Paronimlar (talaffuzdosh so‘zlar) – ruscha para, ya’ni “juft” va yunoncha onoma yoki onyma, ya’ni “nom” dеgani bo‘lib, aytilishi bir-biriga yaqin, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir. Paronimlar ko‘pincha bir tovush bilan bir-biridan farq qiladi: asr - asir, tanbur - tambur, amr - amir. Paronimlar ba'zan og‘zaki nutqda, badiiy asarlarda uchraydi. Ular bir so‘z turkumiga ham, turli so‘z turkumlariga ham oid bo‘lishi mumkin: zirak (ot) – ziyrak (sifat); asr (ot) – asir (ot).
Leksikologiya yunoncha leksikos (lug‘at,so‘z) va logos (ta’lim, fik) so‘zlaridan olingan.
Omonimlar. Omonimlar talaffuz va yozilishiga ko‘ra bir xil, ammo anglatgan ma’nosi turli xil bo‘ladi.Omonim so‘zi grekcha bo‘lib bir xil demakdir. Masalan: sir- davlat siri, oynaning siri, kostrulning siri: ot-ism, hayvon,atama,fe’l kabi.
Sinonimlar. Sinonimlar yozilishi va talaffuzi jihatidan turlicha , anglatadigan ma’nolari esa o‘zaro yaqin bo‘lgan so‘zlardir. M. osmon,havo,ko‘k,falak,gardun . Antonimlar. Bir-biriga zid, qarama-qarshi ma`nolarni ifodalovchi so‘zlar antonimdir. Masalan; . Yosh- qari bir-birini inkor etish bilan yangi bir ma`noni anglatadi..
Paronimlar. Yozilishi va ma’nosi farqli bo‘lib, talaffuzidagina o‘xshash bo‘lib qoladigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.M: asr-asir, amr-amir, azm-azim, abzal-afzal, dars-darz, mard-mart, tuna-to‘na, oils- alis, sila-siyla , tus-to‘s, zirak-ziyrak, fakt- pakt, oxir-oxur… .
|
Лексикология - изучает словарный состав языка. Слова бывают однозначными и многозначными.
Слова, одинаковые по звучанию и написанию, но разные по значению называются омонимами. Например: olma - яблоко, olma - не бери
Синонимы - это слова, различные по написанию и звучанию, но одинаковые по значению.
Например: юз, афт (лицо).
.
Антонимы - это слова с противоположными значениями.
Например: большой-маленький, хороший-плохой,.
широкий-узкий.
|
Topshiriq. Matnni o‘qing va matn mazmunini izohlang. Zid ma’noli so‘zlarni toping va daftaringizga husnixat bilan ko‘chiring.
“TOSHBAQA BILAN CHAYON”
Toshbaqa bilan chayon do‘st edilar. Bir kun ular safarga otlandilar. Nogoh yo‘lda bir anhorga duch keldilar. Chayon o‘ta olmasligini sezib, hayron bo‘lib to‘xtadi. Toshbaqa dedi: — Ey aziz do‘stim, senga nima bo‘ldi, g‘amgin bo‘lib turibsan? Chayon dedi: — Birodar, men bu suvdan qanday o‘taman, — deb hayronman. Toshbaqa dedi: — G‘am yema, orqamga mindirib, seni suvdan bexatar o‘tkazib qo‘yaman. Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib, suvga tushdi. Suzib borayotganida uning qulog‘iga bir narsaning tiqirlagani eshitildi va chayonning harakatidan shubhalanib so‘radi: — Eshitayotganim qanday ovoz — nima qilyapsan? Chayon javob berdi: — Nishimni sening qalqoningga sanchib ko‘rayapman. Toshbaqa dedi: — Men o‘zimni girdobga tashlab, seni suvdan bexatar o‘tkazmoqchi bo‘lsam-u, sen orqamga nish ursang. Bilasanki, nayzang mening qalqonimga zarar yetkazolmaydi. Chayon dedi: — Mening odatim xoh do‘st orqasiga, xoh dushman siynasiga bo‘lsin, nish urishdan iborat. — Donishmandlar yomonga yaxshilik qilma, deb bekorga aytmaganlar. Shunday deb, toshbaqa suvga sho‘ng‘idi, chayon esa suvga tushib, halok bo‘ldi.
Gulhaniy
Topshiriq. Matnni o‘qing va siz ham qo‘l, bosh kabi tana a’zolarining harakati orqali turli xalqlarning salomlashish madaniyatini ko‘rsatib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |