yaqin qimmatbaho kitoblar, darslik va qo‘llanmalar jamlangan. Ayniqsa, kutubxonaning sharq qo‘lyozmalari bo‘limida dunyo ahamiyatiga molik asarlar saqlanadi. Talabalarga kutubxonaning ikkita filliali va yigirmaga yaqin qiroatxonalari beminnat xizmat qilmoqda.
Universitet talabalari uchun bir nechta yotoqxonalar qurilgan. Fakultetlar va yotoqxonalar atrofida o‘ndan ortiq oshxona, tamaddixona, choyxonalar professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga xizmat qiladi.
Samarqand davlat universitetini bitirganlar orasida o‘nlab akademiklar, fan arboblari, davlat arboblari yetishib chiqqan. Bu yerda Hamid Olimjon, Oydin, Mirtemir, Amin Umariy, Usmon Nosir, O‘tkir Rashidov, Sharof Rashidov, Adham Hamdam, Asqad Muxtor, Shukur Sa’dulla, Dushan Fayziy, Omon Matchon, Normurod Narzullayev, Barot Boyqobilov kabi mashhur shoir va yozuvchilar ta’lim olishgan.
Bugungi kunda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar mustaqil O‘zbekiston ilm-fani, madaniyati, shon-u shuhratini dunyoga tanitish maqsadida tinmay izlanmoqdalar, ijod qilmoqdalar, bobokalonlari ilmiy merosini chuqur o‘zlashtirmoqdalar.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish